O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
IoT dasturining standartlari
Buyumlar internet (IoT) – yangi va juda salohiyatli bozor boʻlganligi sababli, koʻplab yirik kompaniyalar unda “oʻz” oʻrnini topishga shoshilishmoqda: Google ovozli interfeysni yaratishni va’da qilmoqda, buning natijasida uy anjomlari (masalan, muzlatgich) insonning tabiiy nutqini tushunishni oʻrganadi. Intel “Intel IoT” platformasini e’lon qildi, nomidan koʻrinib turibdiki, u buyumlar interneti uchun yaratildi. Apple uy elektronikasini (maishiy texnika, chiroqlar, signalizatsiya, garaj eshiklari va boshqalar) boshqarishga moʻljallangan HomeKit platformasini taklif etdi. 54 http://igate.com.ua/news/15786-chto-takoe-internet-veshhej-infografika 164 Microsoft oʻzining Azure bulutli xizmatlarini IoT uchun moslashtirmoqda. Odatda, yosh istiqbolli bozorlarda boʻlgani kabi, “standartlar urushi” boshlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa allaqachon koʻp harakatlar qilinmoqda. Xususan, ikkita eng katta ommabop texnologiya muammolari - AllSeen Alliance va Qualcom ning Alljoyn – ochiq aloqa jamgʻarmasini (Open Interconnect Consortium (OIC)) tashkil etish uchun yangi ochiq interconnect konsortsiumi (Open Connectivity Foundation (OCF)) doirasida birlashdilar. Amazon, Cisco, Huawei, Intel, Nec, Qualcom, Samsung va boshqa koʻplab kompaniyalarni oʻz ichiga olgan taniqli 230 kompaniyalarda OneM2M standarti korporativ darajada muvofiqlik vazifasini bajara olishi kerak 55 . Internet buyumlarning xavfsizligi Mutaxassislarning fikriga koʻra, “hozirda xavfsiz IoT ekotizimi yoʻq”. Internetga ulangan koʻplab qurilmalar simsiz trafikni shifrlamasligi, yetarlicha murakkablikdagi parollarni taqdim etmasligi va boshqa koʻplab omillar tufayli xakkerlik qilish, masalan, boshqa odamlarning idish yuvish mashinalari va kir yuvish mashinalarini yoqib, oʻchirib qoʻyishlari mumkin. Oʻzlarining shaxsiy uylari yoki hatto uy hayotini, masalan robot changyutgichiga oʻrnatilgan videokamera orqali tomosha qilish mumkin. Xavfsizlikni oshirishda internetga ulanish uchun moʻljallangan qurilmalarni majburiy sertifikatlashtirish, ularga maxsus birlashtirilgan chiplarni oʻrnatish va boshqa choralar taklif etiladi. 56 Moskvadagi boʻlib oʻtgan Hi-Tech Building koʻrgazmada smartfon boshqaradigan uy taqdim etilgan edi. Bu uy yorug`lik va pardalar boshqarish sistemasi, klimat boshqaruv, suv va havo sifatini nazorat qiladigan sistema, IP-videokuzatish, multirum, uy kinoteatri bilan jihozlangan. Agarda uyda xoʻjayinlar boʻlmasa domofonga qilingan qoʻngʻirok avtomatik tarzda mobil telefoniga joʻnatiladi. Agarda bu kutilgan inson boʻlsa, undan ishonch maqsadida MMS orqali rasmini olishlari mumkin. 55 http://ru.pcmag.com/feature/30079/biznes-v-internete-veshchei-standartizatsiia 56 http://www.tadviser.ru/ Statya:Informatsionnaya_bezopasnost_interneta_veshey_(Internet of Things) 165 Xonadon Android yoki IOS operatsion tizimlarda mobil ilova orqali boshqariladi. Unda kir yuvish mashinani, kofevarka yoki konditsionerni masofadan ishga tushirish mumkin. Agarda smartfonni maishiy texnikani oldiga olib borilsa unda ushbu texnikaning energoishlash yoki nosozliklar haqida ma`lumotlarni bilish mumkin boʻladi. Xonadonlarda boʻlgan barcha tizimlar bilan devordagi panellar va maxsus pultlar orqali boshqarsa boʻladi. IP-videokuzatish sistemalar ayfon ekranda xonadonning ichkarida va tashqarisida sodir boʻlayotgan narsalar haqida uzluksiz koʻrish imkoniyatini beradi. Loyihaning asoslaridan biri bu maxsus datchiklar, xoʻjayinning Facebook va Twitter sotsial aloqalariga uning xonadonida nima sodir boʻlganligi haqida habar joʻnatishidir. Agarda uning uyiga begona odam kirgan boʻlsa, uning smartfoniga maxsus signal joʻnatiladi. Shuningdek “aqlli” xonadon Apple TV tizimi bilan ham jihozlangan boʻlib, u iTunes kutubxonasidan filmlarni va musiqalarni televizor ekraniga joʻnatadi. Multirum tizimi – Shotlandiyaning Linn kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va ushbu kompaniya Buyuk Britaniyaning saroylariga moslamalarni ishlab chiqaradi. Ushbu tizim xonadonda boʻlgan hamma audio va videolarni boshqaradi. U orqali har bir xonadonda dinamiklarni oʻrnatib sevgan musiqani yuqori sifatda eshitib mazza qilsa boʻladi. Istiqbolda nafaqat uylar, balki shaharlar va hatto (ba’zi) shtatlar ham «aqlli» boʻlib qoladilar. Ammo texnologiya va jamiyat rivojlanishining ushbu bosqichida “internet of things” global miqyosda emas, balki tovarlar, energiya, transport va boshqalar ishlab chiqaradigan, yangi texnologiyalar hisobiga samaradorlik va raqobatbardok ortadigan kompaniyalar doirasida faol ravishda amalga oshiriladi. Ushbu tajribani keng yoyishning murakkabligi, turli xil yetkazib beruvchilarni yaxlit tizimga keltirish va ularning muvofiqlashtirilgan ishini tashkil etishdadir, bu esa katta simfonik orkestrning uygʻun tovushiga erishishdan koʻra qiyinroq ishdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 166 rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi qabul qilindi 57 . Mazkur Dasturning asosiy vazifasi shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, yoʻl-transport sohasi ob’ektlari va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratishdan iborat. Poytaxtda toʻplangan tajribalar keyinchalik mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etiladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling