182
Bulutli ma’lumotlarni saqlash – onlayn saqlash modeli, unda
ma’lumotlar tarmoqda tarqatilgan koʻplab
serverlarda saqlanadi va
mijozlar, asosan uchinchi taraf tomonidan foydalanish uchun taqdim
etiladi. Oʻzining maxsus serverlarida ma’lumotlarni saqlashda ushbu
maqsadlar uchun maxsus sotib olingan yoki ijaraga olingan modeldan
farqli oʻlaroq, serverlar soni yoki ularning ichki tuzilishi umuman mijozga
koʻrinmaydi. Ma’lumotlar mijoz nuqtai nazaridan
bitta yirik virtual
serverni ifoda etadigan bulut deb nomlangan holda saqlanadi va qayta
ishlanadi. Jismoniy jihatdan, bunday serverlar bir-biridan uzoqroq,
turli
qit’alarga qadar masofada joylashgan boʻlishi mumkin.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, «bulutli texnologiyalar» / «bulutli
xizmatlar» atamalari, «bulutlar» shaklida umumiy qabul qilingan grafik
tasvirlar bilan, faqatgina foydalanuvchilarni chalgʻitadi, aslida ularning
tuzilishi piramida shaklida taqdim etilsa oson tushunilishi mumkin.(3.11-
rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: