O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Robototexnika Robototexnika – avtomatlashtirilgan texnik tizimlarning rivojlanishi bilan shugʻullanadigan amaliy fan va ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun eng muhim texnik asosdir. Robot – bu dasturlashtirilgan mexanik qurilma boʻlib, u odamlarning yordamisiz vazifalarni bajarishga va tashqi muhit bilan oʻzaro aloqada boʻlishga qodir. Robototexnika elektronika, mexanika, telemexanika, mexatronika, informatika, radio va elektrotexnika kabi fanlarga tayanadi. Qurilish, sanoat, maishiy, tibbiy, aviatsiya va ekstremal (harbiy, kosmik, suv osti) sohalarda robototexnika mavjud. Sensorika Robotlarning sezgirligi (sezgir sensorlar tizimi) odatda odam sezgi funktsiyalarini: koʻrish, eshitish, hid, teginish va ta’mni nusxalashtiradi. Tananing kosmosdagi muvozanati va pozitsiyasi, ichki quloqning funktsiyasi (ba’zan oltinchi tuygʻu deb nomlanadi) kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Biologik hissiy organlarning faoliyati neyronlar faolligi printsipiga asoslanadi, robotlarning sezgir organlari esa elektrli tabiatga ega. 156 Biz sun’iy datchiklarni tabiiy sezgi organlariga nisbatan farqlashimiz mumkin, lekin odatda sezgi asboblari turlari ushbu sensor: yorugʻlik, tovush, issiqlik va boshqalarga ta’sir qiladigan darajasiga koʻra turlarga ajratiladi. Robotga oʻrnatilgan sensorlarning turlari uning qoʻllanilish maqsadi va joyi boʻyicha aniqlanadi. Datchikning sezgir elementini oʻz-oʻzidan sensor deb atash mumkin. Hozirgi vaqtda texnik vositalarning ajralmas qismi boʻlgan datchiklar iqtisodiyotning koʻplab sohalarida – foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, sanoat ishlab chiqarishi, transport, aloqa, logistika, qurilish, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, fan va boshqa sohalarda qoʻllaniladi. Soʻnggi paytlarda elektron tizimlar narxining pasayishi tufayli boshqaruv tizimining interfeysi standartlari va parametrlarni tartibga solish va sozlash imkoniyatlariga ega kompleks qayta ishlangan signalli datchiklardan tobora koʻproq foydalanilmoqda. datchiklarni ommaviy ishlatishdan ancha oldin paydo boʻlgan mazkur atama oʻlchov vositalariga, shuningdek oʻxshash boshqa tabiat ob’ektlariga, masalan, biologik vositalarga nisbatan keng talqin qilingan va qoʻllanilgan. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida sensorlar tashabbuskor, faollashtiruvchi uskunalar va dasturiy ta’minot sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunday tizimlardagi sensorlarning koʻrsatkichlari, odatda, monitor, ishlov berish, tahlil qilish va displey yoki bosib chiqarish qurilmasiga chiqish uchun xotira sifatida oʻrnatiladi. Datchiklar robototexnikada katta ahamiyatga ega boʻlib, bunda retseptorlar rolini oʻynaydi, ular orqali robotlar va boshqa avtomatik qurilmalar tashqi dunyo va oʻzlarining ichki organlaridan ma’lumotlarni olishadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling