O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti biotibbiyot fizikasi 3-bosqich 1901-guruh


Download 454.69 Kb.
bet3/12
Sana07.01.2023
Hajmi454.69 Kb.
#1082226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Otabekova Oygul - Gamma nurlanishlar

1.Gamma nurlanish.
Gamma nurlanishlar deb yadroning o‘z-o‘zidan g-kvantlar chiqarish jarayoniga aytiladi. Bu jarayonda yadro uyg‘ongan energetik sathdan belgilangan quyi energetik sathlarga o‘tadi. Ma’lumki, bunda yadroning A va Z kattaliklari o‘zgarmaydi. Gamma-nurlanish yadroning uyg‘ongan holatidagi holatlar energiyalarining ayirmasiga teng bo’lgan diskret energiyali nurlanishlaridir. Gamma-kvantlarning nurlanishi yadrodagi ortiqcha energiyani chiqarishning asosiy jarayonilaridan biridir. Bunda shunday shart bajarilishi kerakki, ushbu energiya nuklonlarning bog’lanish energiyasidan oshmasligi lozim.
Gamma-kvantlar chiqishi bilan sodir bo’ladigan o‘tishlarga radiatsion o ‘tishlar ham deyiladi. Radiatsion o‘tishlar bir karrali, ya’ni yadro birdaniga asosiy holatga o‘tadi (1-rasm) yoki kaskad (ketma-ket) o‘tishlar sodir bo’ladi, natijada yadrodan bir nechta g-kvantlar chiqadi.[1]
1-rasm. Gamma – o’tishlar sxemasi.[1]
Yadro energetik sathlarining diskret bo’lganligi sababli g-kvantlarning spektri ham diskret bo’ladi.
Gamma-kvant energiyasi radiatsion o‘tish sodir bo’layotgan energetik sathlar energiyalar farqi orqali aniqlaniladi:
E = hν = (1)
Energiya va impulsning saqlanish qonunlariga asosan (boshlang’ich holatda yadro tinch holda turibdi deb faraz qilinsa):
= + ; 0 = + (2)
bu yerda va - mos holda tepki yadroning kinetik energiyasi va impulsi, – g-kvant impulsi. Yuqoridagi (2) tenglamalar sistemasi va = formuladan quyidagi ifodani olamiz:
= = . (3)
Bu formula yordamida qiymatini baholash mumkin. Agar massa soni A=100 bo’lgan yadroning uyg‘onish energiyasi =0,1-1 MeV oralig‘ida bo’lsa, tepki yadroning energiyasi = ( ) ga teng bo‘ladi. Demak, g-kvant yadro uyg'ongan holat energiyasining juda katta qismini olib ketar ekan.[2]
Gamma-nurlar radioaktiv parchalanishning ikkinchi darajali mahsuli hisoblanadi. Alfa yoki beta-parchalanishlar natijasida radioaktiv element o‘zgaradi. Ko‘pincha bunday o‘zgarishdan vujudga keladigan yadrolar uyg‘ongan holatda bo‘ladi. Uyg‘ongan yadro esa gamma-kvant chiqarib pastki energetik sathlarga yoki asosiy holatga o‘tadi. Ushbu jarayonga misol qilib, yadrosining
- parchalanishini keltirish mumkin (2-rasm). Natriy-24 yadrosining -parchalanish natijasida yadrosi asosan holatda hosil bo‘ladi. Keyin bu yadro energiyalari 2,7 MeV va 1,4 MeV bo’lgan gamma-kvant chiqarib, asosiy holatga o‘tadi. [3]



Download 454.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling