O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


III BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

III BOB. RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI 
 
§ Raqamli iqtisodiyotni ilgʻor texnologiyalarini klassifikatsiyalash 
Reja: 
1. 
Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) 
2. 
Neyrotexnologiya va sun’iy intellekt 
3. 
Blokcheyn va kvant texnologiyalari 
4. 
Sanoat internet va robototexnika 
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi raqamli inqilobdan boshlandi.
Raqamli inqilob 1950 yillarning oxirlarida paydo boʻlgan mexanik va 
analog elektron texnologiyalardan raqamli elektronikaga oʻtish davridir. 
Ushbu atama XX asrning ikkinchi yarmida raqamli hisoblash va 
aloqa texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan tub oʻzgarishlarni ham 
anglatadi. Qishloq xoʻjaligi va sanoat inqiloblari singari, raqamlashtirish 
yangi, ya’ni raqamli davrni boshlab berdi. 
Raqamli iqtisodiyotning soʻnggi texnologiyalariga katta hajmli 
ma’lumotlar, neyrotexnologiyalar, sun’iy intellekt, taqsimlangan reyestr 
tizimlari (blockchain), kvant texnologiyalari, yangi ishlab chiqarish 
texnologiyalari, sanoat Interneti, robototexnika, sensorika, simsiz aloqa
virtual va toʻldirilgan voqelik kabilar kiradi. 
 
Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) 
Katta hajmli ma’lumotlar 2000-yillarning oxirida paydo boʻlgan va 
ma’lumotlar bazasini boshqarishning an’anaviy tizimlari va Business 
Intelligence sinfidagi yechimlarga muqobil boʻlgan gorizontal miqyosli 
(scale-out) dasturiy vositalar yordamida samarali ishlov berilgan yetarlicha 
xilma-xillikda tuzilgan tarkiblangan va tarkiblanmagan ulkan hajmli 
ma’lumotlarni anglatadi. Ular axborotni taqsimotli tahlil qilish imkonini 
beradi. 
Katta hajmli ma’lumotlarning tahlili avvaldan noma’lum boʻlgan 
yangi axborotni olish uchun amalga oshiriladi. Bunday topilma-ixtirolar 
topishmoq, tasodifiy anglashni bildiruvchi insayt deb yuritiladi.
Big data atamasini Nature jurnalining muharriri Klifford Linch 
tomonidan 2008 yil jahon axborot hajmining jadal oʻsishiga bagʻishlangan 


146 
maxsus sonida qoʻllanilgan. Bungacha ham katta ma’lumotlardan 
foydalanilgan. Kuniga 100 Gbt dan ortgan axborot oqimini Big data 
guruhiga kiritiladi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling