O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Blokcheyn Blokcheyn texnologiyasi nafaqat moliyaviy sohaga, balki boshqa koʻplab sohalarga ham ta’sir etadigan juda jiddiy oqibatlarga olib keladigan yutuqdir. Blokcheyn (ing.blockchain, bloklar zanjiri) – saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Ushbu ma’lumotlar bazasi bloklar deb nomlanuvchi tartiblangan doimiy ravishda oʻsib boruvchi yozuvlarning roʻyxatini saqlaydi. Har bir blokda vaqt belgisi va oldingi blokka havola mavjud boʻladi. Shifrlashdan foydalanish, foydalanuvchilar blokcheynning faqatgina oʻzlari «egalik qiladigan» qismlarini shaxsiy kalitlari orqali boshqarishlari va faylga yoza olmaydigan qilib oʻzgartirishlari mumkinligini ta’minlaydi. biznes- analitika robotexnika tilni tushunish koʻrish qobiliyati boshqa murakkab vazifalar 152 Bundan tashqari, shifrlash taqsimlangan blockcheyn nusxalarini barcha foydalanuvchilar uchun sinxronlashtirilishini ta’minlaydi. 3.5.-rasm. Blokcheyn namunasi Blokcheyn texnologiyasi ma’lumotlar bazasi avval boshdan xavfsiz boʻlishiga asoslangan. Blokcheyn kontseptsiyasini 2008 yilda Satoshi Nakamoto taklif qilgan. U birinchi marta 2009 yilda kriptovalyutaning (raqamli pul birligi) tarkibiy qismi – bitkoin sifatida amaliyotda qoʻllanildi, bu yerda blockcheyn bitkoinlar bilan barcha operatsiyalar uchun asosiy umumiy reyestr rolini oʻynagan. Blokcheyn texnologiyasi tufayli Bitkoin har qanday vakolatli organ yoki markaziy serverdan foydalanmasdan (moddiy tanga yoki jetonlardan farqli oʻlaroq, elektron fayllar koʻpaytirilishi va ikki marta sarflanishi mumkin) muammoni hal qiladigan birinchi raqamli valyutaga aylandi. Blokcheyn texnologiyasida xavfsizlik vaqtni belgilovchi markazlashtirilmagan server va teng huquqli tarmoq ulanishlari orqali ta’minlanadi. Natijada yagona markazsiz, avtonom tarzda boshqariladigan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bu esa blokcheynlarni voqealarni roʻyxatga olish (masalan, tibbiy qaydlar) va ma’lumotlar ustida amaliyotlar bajarish, identifikatsiyani boshqarish va manbalarni haqiqiyligini tasdiqlash uchun juda qulay qiladi. Har bir inson Internetda ma’lumot joylashtirishi mumkin, keyin boshqa odamlar unga dunyoning istalgan joyidan kirishlari mumkin. 153 Blokcheynlar dunyoning blockcheyn faylini olish mumkin boʻlgan istalgan nuqtasida qandaydir qiymatni yuborishga imkon beradi. Ammo “egalik qilinadigan” bloklarga kirish uchun ruxsat berish uchun uning egasida kriptografik tarzda yaratilgan shaxsiy kalit boʻlishi kerak. Oʻzgaga shaxsiy kalitni berish orqali, aslida oʻsha odamga blockcheynning tegishli qismida saqlanadigan pul miqdorini beriladi. Bitkoinlarda bunday kalitlar toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy qiymatga ega boʻlgan ma’lum miqdordagi valyutalar saqlanadigan manzillarga kirish uchun ishlatiladi. Bunda pul oʻtkazmalarini roʻyxatdan oʻtkazish funktsiyasi amalga oshiriladi, odatda bu rolni banklar bajaradilar. Bundan tashqari, yana bir muhim funktsiya amalga oshiriladi: ishonch munosabatlarini oʻrnatish va shaxsni tasdiqlash, chunki hech kim tegishli kalitlarsiz blokcheynni oʻzgartira olmaydi. Ushbu kalitlar orqali tasdiqlanmagan oʻzgarishlar rad etiladi. Albatta, kalitlarni (moddiy valyutadek) nazariy ravishda oʻgʻirlash mumkin, ammo kompyuter kodining bir necha qatorini himoya qilish odatda kata xarajatlarni talab etmaydi. Bu shuni anglatadiki, banklar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy funktsiyalar – identifikatsiyani tekshirish (firibgarlikni oldini olish uchun) va tranzaktsiyalarni keyinchalik roʻyxatdan oʻtkazish (soʻngra ular qonuniy holga keladi) – blockcheyn orqali tezroq va aniqroq bajarilishi mumkin. Blockcheyn texnologiyasi vositachilardan xalos boʻlish uchun jozibali imkoniyatni taqdim etadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uchta muhim rolni: bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish, shaxsni tasdiqlash va shartnomalar tuzishni oʻz ichiga oladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling