192
mumkin. Har bir foydalanuvchi 20 mingtagacha musiqiy yozuvlarni bepul
joylashtirish va saqlash, shuningdek, doʻkonlarda (Android Market,
Google Music va Google eBookstore) sotib olingan raqamli tovarlarni –
filmlar,
elektron kitoblar, dasturlar, musiqiy treklarni toʻgʻridan-toʻgʻri
serverga yuklab olish imkoniyatiga ega.
OnLive
Eng oddiy va eng zaif kompyuterda ham zamonaviy oʻyinlarni
oʻynash qobiliyatini ta’minlaydi. Texnik jihatdan,
bu quyidagicha
izohlanadi: oʻyinning oʻzi uzoq serverda joylashgan va u erda grafikalar
qayta ishlanadi, kompyuterga esa “tugal”
shaklda foydalanuvchiga
yuboriladi. Oddiy qilib aytganda, kompyuterda oddiy oʻyin paytida video
karta, protsessor va boshqalar tomonidan bajariladigan
hisob-kitoblar
avvaldan serverda bajarilgan va kompyuter faqat oxirgi tasvirni qabul
qiluvchi monitor sifatida ishlatiladi.
Xbox Live
Internetning keng qamrovli ishlashini ta’minlaydigan va bulutli
texnologiyalar bilan bogʻliq yana bir mashhur oʻyin xizmati boʻlib,
uning
mohiyati shundaki, Windows Phone7 ga asoslangan Xbox 360 va
ShKlarining egalari bir-birlari bilan kompyuter oʻyinlarini oʻynashlari va
aloqada boʻlishlari, shuningdek qoʻshimcha qurilmalar va turli xil
multimediya kontentlarini Internet-doʻkondan sotib olishlari mumkin.
Ma’lum boʻlishicha, servis geymerlar uchun virtual olamni yaratadi, uning
tarkibiy qismlari oxirgi foydalanuvchilarning
xotiralarida emas, balki
bulutlarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: