185
IaaS – bulutli hisoblash tushunchasiga
asoslangan xizmat sifatida
kompyuter infratuzilmasini taqdim etish boʻlib, uchta asosiy tarkibiy
qismdan iborat:
1.
Uskuna (serverlar,
saqlash tizimlari, mijoz tizimlari,
tarmoq
uskunalari)
2.
Operatsion tizimlar va tizim dasturlari (virtualizatsiya,
avtomatlashtirish, asosiy resurslarni boshqarish vositalari)
3.
Oraliq dastur (masalan, tizimlarni boshqarish uchun)
IaaS virtualizatsiya texnologiyasiga asoslangan boʻlib, uskunadan
foydalanuvchiga uni biznesning hozirgi ehtiyojlariga
javob beradigan
qismlarga ajratish va shu bilan mavjud hisoblash quvvatidan foydalanish
samaradorligini oshirishga imkon beradi. Foydalanuvchi (kompaniya yoki
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi)
faqat server vaqti, disk maydoni,
tarmoqning oʻtkazish qobiliyati va ishlashi uchun zarur boʻlgan
boshqa
manbalar uchun haq toʻlashi kerak. Bundan tashqari,
IaaS mijozga bitta
integratsiyalashgan platformada boshqarish funktsiyalarini toʻliq taqdim
etadi. IaaS kapital va operatsion xarajatlarni kamaytirgan holda, murakkab
ma’lumotlar markazi, mijozlar va tarmoq infratuzilmalarini qoʻllab-
quvvatlash zaruriyatini yoʻq qiladi. Bundan tashqari, umumiy infratuzilma
doirasida xizmat koʻrsatishda qoʻshimcha tejashga erishish mumkin.
Integration-as-a-service “bulut” dan toʻliq integratsiya paketini olish
imkoniyati, shu jumladan dasturlar orasidagi
interfeyslar va ularning
algoritmlarini boshqarishdir. Bunga taniqli Enterprise Application
Centralization, Optimization and Integration (EAI)
paket xizmatlari va
funktsiyalari kiradi, ammo ular “bulut” xizmati sifatida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: