O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet3/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

ISH YURITISH DASTURI


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonuni kuchga kirishi bilan o‘zbek tili davlat tili maqomini egalladi. Bu o‘zbek tili ijtimoiy vazifalarining kengayishiga, o‘zbek tilida yozma va nutqiy savodxonlik, rasmiy-idoraviy muloqot va yozishma madaniyatining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochdi. Davlat tili haqida chiqarilgan maxsus Qonunning 7-moddasida O‘zbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda barcha sohalardagi ish davlat tilida yuritiladi, deb belgilandi. Respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida davlat tilida jahon o‘lchovlariga muvofiq tarzda ish yurita olish, milliy qadriyatlar va ma’naviy-madaniy fazilatlarga amal qilish O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va istiqbolini ta’minlashning muhim omilidir. SHunga ko‘ra, bo‘lg‘usi mutaxassislarni mustaqil va ijodiy fikrlashga odatlantirish, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalashga o‘rgatish, rasmiy-idoraviy ish yuritish uslubini puxta egallashlarini ta’minlash vazifasi ixtisoslik va kasbiy tayyorgarlikning muhim sharti bo‘lib qoldi.


SHu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi (yangi tahridagi) Qonunini bajarish to‘g‘risidagi Respublika Vazirligining 1996 yil 10 sentyabr, 311-sonli qarori va O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 1996 yil 14 noyabridagi buyrug‘ilari asosida 1997 yildan boshlab doimiy ravishda “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslari tashkil etilishi qayd etildi. Jumladan, 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura instituti o‘quv yuklamasiga 36 soat hajmda (18 soat ma’ruza, 18 soat amaliy mashg‘ulot) "Davlat tilida ish yuritish" fani kiritildi va prof. U.Sanaqulov tomonidan fan bo‘yicha o‘quv dasturi tayyorlandi. "Davlat tilida ish yuritish" fanining o‘quv dasturini tayyorlashda, shu davrlarda o‘zbek tili o‘qitishga bag‘ishlangan o‘quv dasturlaridan va davlat tilida ish yuritishga oid darslik va qo‘llanmalardan foydalanildi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling