O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Aralash (gibrid) bulut – yuqoridagi ikkita joylashtirish modelidan 
birgalikda foydalaniladi. Gibrid bulut muammoni hal qilish uchun 
ommaviy va xususiy bulutlarning eng yaxshi xususiyatlarini ishlatadigan 
IT infratuzilmasidir. Aksariyat hollarda ushbu tur tashkilotning mavsumiy 
faollik davrlarida, boshqacha qilib aytganda, ichki IT infratuzilmasi joriy 
vazifalarni bajara olmasa, quvvatning bir qismi ommaviy “bulut” ga 
(masalan, 
katta 
hajmdagi 
statistik ma’lumotlarga), shuningdek 
foydalanuvchilarning korxona resurslariga ommaviy “bulut”orqali kirishini 
ta’minlash uchun ishlatiladi. 
Internet odamlar hayotining ajralmas qismiga aylandi va muntazam 
ravishda turli xil vazifalarni bajarishga yordam beradigan yangi 
imkoniyatlar paydo boʻldi. Yangi imkoniyatlarga ta’lim, tibbiyot, logistika 
kabi sohalarda bulutli texnologiyalarning qoʻllanilishi yorqin misol boʻla 
oladi. Ushbu texnologiyalar oʻzining afzalliklari bilan birga ayrim 
noqulayliklarni ham keltirib chiqaradi. 
Bulutli xizmatlarning afzalliklari: 
1. 
Ma’lumotni saqlash uchun qimmatbaho kompyuter va 
aksessuarlarni sotib olish shart emas, chunki hamma narsa “bulut”da 
saqlanadi. 
2. 
Internetga ulangan har qanday kompyuterdan shaxsiy 
ma’lumotlarga kirish imkoniyati mavjud. Turli xil qurilmalar 
(kompyuterlar, planshetlar, telefonlar va boshqalar) ma’lumotlari bilan 
ishlash mumkin boʻladi. 
3. 
Agar qurilmada (kompyuter, planshet, telefon) biror narsa yuz 
bersa, u holda foydalanuvchi uchun muhim ma’lumot yoʻqolmaydi, chunki 
u endi qurilma xotirasida saqlanmaydi. 
4. 
Qaysi operatsion tizim bilan ishlashni afzal koʻrish muhim 
emas – veb-xizmatlar har qanday OS brauzerida ishlaydi 
5. 
Kompyuterning ishlashi yaxshilanadi, chunki ofis ishlarida va 
boshqa sohalarda bulutli texnologiyalar masofadan turib dasturlarni 
boshqaradi, shuning uchun kompyuterda juda koʻp boʻsh joy qoladi. 


190 
6. 
Har yilgi texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq muammolar 
kamayadi, chunki jismoniy serverlar soni doimiy ravishda kamayib boradi 
va dasturiy ta’minot doimo yangilanib turadi. 
7. 
Dasturni sotib olish narxi kamayadi, chunki dasturni “bulut” 
uchun faqat bir marta sotib olish kerak va ba’zida esa uni ijaraga buyurtma 
qilish ham mumkin. 
8. 
Bulutli texnologiyalar saqlanadigan ma’lumotlar miqdorida 
cheklovlarga ega emas. Aksariyat hollarda bunday xizmatlar hajmi 
millionlab gigabaytni tashkil qiladi. 
9. 
Dasturlar avtomatik ravishda yangilanadi, shuning uchun 
yuklab olingan dasturlarda boʻlgani kabi, bunga rioya qilishning hojati 
yoʻq. 
10. “Bulut”dan har qanday operatsion tizimda foydalanish 
mumkin, chunki dasturlarga kirish veb-brauzerlar orqali amalga oshiriladi. 
11. Yangi bulutli texnologiyalar foydalanuvchiga har doim 
hujjatlarga kirish huquqini beradi, chunki asosiysi Internetning 
mavjudligidadir. 
12. Yaxshi xavfsizlik va ma’lumotlarni yoʻqotishdan himoya 
qilish, chunki yuborilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi va 
nusxalari zaxira serverlarga tashlanadi. 
13. Koʻp pulli dasturlar bepul (yoki arzonroq) veb-ilovalarga 
aylangan. 
14. Eng yangi va yangilanib boradigan ma’lumotlardan doimo 
foydalanish imkoniyati bor. 
15. Foydalanuvchi 
oʻzining 
ma’lumotlarini 
boshqa 
foydalanuvchilar bilan birlashtira oladi. 
Bulutdagi noqulayliklar 
1. Internet mavjud boʻlmaganda kirish imkoni boʻlmaydi va bunda 
faqat kompyuterga yuklab olingan hujjatlar bilan ishlash mumkin boʻladi. 
Ta’kidlash joizki, Internet tez va sifatli boʻlishi kerak. 
2. “Bulutlar”ga oʻrnatilishi va foydalanuvchiga taqdim etilishi 
mumkin boʻlgan dasturiy ta’minotda cheklovlar mavjud. Foydalanuvchi 
foydalanadigan dasturiy ta’minotda cheklovlarga ega va ba’zan uni oʻz 
maqsadlari uchun sozlash imkoniga ega emas. 


191 
3. Oʻrnatilgan dasturga qaraganda katta hajmdagi ma’lumotlarni 
uzatishda bulut xizmati sekinroq ishlashi mumkin. 
4. Maxfiylik. Umumiy “bulutlarda” saqlanadigan ma’lumotlarning 
maxfiyligi hozirgi paytda juda koʻp tortishuvlarni keltirib chiqarmoqda
ammo aksariyat hollarda mutaxassislar kompaniya uchun eng qadrli 
boʻlgan hujjatlarni ommaviy “bulut” da saqlash tavsiya etilmasligiga rozi, 
chunki hozirda bu ma’lumotlarning 100% maxfiyligini kafolatlaydigan 
texnologiya yoʻq.
5. Xavfsizlik kamdan-kam hollarda muammo hisoblanadi. Aksariyat 
holatlarda 
Cloud 
zaxira 
nusxalarini 
yaratadi, 
shuning 
uchun 
tashvishlanishga hojat yoʻq. “Bulut” ning oʻzi yetarli darajada ishonchli 
tizimdir, ammo unga tajovuzkorlik bilan kirish ham ulkan ma’lumotlar 
omboridan foydalanish huquqini beradi. 
6. Yana bir kamchilik – bu virtualizatsiya tizimlaridan foydalanish, 
bunda gipervizor sifatida viruslar va tizimning zaif tomonlaridan 
foydalanishga imkon beradigan standart operatsion tizimlarning yadrolari 
(masalan, Windows) ishlatiladi. 
7. Qimmatbaho uskunalar. Kompaniya oʻzining bulutini yaratish 
uchun yangi tashkil etilgan va kichik kompaniyalar uchun unchalik maqbul 
boʻlmagan muhim moddiy resurslarni ajratishi kerak. 
“Bulutli” xizmatlarga misollar: 
iCloud 
Applening iCloud bulutli xizmati (MobileMe oʻrnida shakllangan) 
toʻliq avtomatik va bepul (kichik funktsional cheklovlarga qaramay) 
hisoblanadi. U barcha turdagi ma’lumotlar kontentini (pochta, taqvim, 
kontaktlar, hujjatlar, musiqa, video va rasmlar va hk) serverlarda saqlaydi 
va keyin uni barcha qurilmalarga (iPhone, iPad, iPod touch, Mac va 
shaxsiy kompyuter) push texnologiyasi yordamida simsiz uzatadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling