O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


Zarafshon daryosi havzasidagi suv omborlari va ular haqida ma`lumotlar


Download 160.71 Kb.
bet3/7
Sana18.12.2022
Hajmi160.71 Kb.
#1030989
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zarafshon1

Zarafshon daryosi havzasidagi suv omborlari va ular haqida ma`lumotlar

  • Iste’molchilarning suvga bo‘lgan talabini qondirish uchun hamda vegetatsiya davrida sug‘oriladigan ekin maydonlarini bir xil me’yorda uzluksiz ta’minlab turish maqsadida Zarafshon havzasi hududida 9 ta suv ombori barpo etilgan. Zarafshon havzasida tashkil etilgan irrigatsion sistemalarni suv bilan bir teks ta’minlashda suv omborlarida to‘plangan suv zahiralarining xizmati katta.
  • Zarafshon havzasi hududida joylashgan suv omborlari ichida eng kattasi va birinchi kategoriyasi Kattaqo‘rg‘on suv ombori bo‘lib, uning maksimal suv sig‘imi 818,28 mln.m3 ni tashkil etadi. Qolganlari ikkinchi kategoriyali suv omborlari hisoblanadi. Bular Oqdaryo (loyiha bo‘yicha suv sig‘imi 91 mln.m3), Jizzax (100 mln.m3), Qoravultepa (53 mln.m3), To‘sunsoy (42 mln.m3), Qoratepa (17,1 mln.m3), Qorasuv (26,9 mln.m3), Sobirsoy (8,14 mln.m3), Qalqama (9,4 mln.m3) va Novqa (6 mln.m3) suv omborlaridir
  • Zarafshon hvazasida yuqorida nomlari qayd etilgan suv omborlaridan tashqari daryo suvini irrigatsiya sistemalariga taqsimlab beradigan 6 ta zabardast gidrouzellar faol ishlab turibdi. Zarafshon daryosi o‘zanida bunyod etilgan gidrouzellarning suv o‘tkazish quvvati turli xil miqdoriy ko‘rsatkichlarga ega. Bular Ravotxo‘ja (suv o‘tkazish quvvati 1350 m3/sek), Oq-Qoradaryo (850 m3/sek), Damxo‘ja (550 m3/sek), Narpay (250 m3/sek), Karmana (400 m3/sek) va navbahor (300 m3/sek) gidrouzellardir

Дарёлар оқимининг йиллараро ўзгарувчанлиги

  • Дарё оқими миқдорининг йиллараро ўзгаришини баҳолаш учун гидрологияга оид ҳисоблашларда тақсимланиш ва таъминланиш эгри чизиқларидан фойдаланилади. Таъминланиш эгри чизиғи берилган оқим миқдорини неча фоиз ишончли эканини ёки, бошқача айтганда, неча йилда бир марта қайтарилишини аниқлашга ёрдам беради [9].
  • Таъминланиш эгри чизиғи кузатиш маълумотлари асосида чизилади. Дарё йиллик оқимининг таъминланиши қуйидаги ифода ёрдамида топилади ва фоизларда ифодаланади:
  • бу ерда: m - дарёларда маълум йилда кузатилган оқим миқдорининг камаювчи қатор бўйича аниқланган тартиб рақами; n - кузатиш йиллари сони. Мазкур ифода ёрдамида ҳисобланиб, олинган натижалар асосида чизилган таъминланиш эгри чизиқларида нуқталар бирмунча сочилиб тушади.


    Download 160.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling