O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti Gidrometeorologiya fakulteti ZARAFSHON DARYOSI HAVZASINING SUV RESURSLARI Tayyorladi: Nazarova M Kirish 1. Ilmiy seminar mavzuining dolzarbligi va ahamiyati 2. Mavzuning o`rganilganlik darajasi 3. Zarafshon daryosi havzasi suv resurslari 4. Zarafshon daryosi havzasidagi suv omborlari va ular haqida ma`lumotlar 5. Дарёлар оқимининг йиллараро ўзгарувчанлиги 6. Daryo oqimining yil davomida oylar bo‘yicha taqsimlanishini hisoblash Seminar mavzusini yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati - Zarafshon daryosining suv to`plash maydoni Amudaryo va Sirdaryo havzalari o`rtasida joylashgan. Suvlilik darajasi bo`yicha Zarafshon ulardan ancha kichik. Lekin, Zarafshon daryosuning respublikamiz xalq xo`jaligidagi, ayniqsa uning qishloq xo`jaligi, sanoat va ichimlik suv ta`minoti tarmoqlaridagi ahamiyati beqiyosdir. Zarafshon vodiysi O`rta Osiyoning aholisi zich joylashgan, sug`orma dehqonchilik rivojlangan hududlaridan biri bo`lib, vohaning yerlari qadimdan shu daryodan suv ichadi.
- Bugungi kunga kelib, Zarafshon havzasida suv resurslari cheklanganligi yildan – yilga sezilarli bo`lmoqda. Shu sababli, daryoning quyi oqimida, aniqrog`i, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, o`tgan asrning 70–yillaridan boshlab, Amudaryo suvlaridan ham keng miqyosda foydalanilmoqda. Vohada suv taqchilligi O`rta Zarafshon havzasida, ayniqsa Nurota tog`larining janubiy va Zarafshon tizmasining respublikamiz hududidagi shimoliy yonbag`irlaridagi aholi punktlari va ularga qarashli ekinzorlarda yaqqol seziladi. Bu esa shu tog`larda shakllanadigan daryolar va soylar suvidan yanada samarali foydalanishni yo`lga qo`yishni talab etadi. Buning uchun mazkur daryolar va soylar gidrologik rejimini maxsus reja asosida o`rganish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |