O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish
Download 38.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2020 Mavzu: Yoshlar qatlamini struktursi rolining zamonaviy tipologiyasi . Rejas
- Individuallik
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) YO’NALISHI 3-KURS TALABASI Pardayev Shahobiddinning Yoshlar sotsiologiyasiSeminar topshirig’i Toshkent 2020 Mavzu: Yoshlar qatlamini struktursi rolining zamonaviy tipologiyasi. Rejas: Individuallik va shaxs. Shaxsni o‘rganishda sotsiologik yondashuvning o‘ziga xosligi. Yoshlar struktursi rolining zamonaviy tipologiyasi. 1. Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz. Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi. Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir. Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi . Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.1[3] Although our personality traits may be both stable and potent, the consistency of our specific behaviors from one situation to the next is another matter. As Walter Mischel (1968, 1984, 2004) has pointed out, people do not act with predictable con-sistency. Mischel's studies of college students' conscientiousness revealed but a mod¬est relationship between a student's being conscientious on one occasion (say, showing up for class on time) and being similarly conscientious on another occasion (say, turning in assignments on time). Pirandello would not have been surprised. If you've noticed how outgoing you are in some situations and how reserved you are in others, perhaps you're not surprised either (though for certain traits, Mischel reports, you may accurately assess yourself as more consistent) «Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi. Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi. Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat. Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson». Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi.[2]
Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi. Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin. Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications. Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.
XX asrning 60-yillaridan yoshlar muammolarini tahlil qilishga va yechishga qaratilgan asarlar ko‘plab chop etila boshlandi. Olmoniyada yoshlar sotsiologiyasi bo‘yicha G.Shelskiyning «Skeptik avlod» (1957), F.Tenbrukning «Yoshlar va jamiyat» (1962); Venadagi sotsiologik institut direktori L.Rozenmayrning «Empirik sotsial tadqiqot bo‘yicha qo‘llanma» (1969), Amerika sotsiologi D.Kempbellning «Sotsializasiya bo‘yicha spravochnik» (1969), Amerika sotsiologi S.Eyzenshtadtning «Avloddan avlodga» (1966) asarlari yoshlar sotsiologiyasining keng rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Hozirga davr yoshlar sotsiologiyasi doirasida yoshlar hayotini ilmiy-sotsiologik o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Yoshlar ,muammosini o‘rganishda tarixiy yondoshish lozimligi. Yoshlarning ijtimoiy qarashlariga, hulqiga, qiziqishiga va boshqa jihatlarini tadqiq etishda muayyan tarixiy davr, shart-sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baho berish talab qilinadi. Masalan, hozirda, shakllanib kelayotgan bozor munosabatlari sharoitida yoshlarning ijtimoiy qarashlari, qiziqishlari va yuzaga kelayotgan muammolar avvalgi davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagiga nisbatan o‘zgarib, yangicha mazmunga va xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. 2. Yoshlarning o‘ziga xos turmush tarzini tahlil qilish va o‘rganish. Bunda yoshlarning ijtimoiy holati, hayot kechirish tarzi va uning rivojlanishini nazariy va empirik jihatdan o‘rganish. 3. Yosh avlodni har jihatdan rivojlanib borishini tahlil qilish. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitning, muhitning o‘zgarishi oqibatida avlodlar o‘rtasida doimo muayyan rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli, keksa avlod bilan yoshlar o‘rtasida o‘zaro ziddiyat vujudga keladi. Ko‘pincha, yoshlarning manfaat va qiziqishlari, faoliyati, tashqi ko‘rinishi (moda) keksa avlodda norozilik, e’tiroz tug‘diradi. 4. Yoshlarga tabaqaviy jihatdan yondashib. Bu metodologik tamoyil yoshlarni turli tabaqalardan iborat guruhlarga ajratib o‘rganishni bildiradi. Bozor munosabatlarining tarkib topa borishi bilan yoshlar o‘rtasida ham tabaqalanish yanada kuchayishi tabiiydir.hozirdanoq ularning turli ijtimoiy tabaqalarga ajralish jarayoni ro‘y bermoqda. Bir tomondan, jamiyat ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi yoshlar guruhlari: talabalar, yosh olimlar, ishchilar, fermerlar, ishbilarmon yoshlar, san’atkorlar, savdogar yoshlar kabi guruhlar salmog‘i ortib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa yoshlar, bekorchi-sayok, giyoxvand, jinoyatchi kabi yoshlar jamiyat xayotida salbiy, disfunksional ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, hozirda O‘zbekiston miqyosida jinoyatchilikning 85 foizga yaqini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir qilinayotganligini e’tiborga olsak, yoshlar sotsiologiyasining jamiyat hayotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini anglash mumkin bo‘ladi. Sotsiologiyada yoshlik bolalik davridan so‘ng ulg‘ayish davrigacha bir necha bosqichlarga ajratilib ko‘rsatiladi. Masalan, yoshlikning dastlabki, quyi chegarasi 14-16, yuqori chegarasi esa 25-30 yoshlarni o‘z ichiga oladi. 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda asosiy muammo, ularning kasb tanlashi, ma’lumot olishi va hayotga mustaqil qadam qo‘yishi bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. Sotsiologiyaning bu maxsus nazariyasi jamiyatniig barcha ijtimoiy sohalaridagi yoshlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoiti va yoshlar muammosi; xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning yosh mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji; ta’lim tizimi va yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash; demografik jarayonlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash; yoshlarning ma’lumot olishi va kasb tanlashi muammosi; yoshlarning kasb tanlashi va sotsial mobillik; yoshlarni kasb tanlashida milliy, hududiy va mintaqaviy xususiyatlar; yoshlarning ma’lumot olish imkoniyatlarini oldindan prognoz berish; yoshlarda mehnat malakasini shakllantirish masalalari; shahar va qishloq yoshlari hayoti; yoshlarning turmush darajasi kabi masalalar shular jumlasidandir. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha empirik va nazariy jihatdan sotsiologik tadqiqot olib borish. ularning statik va dinamik xususiyatlarini o‘rganish muhim hisoblanadi. Yoshlar sotsiologiyasining o‘ziga xos qiyin, murakkabligi ham, uning ko‘p qirraligidadir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida yoshlarni ish bilan ta’minlash muammosi dolzarb masalalardan biridir. Bu muammoni hal etib borilishi yoshlar bilan bog‘lik bo‘lgan ko‘plab masalalarningyechimini topishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada, viloyatlarda yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida «Usta va shogird» tizimi asosida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Bundan asosiy maqsad, yoshlarni milliy hunarmadchilikka, qadriyatlarga, an’analarga hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash hamda ularni moddiy jihatdan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topa borishi, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy qarashlarida jiddiy o‘zgarishlar yasamoqda. Shuning uchun yoshlarning kelajak hayoti rejalarini, ularning qiziqishlarini aniqlash maqsadida empirik-sotsiologii tadqiqotlar o‘tkazish va nazariy xulosalar chiqarish yoshlar sotsiologiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozim, yoshlarning kelajak hayotini rejalashtirish eng avvalo oiladan boshlanadi. Bu jihatdan yoshlar oila sotsiologiyasi bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi. Yoshlarning kasb tanlashi, ish joylariga ega bo‘lishi ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi va yuksak texnologik takomillashuv jarayonida ko‘p jihatdan ta’lim tizimining sifatiga ham bog‘liq. Bu jihatdan esa yoshlar sotsiologiyasi ta’lim, ilm-fan sotsiologiyasi bilan yaqin aloqadadir. Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining qator asarlarida, so‘zlagan nutqlarida hozirgi davrda mamlakatimizda yoshlar hayoti va faoliyatiga doir qator muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. 3 .Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar. Insonning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo’naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jishatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi tashliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma'qul.Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to Hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning ko’pgina qismlari o’z yechimini topa olmagan. G’arb mamlakatlari hamda AqSh psixologlari orasida "biologik eshtiyojlar asosida inson motivlari yotadi", degan qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanib kelinmoqda. Chunonchi, AqSh psixologi B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga kelgan eshtiyojlar qo’zg’atuvchining asosiy manbai shisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa "qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi", degan fikrga qat'iy ishonadi. Gilfordning ta'kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan" iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Bu vaziyatni basholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin almashishning sodir bo’lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik hartlangan reja faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo’ladi. Sholbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. B. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari. Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kristallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat'iy ierarxiyasi yo’qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo’ladi. Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig’indisini ifodalovchi, o’zaro bir-biri bilan tasodifiy o’rin almashib turish xususiyatiga egadir. Motivlarni o’zaro o’rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga bo’ysunmaydi.
Bola bironbir ob'ektga yo’naltirilgan faoliyatni, uni boshqarishni yuksak funksional energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga ega emas. Inson faoliyatining samaradorligi (mashsuldorligi)ni oshirish shaqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan faoliyatlarni tashlil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini aloshida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining takomillashuvi va rivoji namoyon bo’ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulqatvorning muayyan maqsadga bo’ysundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvorshakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi. 1 Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling