O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

IoT dasturining standartlari 
Buyumlar internet (IoT) – yangi va juda salohiyatli bozor boʻlganligi 
sababli, koʻplab yirik kompaniyalar unda “oʻz” oʻrnini topishga 
shoshilishmoqda: 
 
Google ovozli interfeysni yaratishni va’da qilmoqda, buning 
natijasida uy anjomlari (masalan, muzlatgich) insonning tabiiy nutqini 
tushunishni oʻrganadi. 
 
Intel “Intel IoT” platformasini e’lon qildi, nomidan koʻrinib 
turibdiki, u buyumlar interneti uchun yaratildi. 
 
Apple uy elektronikasini (maishiy texnika, chiroqlar, 
signalizatsiya, garaj eshiklari va boshqalar) boshqarishga moʻljallangan 
HomeKit platformasini taklif etdi. 
54
http://igate.com.ua/news/15786-chto-takoe-internet-veshhej-infografika 


164 
 
Microsoft oʻzining Azure bulutli xizmatlarini IoT uchun 
moslashtirmoqda. 
Odatda, yosh istiqbolli bozorlarda boʻlgani kabi, “standartlar urushi” 
boshlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa allaqachon koʻp 
harakatlar qilinmoqda. Xususan, ikkita eng katta ommabop texnologiya 
muammolari - AllSeen Alliance va Qualcom ning Alljoyn – ochiq aloqa 
jamgʻarmasini (Open Interconnect Consortium (OIC)) tashkil etish uchun 
yangi ochiq interconnect konsortsiumi (Open Connectivity Foundation 
(OCF)) doirasida birlashdilar. 
Amazon, Cisco, Huawei, Intel, Nec, Qualcom, Samsung va boshqa 
koʻplab kompaniyalarni oʻz ichiga olgan taniqli 230 kompaniyalarda 
OneM2M standarti korporativ darajada muvofiqlik vazifasini bajara olishi 
kerak
55

Internet buyumlarning xavfsizligi 
Mutaxassislarning fikriga koʻra, “hozirda xavfsiz IoT ekotizimi 
yoʻq”. Internetga ulangan koʻplab qurilmalar simsiz trafikni shifrlamasligi, 
yetarlicha murakkablikdagi parollarni taqdim etmasligi va boshqa koʻplab 
omillar tufayli xakkerlik qilish, masalan, boshqa odamlarning idish yuvish 
mashinalari va kir yuvish mashinalarini yoqib, oʻchirib qoʻyishlari 
mumkin. Oʻzlarining shaxsiy uylari yoki hatto uy hayotini, masalan robot 
changyutgichiga oʻrnatilgan videokamera orqali tomosha qilish mumkin.
Xavfsizlikni 
oshirishda 
internetga ulanish uchun moʻljallangan 
qurilmalarni majburiy sertifikatlashtirish, ularga maxsus birlashtirilgan 
chiplarni oʻrnatish va boshqa choralar taklif etiladi.
56
Moskvadagi boʻlib oʻtgan Hi-Tech Building koʻrgazmada smartfon 
boshqaradigan uy taqdim etilgan edi. Bu uy yorug`lik va pardalar 
boshqarish sistemasi, klimat boshqaruv, suv va havo sifatini nazorat 
qiladigan sistema, IP-videokuzatish, multirum, uy kinoteatri bilan 
jihozlangan. Agarda uyda xoʻjayinlar boʻlmasa domofonga qilingan 
qoʻngʻirok avtomatik tarzda mobil telefoniga joʻnatiladi. Agarda bu 
kutilgan inson boʻlsa, undan ishonch maqsadida MMS orqali rasmini 
olishlari mumkin. 
55
http://ru.pcmag.com/feature/30079/biznes-v-internete-veshchei-standartizatsiia 
56
http://www.tadviser.ru/ Statya:Informatsionnaya_bezopasnost_interneta_veshey_(Internet of Things) 


165 
Xonadon Android yoki IOS operatsion tizimlarda mobil ilova orqali 
boshqariladi. Unda kir yuvish mashinani, kofevarka yoki konditsionerni 
masofadan ishga tushirish mumkin. Agarda smartfonni maishiy texnikani 
oldiga olib borilsa unda ushbu texnikaning energoishlash yoki nosozliklar 
haqida ma`lumotlarni bilish mumkin boʻladi. Xonadonlarda boʻlgan barcha 
tizimlar bilan devordagi panellar va maxsus pultlar orqali boshqarsa 
boʻladi. 
IP-videokuzatish sistemalar ayfon ekranda xonadonning ichkarida va 
tashqarisida sodir boʻlayotgan narsalar haqida uzluksiz koʻrish 
imkoniyatini beradi. Loyihaning asoslaridan biri bu maxsus datchiklar
xoʻjayinning Facebook va Twitter sotsial aloqalariga uning xonadonida 
nima sodir boʻlganligi haqida habar joʻnatishidir. Agarda uning uyiga 
begona odam kirgan boʻlsa, uning smartfoniga maxsus signal joʻnatiladi. 
Shuningdek “aqlli” xonadon Apple TV tizimi bilan ham jihozlangan 
boʻlib, u iTunes kutubxonasidan filmlarni va musiqalarni televizor 
ekraniga joʻnatadi. Multirum tizimi – Shotlandiyaning Linn kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan va ushbu kompaniya Buyuk Britaniyaning 
saroylariga moslamalarni ishlab chiqaradi. Ushbu tizim xonadonda boʻlgan 
hamma audio va videolarni boshqaradi. U orqali har bir xonadonda 
dinamiklarni oʻrnatib sevgan musiqani yuqori sifatda eshitib mazza qilsa 
boʻladi. 
Istiqbolda nafaqat uylar, balki shaharlar va hatto (ba’zi) shtatlar ham 
«aqlli» boʻlib qoladilar. Ammo texnologiya va jamiyat rivojlanishining 
ushbu bosqichida “internet of things” global miqyosda emas, balki 
tovarlar, energiya, transport va boshqalar ishlab chiqaradigan, yangi 
texnologiyalar hisobiga samaradorlik va raqobatbardok ortadigan 
kompaniyalar doirasida faol ravishda amalga oshiriladi. Ushbu tajribani 
keng yoyishning murakkabligi, turli xil yetkazib beruvchilarni yaxlit 
tizimga keltirish va ularning muvofiqlashtirilgan ishini tashkil etishdadir
bu esa katta simfonik orkestrning uygʻun tovushiga erishishdan koʻra 
qiyinroq ishdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi 
Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 
Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 


166 
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida belgilangan 
vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash 
hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni 
rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida “Raqamli Toshkent” 
kompleks dasturi qabul qilindi
57
.
Mazkur Dasturning asosiy vazifasi shahar xizmatlarini boshqarish, 
ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, yoʻl-transport sohasi ob’ektlari 
va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini 
yaratishdan 
iborat. 
Poytaxtda 
toʻplangan 
tajribalar 
keyinchalik 
mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etiladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling