147
(Ma’lumotlarning fizik hajmi)
Har soniyada hosil boʻladigan katta hajmdagi ma’lumotlarga
ishora
qiladi. Gap Terabayt haqida emas, balki Zettabayt yoki Brontobayt haqida
bormoqda. Agar kishilik jamiyati paydo boʻlgandan buyon 2008 yilgacha
dunyoda hosil boʻlgan barcha ma’lumotlarni oladigan boʻlsak,
tez orada
har daqiqada bir xil, ya’ni shuncha miqdordagi ma’lumotlar
hosil
boʻlmoqda. Bu koʻp ma’lumotlar toʻplamlarini an’anaviy ma’lumotlar
bazasi texnologiyasidan foydalangan holda saqlash va tahlil qilish uchun
juda kattalik qiladi. Katta ma’lumotlar bilan
ishlovchi yangi vositalari
taqsimlangan tizimlardan foydalanadi, shu
bilan dunyoning istalgan
nuqtasida joylashgan ma’lumotlar bazalari boʻyicha axborotlarni
saqlashimiz va tahlil qilishimiz mumkin.
Velocity – Tezlik
Ma’lumotlar
doimiy yangilanib boradi, bu ularni doimiy qayta
ishlashni talab etadi.
Variety – Xilma-xillik
Ma’lumotlar bir jinsli formatga ega boʻlmaydi,
ular tarkiblangan va
tarkiblanmagan tuzilishga ega boʻlishi mumkin.
Endilikda biz foydalanishimiz mumkin boʻlgan har xil ma’lumotlarni
anglatadi. Ilgari biz faqat jadvallarga yoki ma’lumotlar bazalariga,
masalan,
moliyaviy
ma’lumotlar
yaxshi
joylashtirilgan
tuzilgan
ma’lumotlarga e’tibor qaratdik.
Darhaqiqat, dunyodagi ma’lumotlarning
80% tarkibiy tuzilishga ega emas (matn, rasm, video, ovoz, va hokazo).
Katta ma’lumotlar texnologiyasi yordamida biz endi har xil turdagi
ma’lumotlarni, masalan,
xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi suhbatlar,
fotosuratlar, sensor ma’lumotlarini
tahlil qilib, birlashtira olamiz.
Jumladan, video yoki ovozli yozuvlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: