O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish


Download 38.5 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi38.5 Kb.
#155860

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)

YO’NALISHI 3-KURS TALABASI



Pardayev Shahobiddinning

Yoshlar sotsiologiyasi


Seminar topshirig’i

Toshkent 2020

Mavzu: Yoshlar qatlamini struktursi rolining zamonaviy tipologiyasi.

Rejas:

  1. Individuallik va shaxs.

  2. Shaxsni o‘rganishda sotsiologik yondashuvning o‘ziga xosligi.

  3. Yoshlar struktursi rolining zamonaviy tipologiyasi.

1. Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.

Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.

Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.

Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .

Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.1[3]

Although our personality traits may be both stable and potent, the consistency of our specific behaviors from one situation to the next is another matter. As Walter Mischel (1968, 1984, 2004) has pointed out, people do not act with predictable con-sistency. Mischel's studies of college students' conscientiousness revealed but a mod¬est relationship between a student's being conscientious on one occasion (say, showing up for class on time) and being similarly conscientious on another occasion (say, turning in assignments on time). Pirandello would not have been surprised. If you've noticed how outgoing you are in some situations and how reserved you are in others, perhaps you're not surprised either (though for certain traits, Mischel reports, you may accurately assess yourself as more consistent)

«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.

Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.

Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.

Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».

Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi.[2]

Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.

Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi. Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.

Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications. Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.

2. Yoshlar sotsiologiyasi XX asrning 20-yillarida Olmoniyada, AQShda va Fransiyada shakllandi. 1928 yilda K.Mangeymning «Avlod muammosi» asari bosilib chiqdi. Bu asar yoshlarning sotsiologik muammolari ilmiy asosda o‘rganilgan dastlabki asarlardan edi.

XX asrning 60-yillaridan yoshlar muammolarini tahlil qilishga va yechishga qaratilgan asarlar ko‘plab chop etila boshlandi. Olmoniyada yoshlar sotsiologiyasi bo‘yicha G.Shelskiyning «Skeptik avlod» (1957), F.Tenbrukning «Yoshlar va jamiyat» (1962); Venadagi sotsiologik institut direktori L.Rozenmayrning «Empirik sotsial tadqiqot bo‘yicha qo‘llanma» (1969), Amerika sotsiologi D.Kempbellning «Sotsializasiya bo‘yicha spravochnik» (1969), Amerika sotsiologi S.Eyzenshtadtning «Avloddan avlodga» (1966) asarlari yoshlar sotsiologiyasining keng rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Hozirga davr yoshlar sotsiologiyasi doirasida yoshlar hayotini ilmiy-sotsiologik o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1. Yoshlar ,muammosini o‘rganishda tarixiy yondoshish lozimligi. Yoshlarning ijtimoiy qarashlariga, hulqiga, qiziqishiga va boshqa jihatlarini tadqiq etishda muayyan tarixiy davr, shart-sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baho berish talab qilinadi. Masalan, hozirda, shakllanib kelayotgan bozor munosabatlari sharoitida yoshlarning ijtimoiy qarashlari, qiziqishlari va yuzaga kelayotgan muammolar avvalgi davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagiga nisbatan o‘zgarib, yangicha mazmunga va xususiyatlarga ega bo‘lmoqda.

2. Yoshlarning o‘ziga xos turmush tarzini tahlil qilish va o‘rganish. Bunda yoshlarning ijtimoiy holati, hayot kechirish tarzi va uning rivojlanishini nazariy va empirik jihatdan o‘rganish.

3. Yosh avlodni har jihatdan rivojlanib borishini tahlil qilish. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning, muhitning o‘zgarishi oqibatida avlodlar o‘rtasida doimo muayyan rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli, keksa avlod bilan yoshlar o‘rtasida o‘zaro ziddiyat vujudga keladi. Ko‘pincha, yoshlarning manfaat va qiziqishlari, faoliyati, tashqi ko‘rinishi (moda) keksa avlodda norozilik, e’tiroz tug‘diradi.

4. Yoshlarga tabaqaviy jihatdan yondashib. Bu metodologik tamoyil yoshlarni turli tabaqalardan iborat guruhlarga ajratib o‘rganishni bildiradi. Bozor munosabatlarining tarkib topa borishi bilan yoshlar o‘rtasida ham tabaqalanish yanada kuchayishi tabiiydir.hozirdanoq ularning turli ijtimoiy tabaqalarga ajralish jarayoni ro‘y bermoqda. Bir tomondan, jamiyat ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi yoshlar guruhlari: talabalar, yosh olimlar, ishchilar, fermerlar, ishbilarmon yoshlar, san’atkorlar, savdogar yoshlar kabi guruhlar salmog‘i ortib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa yoshlar, bekorchi-sayok, giyoxvand, jinoyatchi kabi yoshlar jamiyat xayotida salbiy, disfunksional ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, hozirda O‘zbekiston miqyosida jinoyatchilikning 85 foizga yaqini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir qilinayotganligini e’tiborga olsak, yoshlar sotsiologiyasining jamiyat hayotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin bo‘ladi.

Sotsiologiyada yoshlik bolalik davridan so‘ng ulg‘ayish davrigacha bir necha bosqichlarga ajratilib ko‘rsatiladi. Masalan, yoshlikning dastlabki, quyi chegarasi 14-16, yuqori chegarasi esa 25-30 yoshlarni o‘z ichiga oladi. 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda asosiy muammo, ularning kasb tanlashi, ma’lumot olishi va hayotga mustaqil qadam qo‘yishi bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Sotsiologiyaning bu maxsus nazariyasi jamiyatniig barcha ijtimoiy sohalaridagi yoshlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoiti va yoshlar muammosi; xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning yosh mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji; ta’lim tizimi va yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash; demografik jarayonlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash; yoshlarning ma’lumot olishi va kasb tanlashi muammosi; yoshlarning kasb tanlashi va sotsial mobillik; yoshlarni kasb tanlashida milliy, hududiy va mintaqaviy xususiyatlar; yoshlarning ma’lumot olish imkoniyatlarini oldindan prognoz berish; yoshlarda mehnat malakasini shakllantirish masalalari; shahar va qishloq yoshlari hayoti; yoshlarning turmush darajasi kabi masalalar shular jumlasidandir. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha empirik va nazariy jihatdan sotsiologik tadqiqot olib borish. ularning statik va dinamik xususiyatlarini o‘rganish muhim hisoblanadi.

Yoshlar sotsiologiyasining o‘ziga xos qiyin, murakkabligi ham, uning ko‘p qirraligidadir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida yoshlarni ish bilan ta’minlash muammosi dolzarb masalalardan biridir. Bu muammoni hal etib borilishi yoshlar bilan bog‘lik bo‘lgan ko‘plab masalalarningyechimini topishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada, viloyatlarda yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida «Usta va shogird» tizimi asosida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Bundan asosiy maqsad, yoshlarni milliy hunarmadchilikka, qadriyatlarga, an’analarga hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash hamda ularni moddiy jihatdan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topa borishi, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy qarashlarida jiddiy o‘zgarishlar yasamoqda. Shuning uchun yoshlarning kelajak hayoti rejalarini, ularning qiziqishlarini aniqlash maqsadida empirik-sotsiologii tadqiqotlar o‘tkazish va nazariy xulosalar chiqarish yoshlar sotsiologiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozim, yoshlarning kelajak hayotini rejalashtirish eng avvalo oiladan boshlanadi. Bu jihatdan yoshlar oila sotsiologiyasi bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi. Yoshlarning kasb tanlashi, ish joylariga ega bo‘lishi ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi va yuksak texnologik takomillashuv jarayonida ko‘p jihatdan ta’lim tizimining sifatiga ham bog‘liq. Bu jihatdan esa yoshlar sotsiologiyasi ta’lim, ilm-fan sotsiologiyasi bilan yaqin aloqadadir.

Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining qator asarlarida, so‘zlagan nutqlarida hozirgi davrda mamlakatimizda yoshlar hayoti va faoliyatiga doir qator muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. 


3 .Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar. 
Insonning  motivlari  tuzilishini,  ularning  asosiy  funksional  mexanizmlarini 
hamda  shakllanish  jarayoniga  yo’naltirishning  strategik  rejasini  ishlab  chiqish 
muammosini  psixologik  jishatdan  tushuntirish  uchun  bolaning  psixik  rivojlanishi  tashliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma'qul.Shaxsning motivlari oqimi  muammosi  uning  ham  metodologik,  ham  nazariy  munosabatni  tekshirish 
demakdir.  Chunki  to  Hozirgi  davrgacha  sobiq  sovet  psixologiyasida  uning 
ko’pgina  qismlari  o’z  yechimini  topa olmagan.  G’arb  mamlakatlari  hamda 

 AqSh  psixologlari  orasida  "biologik  eshtiyojlar  asosida  inson  motivlari  yotadi",  degan  qarashlar  majmuasi  keng  ko’lamda  qo’llanib  kelinmoqda.  Chunonchi,  AqSh  psixologi  B.Damellning  fikricha,  to’qimada  vujudga  kelgan  eshtiyojlar  qo’zg’atuvchining asosiy manbai shisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza  yuritgan Danlep esa "qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi", degan  fikrga  qat'iy  ishonadi.  Gilfordning  ta'kidlashicha,  faollikning  birlamchi  manbai  ovqatdan" iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi.  Bu  vaziyatni  basholashda  psixologik  muammolar  oqimi  bilan  motivlarning  biologik  oqimi  o’rtasida  yuz  beruvchi  o’zaro  o’rin  almashishning  sodir  bo’lishini  mulohaza  doirasidan  tashqari  chiqmaslik  lozim.  Chunki  biologik  hartlangan  reja  faollik  manbai  o’zaro  o’rin  almashish  jarayonlari  assimilyasiya  va  dissimilyasiya  sifatida namoyon bo’ladi. Sholbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy  asosini  tashkil  qiladi.  Xuddi  shu  boisdan,  ular  birlamchi  manba  va  psixik  faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. 


B.  Ilk  bolalik  yosh  davrida  xulq-atvor  motivlari.  Ikki-uch  yoshli  bolaning 
motivlari  tuzilishi  kristallashmagan  (amorf)ligi  bilan,  shuningdek,  ularning  

qat'iy  ierarxiyasi  yo’qligi  bilan  tavsiflanishi  namoyon  bo’ladi.  Bola  shaxsiga  aloqador  motivlar  tizimi  bir  qator  motivlar  yig’indisini  ifodalovchi,  o’zaro  bir-biri  bilan  tasodifiy  o’rin  almashib  turish  xususiyatiga  egadir.  Motivlarni  

o’zaro  o’rin  almashish  jarayonida  yagona  anglashish  darajasidagi  nazorat  tizimiga  bo’ysunmaydi. 
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif 
beradi:  "Bevosita  bolaga  ta'sir  etuvchi  har  bir  qo’zg’atuvchi  (qo’zg’ovchi)  ilk
bolalik  davrida  uning  o’sishida shukmronlik  qiladi. Chunki undagi  ichki  motivlar  shali mustashkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi  shukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib  motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq.  
Muallif  vaziyatning  stixiyali  ta'siri  shaqida  mulohaza  yuritib,  u  bolalik 
beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko’rsatib turishini ta'kidlaydi. 
Nazariy va amaliy malumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning 
xulq-tvori,  birinchidan,  impulsivlik  bilan,  ikkinchidan,  vujudga  kelgan  vaziyat 
xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish 
pallasidagi  motivining  dinamik  asosi  -   xatti- harakati   qo’zg’alishini  muvaqqat,  tor  mushitidan  tashkil  topadi.  Chunki  bola  shali  motivlashgan  ustanovkalarni  uzoq  vaqt  ushlab  tura  olmasligi  sababli  u  tez  yo’qoladi.  Muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi  qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi.  
Eshtiyoj  qondirilishida,  affektiv  reaksiyalarda,  chalg’ish  jarayonida 
qo’zg’alish  berilgan  vaqt  doirasidan  chetlashadi.  Psixologik  doiradagi 
boshqarishning  o’ziga  xos  vositalari,  faoliyatni  tashkil  etishni  ta'minlovchi 
motivlar  -  inson  faoliyatining  energetik  darajasini  strukturaviy  aks  ettiradi. 
Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir 
amaliy  tajriba  yaqqol  amaliy  faoliyat  mushitini  siqib  chiqarishi  mumkin.  

Bola  bironbir  ob'ektga  yo’naltirilgan  faoliyatni,  uni  boshqarishni  

yuksak  funksional energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt 

saqlab yurish imkoniyatiga  ega emas.  


Inson  faoliyatining  samaradorligi  (mashsuldorligi)ni  oshirish  shaqidagi 
psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan 
dalillab  berdi. L.S.Slavina  murakkab va  uzoq  davom  etadigan faoliyatlarni  tashlil  qilish  kezida  uni  nisbatan  mustaqil  va  sodda  tarkibiy  qismlarga  ajratib  chiqadi  hamda  ularning  har  birini  aloshida  nazorat  qilish  kerak,  binobarin,  uni  xuddi  mustaqil  faoliyat  strukturasining  takomillashuvi  va  rivojlanishi  natijasidagina  motivlar  tuzilishining  takomillashuvi  va  rivoji  namoyon  bo’ladi.  Muallifning  fikriga  qaraganda,  xulqatvorning  muayyan  maqsadga

  bo’ysundirilishi  kichik  maktab  yoshining  pirovard  bosqichida  amalga  

oshirilib, mazkur  bosqich  ixtiyoriy 

xulq-atvorshakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi.  


 



1



Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling