4 § Bulutli texnologiyalar
Reja:
1.
Bulutli texnologiyalarning mazmuni
2.
Bulutli xizmatlarning tarkibi
3.
Bulutli xizmatlarning turlari
Bulutli texnologiyalar foydalanuvchiga qurilmaga dasturlarni
oʻrnatmasdan ma’lumotlarga kirish imkoniyatini anglatadi, chunki barcha
qoʻllab-quvvatlovchilar
serverlar
tomonidan
ta’minlanadi.
Bulutli
texnologiyalardan foydalanish nimani anglatishini tushunish uchun
ularning oddiy sharoitlardan qanday farqi borligini bilish kerak. Masalan,
elektron pochta mijoz kompyuteriga oʻrnatilganda va barcha ma’lumotlar
qattiq diskda saqlanganda, foydalanuvchi fayllar bilan nima qilishni oʻzi
hal qiladi. Agar brauzer orqali foydalanadigan pochta haqida gapiradigan
boʻlsak, unda bu allaqachon eskirgan texnologiya. Bu yerda aniqki, agar
serverda muammolar boʻlsa, u holda pochtaga kirish yoʻqoladi.
Hozirda biz bulutli hisoblash deb atayotgan tushuncha 1-marta
Djozef Karl Robnet Liklayder (J.C.R.Licklider) tomonidan 1970 yilda
qoʻllanilgan. Bu vaqtda u ARPANET ni ishlab chiqishga mas’ul boʻlgan.
Bulutli texnologiyalar – ma’lumotlarni qayta ishlash shakli boʻlib,
bunda kompyuter resurslari foydalanuvchiga Internet-servis sifatida taqdim
etiladi. “Bulut” soʻzi bu erda barcha texnik tafsilotlarni yashiradigan
murakkab
infratuzilmani
ifodalovchi
metafora
sifatida
mavjud.
Shuningdek,
bulutli
hisoblash
atamasi
ham
qoʻllaniladi,
ya’ni
ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi boʻlib, unda foydalanuvchiga
Internet xizmati sifatida kompyuter resurslari va imkoniyatlari taqdim
etiladi. Foydalanuvchi oʻz ma’lumotlariga kirish huquqiga ega, ammo uni
boshqara olmaydi va infratuzilma, operatsion tizim va oʻzi ishlayotgan
dasturiy ta’minot haqida qaygʻurmasligi kerak. “Bulut” atamasi kompyuter
tarmogʻi diagrammasidagi Internet tasviriga asoslangan metafora sifatida
yoki barcha texnik tafsilotlar yashiringan murakkab infratuzilma tasviri
sifatida ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda bulutli texnologiyalarning quyidagi koʻrinishlari keng
tarqalgan:
•
Onlayn-ilova
181
•
Ma’lumotlarni saqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |