O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi ishlab chiqarish texnologiyalari
Kvant texnologiyalari Kvant texnologiyalari – kvant mexanikasining oʻziga xos xususiyatlaridan, birinchi navbatda, kvantli chalkashliklardan foydalanadigan fizika sohasidir. Kvant (lot. quantum – qancha, nechta) – biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasidir. Kvant texnologiyasining maqsadi kvant printsiplariga 154 asoslangan tizimlar va qurilmalarni yaratishdir, ular odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Energiya sathining uzlukliligi (kvantlanishi) (kvant oʻlchovli effekti, Xoll kvant effekti) Geyzenberg noaniqlik printsipi Tizimlar sof holatining kvant superpozitsiyasi Mumkin boʻlgan toʻsiqlar orqali kvant tunneli Holatlarning kvantli birikuvi Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturlarga kvant hisoblash va kvant kompyuterlari, kvant kriptografiyasi, kvant teleportatsiyasi, kvant metrologiyasi, kvantli sensorlar va kvant tasvirlari kiradi. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalari – turli xil murakkablikdagi moslashtirilgan (individuallashtirilgan) moddiy ob’yektlar (tovarlar) ning zamonaviy texnologik darajadagi, loyihalashtirish va ishlab chiqarish jarayonlari majmui boʻlib, ularning narxi ommaviy ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxi bilan taqqoslanadi. Oʻz ichiga quyidagilarni qamrab oladi: yangi materiallar; raqamli dizayn va modellashtirish, shu jumladan bionik dizayn; superkompyuter muhandisligi; qoʻshimchalar va gibrid texnologiyalar. Sanoat Interneti Sanoat Interneti (buyumlarning sanoat Interneti, sanoat Internet, Industrial Internet of Things, IIoT) – infokommunikatsion infratuzilmani qurish kontseptsiyasi boʻlib, Internetga har qanday maishiy boʻlmagan qurilmalar, uskunalar, datchiklar, sensorlar, shuningdek texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini Internetga ulanishini anglatadi. Ushbu elementlarning bir-biri bilan integratsiyasi, ushbu tovarlar va xizmatlarni yaratishda, shuningdek, ularni iste’molchilarga etkazib berishda yangi biznes modellarining shakllanishiga olib keladi. “Sanoat Interneti” kontseptsiyasini amalga oshirishda asosiy drayver mavjud ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirish va kapital xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni kamaytirishdir. Shu 155 tarzda kompaniyalarning boʻshatilgan resurslari sanoat Interneti sohasidagi yechimlarga boʻlgan talabni shakllantiradi. Bugungi kunda Internet buyumlar tizimi uning ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: sensorlar va boshqa qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar, dasturiy ta’minot, tizim integratorlari va buyutmachi tashkilotlar (B2B va B2G), aloqa operatorlari. Sanoat Internetining joriy etilishi alohida kompaniyalar va umuman mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi, mehnat unumdorligi va yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga yordam beradi, ish sharoitlari va xodimlarning kasbiy oʻsishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Ushbu oʻtish davrida yaratilgan iqtisodiyotning xizmat koʻrsatish modeli ishlab chiqarishni va boshqa an’anaviy tarmoqlarni raqamlashtirishga, ishlab chiqarish jarayonining turli sub’yektlari oʻrtasida ma’lumot almashishga va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling