157
Virtual voqelik
Virtual voqelik (VR, inglizcha virtual reality, sun’iy voqelik) –
texnik vositalar bilan yaratilgan, insonga uning sezgilari: koʻrish, eshitish,
hidlash, teginish va boshqalar orqali uzatiladigan olam (ob’yektlar va
sub’yektlar) hisoblanadi. Virtual voqelik oʻzaro ta’sir
va unga javoblarni
imitatsiya qiladi. Haqiqat sezgilarining ishonarli majmuasini yaratish
uchun real vaqt birligida virtual voqelik xususiyatlari
va reaktsiyalarining
kompyuter sintezi amalga oshiriladi.
Virtual voqelik ob’yektlari odatda moddiy voqelikdagi oʻxshash
ob’yektlarning xatti-harakatlariga yaqin boʻladi. Foydalanuvchi ushbu
ob’yektlarda fizik qonuniyatlarga (tortishish kuchi,
suv xususiyatlari,
ob’yektlar bilan toʻqnashuv, aks etish va boshqalar)muvofiq harakat qilishi
mumkin. Biroq, koʻpincha koʻngilochar maqsadlar uchun virtual
dunyodan foydalanuvchilarga haqiqiy hayotda mumkin boʻlmaganidan
koʻproq harakatga ruxsat beriladi (masalan: uchish, har qanday ob’yekt
yaratish va boshqalar).
“Virtual voqelik” tizimlari odatiy kompyuter
tizimlariga qaraganda,
insonning barcha beshta sezgilariga ta’sir koʻrsatib, virtual muhit bilan
oʻzaro munosabatni immitatsiya qiladigan qurilmalar deb nomlanadi.
Qoʻllanish sohalari: kompyuter oʻyinlari, mashgʻulotlar, video.
Do'stlaringiz bilan baham: