O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat sifatida xavfsizlik (SaaS).
Xizmat sifatida platforma (PaaS)
PaaS – bu veb-ilovalarni xizmat sifatida ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, joylashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun oʻrnatilgan platformani taqdim etishdir. Veb-ilovalarni oʻrnatish uchun ishlab chiqaruvchidan apparat va dasturiy ta’minot sotib olish, ularni tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlash talab etilmaydi. Mijoz uchun kirish kod asosida tashkil qilinishi mumkin. Ushbu yondashuv quyidagi afzalliklarga ega: kengayish qobiliyati xatolarga bardoshlilik; 186 virtualizatsiya xavfsizlik PaaS masshtabliligi ilova tomonidan xizmat koʻrsatiladigan foydalanuvchilar soniga qarab, zarur resurslarni avtomatik ravishda taqsimlashni va ozod qilishni oʻz ichiga oladi. Xizmat sifatida xavfsizlik (SaaS). Saas – dasturni oxirgi foydalanuvchilarga talab boʻyicha xizmat sifatida taqdim etishni oʻz ichiga oladigan dasturni tarqatish modelidir. Bunday dasturga kirish tarmoq orqali va koʻpincha Internet-brauzer orqali amalga oshiriladi. Bunday holda, SaaS modelining mijoz uchun asosiy afzalligi – ishlaydigan dasturiy ta’minotni oʻrnatish, yangilash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligidadir. SaaS modelida: ilova masofadan foydalanish uchun moslangan; bir nechta mijoz bitta dasturdan foydalanishi mumkin; xizmat uchun toʻlov har oylik obuna sifatida yoki tranzaktsiyalarning umumiy miqdoridan kelib chiqib olinadi; dasturni qoʻllab-quvvatlash toʻlovga kiritilgan; dastur xodimlarga, mijozlarga muammosiz va oshkora yangilanishi mumkin. Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar nuqtai nazaridan, SaaS modeli mijozga dasturiy ta’minotni saqlash, nusxalash va oʻrnatish imkoniyatiga ega emasligi sababli dasturiy ta’minotdan litsenziyasiz foydalanish bilan samarali kurashishga imkon beradi. Aslida, SaaS dasturiy ta’minoti ichki axborot tizimlariga yanada qulay va tejamkor muqobil sifatida qaralishi mumkin. Security-as-a service xizmat turi foydalanuvchilarga veb- texnologiyalardan, elektron pochtalardan, mahalliy tarmoqlardan xavfsiz foydalanishga imkon beradigan mahsulotlarni tezda joylashtirishga imkon beradi, bu esa ushbu xizmat foydalanuvchilariga oʻzlarining xavfsizlik tizimlarini joylashtirish va saqlashni tejashga imkon beradi. SaaS xizmati ma’lumotlarni tashqi muhitda, “bulut”da saqlashga imkon beradi. Bunga misol Google Drive va boshqa shunga oʻxshash xizmatlarni keltirish mumkin. 187 Bulut xizmatlarining har uch modeli bir-biri bilan bogʻlangan va birlashtirilgan tuzilmani anglatadi. DaaS (“ma’lumotlar bazasi xizmat sifatida”) koʻproq ma’murlar uchun moʻljallangan, chunki bu ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatini beradi, ma’lumotlar bazasi mahalliy manbaga oʻrnatilgan boʻladi. Bundan tashqari, loyihalarni turli xil ijrochilar oʻrtasida “boʻlishish” osonroq boʻladi, katta yoki oʻrta tashkilotlarda MB ma’lumotlaridan vakolatli foydalanish uchun zarur boʻlgan kompyuter uskunalari va litsenziyalar katta pul mablagʻlarini tejash mumkin. Axborot-xizmat (Information-as-a-Service) Bu har bir daqiqada yoki hatto har soniyada oʻzgarishi mumkin boʻlgan har qanday ma’lumotni masofadan turib ishlatishga imkon beradi. Jarayonni xizmat sifatida boshqarish (Process-as-a-Service) Bu bitta biznes jarayonini yaratish uchun bir nechta manbalarni (masalan, bitta bulut yoki boshqa mavjud bulutlar tarkibidagi xizmatlar yoki ma’lumotlar) bir-biriga bogʻlaydigan masofaviy resurs hisoblanadi. Dastur sifatida xizmat (Application-as-a-Service) Bundan tashqari, u Software-as-a-Service (“dastur sifatida xizmat”) deb nomlangan hamda uzoq serverlarda oʻrnatilgan “talab boʻyicha dastur” sifatida joylashtirilgan. Har bir foydalanuvchi unga Internet orqali kirish huquqiga ega va ushbu dastur uchun barcha yangilanishlar va litsenziyalar ushbu xizmat provayderi tomonidan tartibga solinadi. Bunda toʻlov, undan amalda foydalanish uchun amalga oshiriladi. Google Docs, Google Calendar va boshqalardagi onlayn dasturlar misol boʻla oladi. Ma’muriyat va boshqarish xizmat sifatida (Menejment/Governace- as-a-Service) Bir yoki bir nechta “bulut” xizmatlarining parametrlarini boshqarish va sozlash imkonini beradi. Bular asosan topologiya, resurslardan foydalanish, virtualizatsiya kabi parametrlar kiradi. Infratuzilma xizmat sifatida (Infrastructure-as-a-service) Foydalanuvchi kompyuter infratuzilmasi, odatda tarmoqqa ulangan virtual platformalar (kompyuterlar) bilan ta’minlanadi, uni oʻzi mustaqil ravishda sozlaydi. Sinov xizmat sifatida (Test-as-a-service) 188 Mahalliy yoki “bulutli” tizimlarni “bulut” dan sinov dasturidan foydalangan holda sinab koʻrish imkoniyatini beradi (korxonada hech qanday apparat yoki dasturiy ta’minot talab qilinmaydi). Xizmatlarni taqdim etishning turli usullariga qoʻshimcha ravishda, bulutli tizimlarni joylashtirishning bir nechta turlari mavjud: Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling