169
3 §
Big Data texnologiyasi
Reja:
1.
Big Data tushunchasi
2.
Big Dataning funksiyalari
va vazifalari
3.
Big Dataning qoʻllanilish sohalari
Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) katta hajmdagi va xilma-xil
tartiblangan va tartiblanmagan ma’lumotlar,
shuningdek ularni qayta
ishlash usullari boʻlib, ular ma’lumotlarni taqsimlangan usulda tahlil
qilishga imkon beradi
59
.
Big Data atamasi 2008 yilda paydo boʻlgan.
Birinchi marta u
“Nature” jurnalining muharriri – Clifford Linch tomonidan qoʻllanilgan. U
jahon ma’lumotlari hajmining keskin oʻsishi haqida gapirib, yangi vositalar
va ilgʻor texnologiyalar ularni oʻzlashtirishga yordam berishini ta’kidlagan.
Oddiy qilib aytganda, katta hajmli ma’lumotlar katta ma’lumotlar
toʻplamlari va ularni qayta ishlash usullari uchun umumiy nomdir. Ushbu
ma’lumotlarga 2000-yillarning oxirida an’anaviy ma’lumotlar
bazalari va
Business Intelligence yechimlariga muqobil sifatida paydo boʻlgan
kengaytirilgan dasturiy vositalar yordamida samarali ishlov beriladi.
Katta hajmli ma’lumotni tahlil qilish yangi, ilgari noma’lum boʻlgan
axborotlarni olish uchun oʻtkaziladi. Bunday kashfiyotlar insayt deb
atalib, toʻsatdan tushunishni anglatadi. Big Data tahlillari an’anaviyga
qaraganda samaralidir.
3.1-jadval
Yondashuvlarning farqlanishi
An’anaviy tahlil
Big Data tahlillari
Kichik
ma’lumotlar
paketlarini
bosqichma-bosqich tahlil qilish
Bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan
ma’lumotlarning
butun massivini
qayta ishlash
Ma’lumotlarni
qayta
ishlashdan
oldin ma’lumotlarni tahrirlash va
saralash
Ma’lumotlar
asl shaklida qayta
ishlanadi
Gipotezadan
boshlanib,
uni Kerakli ma’lumot olinguncha barcha
59
Preimesberger, Chris Hadoop, Yahoo, 'Big Data' Brighten BI Future (англ.). EWeek
170
ma’lumotlarga nisbatan sinab koʻrish ma’lumotlar
orasidagi
oʻzaro
korrelyasion bogʻliqlik qidiriladi
Ma’lumotlar
yigʻiladi,
qayta
ishlanadi, saqlanadi va shundan
keyingina tahlil
qilinadi
Ma’lumotlarni real vaqt rejimida
kelib tushishi
bilan qayta ishlash
mumkin boʻladi
Do'stlaringiz bilan baham: