O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.3-jadval Drayverlar Cheklovlar Texnologiyalar imkoniyatidan Ma’lumot xavfsizligi va 174 foydalanib, raqobatbardoshlikni oshirish uchun Big Dataga boʻlgan yuqori talab maxfiyligini ta’minlash zarurati Jahon miqyosida mediyafayllarga ishlov berish usullarini rivojlanishi Malakali kadrlarning yetishmasligi Import oʻrnini qoplovchi dasturiy ta’minot boʻyicha tarmoq rejasini amalga oshirish Aksariyat kompaniyalarda toʻplangan axborot resurslari hajmi Big Data darajasiga yetib bormasligi Milliy provayderlar va tizim integratorlarining xizmatlaridan foydalanishdagi trendlar Yangi texnologiyalarni kompaniyaning oʻrnatilgan axborot tizimlarida joriy etish qiyinligi Axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yordam beradigan texnoparklarni yaratish Texnologiyalarning yuqori narxi Tarmoq tizimlarini joriy etish boʻyicha davlat dasturi – klasterlar boʻylab tarqatiladigan va tarmoq bilan bogʻlangan virtual superkompyuterlar Milliy iqtisodiyotdagi investitsiya loyihalarini muzlatish va chet el kapitalining chiqib ketishi Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydigan serverlarni mamlakat hududiga koʻchirish Import qilingan mahsulotlar narxining koʻtarilishi Marketingda katta hajmli ma’lumotlar Marketingda katta hajmli ma’lumotlardan foydalanish kompaniya haqidagi ma’lumotlar toʻplamini tahlil qilishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi: Biznes qanday qilib raqamlarda ishlashini tushunish; Raqobatchilarni oʻrganish; Oʻz mijozlarini tanib olish. Umuman olganda, marketingda xarajatlarni kamaytirib, sotish hajmini koʻpaytiradigan tahlilning yangi darajasiga erishishi mumkin. Marketingda texnologiyadan foydalanishning afzalliklari: Maqsadli iste’molchilarning aniq portretlarini yaratish; 175 Marketing xabarlariga iste’molchining munosabatini oldindan aytib berish; Reklama xabarlarini maksimal darajada shaxsiylashtirish; Kross-sotish, takroriy sotuv, qayta sotishni oshirish; Ommalashgan tovarlar va mahsulotlarning mashhurligi sabablarini izlash va aniqlash; Mahsulotlar va xizmatlarni takomillashtirish, mijozlarning sodiqligini oshirish; Xizmat koʻrsatish sifatini oshirish; Firibgarlikning oldini olish; Ta’minlovchilar va mijozlar bilan ishlashda xarajatlarni kamaytirish. Katta hajmli ma’lumotlar texnologiyalarining maxsus xizmatlari tufayli Big Data marketingning har qanday boʻlimida, shu jumladan oʻrta va kichik biznesda ishlatilishi mumkin. Mazkur texnologiya qimmatbaho jihozlarni oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish mutaxassislariga ehtiyoj qoldirmaydi. Big Data xizmatlari koʻplab misollar keltirish mumkin. RTB (Real-time bidding) media Raqamli reklama xaridlarini boshqarish xizmati RTB auksionlarida samarali ishtirok etishga yordam beradi (3.7-rasm). Kerakli mijozlarni jalb qilish uchun katta hajmli ma’lumotlardan foydalaniladi. Ushbu xizmatdan foydalanib, kross-kanallarni, qidiruv va mahsulotni retargetlash sozlash mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling