O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Neyrotexnologiya 
Neyrotexnologiyaning ta’riflari: 
1. 
asab 
tizimining 
ishlash 
printsiplari 
asosida 
yaratilgan 
texnologiyalar majmui; 
2. yangi bozorlarni, mahsulotlarni, xizmatlarni, shu jumladan 
hayotning davomiyligini va sifatini oshirishni rivojlantirish uchun zarur 
boʻlgan raqobatdosh texnologiyalarning yangi sinfini yaratish uchun asos. 
Neyrotexnologiya miyaga neyron tarmogʻi, ya’ni oʻzaro bogʻliq 
neyronlar toʻplami sifatida qaraydi. Neyron tarmoqlarni ikki turga boʻlish 
mumkin: “hoʻl” va “quruq”. “Hoʻl” – bizning boshimizdagi biologik 
neyron tarmoqlari va «quruq» - sun’iy hisoblanadi. Biologik neyron 


149 
tarmoqlari printsipiga asoslangan matematik modellar, juda murakkab 
muammolarni hal qilishga va oʻzini-oʻzi oʻrgatishga qodirdir. 
Neyrotexnologiyaning eng istiqbolli sohalari: 
Neyrofarmakologiya. Gen va hujayra terapiyasini rivojlantirish, erta 
individual diagnostika, neyrodegenerativ kasalliklarni davolash va oldini 
olish (qarilik demansiyasi, Altsgeymer kasalligi va boshqalar), shuningdek 
sogʻlom odamlarda aqliy qobiliyatlarni yaxshilash. 
Neyromedtexnika. Organlarning, shu jumladan sun’iy sezgi 
organlarining neyroprotezlashni rivojlantirish, harakatchanlikni yoʻqotgan 
oyoq-qoʻllarni rivojlantirishga yordam beradigan neyrotexnologiyalar 
yordamida reabilitatsiya qilish vositalarini ishlab chiqish. 
Neyroerudisiya. Ta’limda virtual va toʻldirilgan voqelik 
neyrointerfeyslari va texnologiyalarini rivojlantirish, oʻquv dasturlari va 
qurilmalarini ishlab chiqish, xotira qobiliyatini oshirish va miya 
resurslaridan foydalanishni tahlil qilish uchun asboblarni yaratish. 
Neyrokoʻngil ochish va sport. Breyn fitnesini rivojlantirish – miya 
uchun mashqlar, neyrogadjetlardan foydalangan holda oʻyinlarni yaratish, 
shu jumladan neyrorivojlantiruvchi oʻyinlar. 
Neyrokommunikatsiya 
va 
marketing. 
Neyromarketing 
texnologiyalarini rivojlantirish (mijozlarning hatti-xarakatini oʻrganish 
usullari 
toʻplami, 
unga 
ta’sir 
qilish 
imkoniyatlari, 
shuningdek 
neyrotexnologiyalar yordamida ta’sir reaktsiyalar), neyro- va biometrik 
ma’lumotlarga tayangan holda xatti-harakatlarni bashorat qilish. 
Neyroassistentlar. 
Tabiiy 
tilni 
tushunish 
texnologiyasini 
rivojlantirish, mashinali oʻqishni puxta ishlab chiqish (nutqni aniqlash
kompyuterni koʻrish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi algoritmlarni 
takomillashtirishga yordam beradigan neyron tarmoqlariga asoslangan 
mashinali oʻqish), shaxsiy elektron yordamchilarni (virtual kotib rolini 
oʻynaydigan veb-xizmatlar yoki ilovalarni) va gibrid inson-mashinali 
intellektni yaratish. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling