176
Alytics
Kontekstli reklama avtomatizatsiyasi va
interfaol hisobotlar bilan
yuqori darajadagi tahlil tizimi boʻlib, tahlil, interfaol boshqaruv paneli,
qoʻngʻiroqlarni
kuzatish, kontekstli reklamani avtomatik boshqarish
imkoniyatlariga ega. Bu esa reklama byudjetlarini samarali boshqarish va
CPA, ROI, daromadlar kabi koʻrsatkichlar toʻgʻrisida
hisobotlarni taqdim
etadi. Bir necha yoʻnalishlarda amalga oshiriladi,
kontekstli reklama
boʻyicha mutaxassislar, marketologlar va menejerlar uchun mos keladi.
(3.8-rasm)
3.8-rasm. Alyticsning boshqa kompaniyalar bilan aloqasi
Crossss
Internet-doʻkonlarning koʻp kanalli shaxsiylashtirish xizmati boʻlib,
elektron tijorat uchun oʻziga xos savdoning bir turi hisoblanadi(3.9-rasm).
Xizmat foydalanuvchilarning qiziqishlari toʻgʻrisida ma’lumot toʻplaydi,
tahlil qiladi va xaridorning xohish-istaklarini oldindan
bilib olishga yordam
beradi. Crossss har bir foydalanuvchi uchun uning xatti-harakatlaridan
kelib chiqqan holda sayt tarkibini shaxsan har bir xaridor uchun:
katalogdagi mahsulotlar koʻrgazmasini, shaxsiylashtirilgan va targetlangan
pochta roʻyxatlarini qayta yaratishi mumkin.
61
61
https://www.uplab.ru/blog/big-data-technologies/
reklama
manbala
ri
koll-
trekinglar
177
3.9-rasm. Crossss ning ishlashi
Xulosa
Big Data texnologiyalari odatiy holga aylanib ulgurdi – koʻplab
kompaniyalar ularni avtomatlashtirish va CRM bilan bir qatorda
oʻzlarining biznes muammolarini hal qilishda ishlatmoqdalar.
Katta hajmli
ma’lumotlarning kelajagi – blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish,
sun’iy
intellektni keng joriy etish, mustaqil ishlash uchun bulutli
xizmatlarga va platformalarga jadal oʻtish, shuningdek, Dark Data-ni tahlil
qilish – kompaniya haqidagi barcha raqamli boʻlmagan ma’lumotlarni
raqamlashtirishda koʻrinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: