O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet14/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

2. Ish yuritish (hujjatshunoslik) faning shakllanish tarixi. Jamiyatda boshqaruvni tartibli va belgilangan qonun-qoidalar tlabiga binoan olib borishda, boshqacha aytganda ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Bugungi kunda jamiyat a’zolarining kunlik hayotini, o‘zaro munosabatini hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Zero u kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Unga ehtiyoj kechagina paydo bo‘lgan emas. CHunonchi, kishilik jamiyatining shakllanishi jarayonida insonlarning o‘zaro munosabatlaridagi muayyan holatlarini muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoji ibtidoiy davrlardayoq paydo bo‘lgan. Tabiiyki, ana shu ehtiyoj tufayli ibtidoiy jamiyatda hujjatchilikning ilk ildizlari yuzaga kelgan. Xullas, demoqchimizki, hujjatchilik kuni kecha paydo bo‘lgan emas, balki u o‘ziga xos tarixiga ega. Hujjatchilik ham ijtimoiy hodisa sanalib kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonida shakllangan. U uzoq tarixiy davrlar osha rivojlanib, hozirgi holatiga kelgan.
Tarixiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra hujjatchilik ildizlari ilk bor Bobilda miloddan avvalgi 1792- 1750 shoh Xammurapi davrida qonunlar majmui (kodeksi)da aks etgan. Hatto undan ham oldinroq, ya’ni miloddan avvalgi 2112-2094 yillarda shoh Ur-Nammuning qonunlarida hujjatlarga xos ilk tartibot shakllari mavjud bo‘lgan1. Bundan ko‘rinadiki, hujjatchilikning ilk ildizlari SHarq mamlaqatlarida judda qadimdan shakllana boshlagan va o‘ziga xos olis tarixga ega. Hozirgi davrda olis o‘tmishimizni o‘rganish uchun olib borilgan turli sohalardagi tadqiqotlar, xususan, arxiologik, etnografik topilmalar, etnogenez va etnik tariximizni yoritishdagi ilmiy izlanishlar natijasida turli davrlarga xos, chunonchi, miloddan avvalgi I-V asrlardagi yunon va xitoy tarixiy manbalarda, jumladan, milodiy V-IX asrlarga xos qadimgi turkiy (O‘rxun-Enisey, uyg‘ur) bitiklari, sug‘d, arab va boshqa yozuv yodgorliklarida ilk hujjatchilik ildizlarini eslatuvchi ma’lumotlar aniqlandi.
SHarqda, shuningdek, Markaziy Osiyoda keyingi, aniqrog‘i X-XIX asrlardagi yozma manbalarda yorliq, bitim, farmon, buyruq, noma, tilxat, qarznoma, pata, arznoma kabi mazmundagi hujjatlar shakllanib, nisbatan keng tarqalganini ko‘zatish mumkin. Ularning mazmuni har xil bo‘lgan. CHunonchi, “yorliq”da ishonch, xabar, bildirish, tavsif, farmoyish, tasdiq kabi aloqa-munosabat mazmunlar ifodalangan. Masalan, To‘xtamishxonning 1393 yilda polyak qiroli YAgayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi yorlig‘i, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Said Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig‘i2, Toshkent hokimi YUnusxo‘janing 1797 yilda Peterburg (Rossiya podshosi)ga yo‘llagan yorlig‘i kabilar shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozimki, mazkur hujjatlar tilida o‘ziga xos uslub, an’anaviy andoza (qolip) mavjud bo‘lgan. Masalan, yorluqlarning boshlanishi “To‘xtamish so‘zim YAg‘aylag‘a”, “Temur Qutlug‘ so‘zim”, “Sulton Umarshayx Bahodur so‘zim” tarzida bo‘lgan. YOrliqda asl maqsad bayon etilishi bilan birlikda, munosabat bildirilgan va yozilgan sana (vaqt) va joy ham ko‘rsatilgan.
“Patta”, “tilxat”, “qarznoma” hujjatlar muayyan miqdordagi iqtisodiy-moliyaviy, ya’ni pul, turli mol-maxsulot, urug‘-don va boshqa narsalarning oldi-berdisi uchun qo‘llanilgan. Bular ham o‘ziga xos lisoniy qolipda yozilgan.
1917 yilgi inqilobdan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasida ham yangi ijtimoiy-siyosiy muhit yuzaga keldi. Bu muhit barcha sohalarda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jumladan, hujjatchilik ham shu yangi voqelik ruhiyati ta’sirida qayta qurildi, rivojlantirildi. O‘sha davrlardagi sobiq ittifoq tizimida hujjatchilik, idoraviy ish yuritish jarayonlarini takomallashtirishga ham alohida e’tibor berdi. Bu boradagi ishlarni maxsus muvofiqlshtiruvchi va yo‘lga solib turuvchi tashkilotlar tuzishga kirishildi va ular orqali juda ko‘p tashkiliy-tadbiriy ishlar amalga oshirildi. Sobiq ittifoqida yangicha hujjatchilik yuzaga kela boshladi va taraqqiy eta bordi. Sobiq ittifoq Vazirlar Kengashi 1963 yilninng 25 iyulida 829-raqami bilan “SSSRda arxiv ishlarini yaxshilash tadbirlari haqida” qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ish yuritishning hujjatlar qismini va arxivlar ishini uyushtirishning asosiy qoidalari” kuchga kiritildi. Mazkur qarorda muassasalar uchun ish yuritishning davlat yagona sistemasini ishlab chiqish vazifasi ham qayd etildi. SHunga ko‘ra 1964 yilda Moskva davlat tarix-arxiv institutida “Davlat ish yuritish” fakulteti ochildi.
1966 yilda Ittifoq Bosh arxivi boshqarmasi tarkibida Butunittifoq hujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu institutning asosiy vazifalaridan biri ish yuritishning davlat yagona sistemasini yaratishdan iboratligi ta’kidlandi.
1969-1970 yillarda boshqaruv hujjatlarining davlat standartlari (GOST) - Davlat yagona nusxalari turkumi ishlab chiqildi. Ularning ikkitasi - “Hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar “, ya’ni GOST 6.38-72 va “Qoidaviy namuna”, ya’ni GOST 6.39-72 qayta ishlanib tasdiqlandi.
1972 yildan boshlab sobiq ittifoqda Tashkiliy – farmoyish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishning yagona qoidalari hamda hujjatlar bilan ishlashni tashkil etishning yagona qoidalari amal qila boshladi va bu yo‘nalishdagi ishlar muttasil rivojlantirilib borildi, yana bir qator davlat yagona nusxalari tasdiqlandi. 1984-1986 yillarda Butunittifoq hujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvi hujjat asoslarini tashkil etishning mukammal sistemasini ishlab chiqdi va bu sistema “Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlashning davlat yagona sistemasi” nomi bilan ataldi.3 Umuman, sobiq ittifoq miqyosida hujjatchilik shu tarzda taraqqiy etib keldi.
Jumladan, Markazi Osiyo mintaqasida ham ana shu sohani yangicha yo‘lga qo‘yish uchun ilk harakatlar boshlandi. Masalan, O‘zbekistondagi inqilobiy komitet 1924 yilning 31 dekabrida, 48-raqamli muhim qaror chiqardi. Bu qaror: “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy erlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot erlashtirish hay’atlari tuzilishi to‘g‘risida” shaklida bo‘lib, unda sho‘ro idoralaridagi ish yuritishni erli xalqqa yaqinlantirish, ya’ni moslashtirish (milliylashtirish) g‘oyasi aks etgan edi. Qarorda hukumat, kooperativ, ho‘jalik idoralari va boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar respublikaning bo‘list (volost), o‘yaz (uezd) doiralarida barcha yozuv ishlarini faqat o‘zbek tilidagina yurgizishga majbur etish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun korxona, tashkilot va muassasalarda “ishlarni o‘zbek tilida yurguzish bo‘linmalarini tashkil qilmoq”, yo‘riqnomalar nashr qilish, “erlik xalqdan amaliy ishchilar (ish yuritish bo‘yicha mutaxassislar) tayyorlamoq” va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozimligi mazkur qarorda maxsus ko‘satiilgan edi.
Dastlabki yillarda mazkur qaror ijrosinini ta’minlash bo‘yicha muvyyan ishlar amalga oshirla boshlandi. Xususan, ish yuritish qog‘ozlari (hujjarlar namunalari) tayyorlanib chop etila boshlandi. Masalan, 1930 yilda “Ish qog‘ozlari namunalari- Obrazsы delovыx bumag” qo‘llanmasi rus va o‘zbek tillarida nashr etildi.4 Respublikamizda ish yuritish hujjatlari bo‘yicha mustaqillik davrigacha yagona hisoblangan ushbu nashr rus tilidagi hujjatlardan nusxa ko‘chirish asosida yaratilgan edi. U o‘z davrida ma’lum darajada ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi kun talabiga javob bera olmaydi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tashkiliy ishlar oxiriga etmay qoldi, chunki 30-yillarning ikkinchi yarimidan boshlab, o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor rasman susayib keta boshladi. Zero, o‘sha kezlardagi murakkab tarixiy jarayon, mahaliy xalqlarning milliy o‘zliklarini anglashlari kuchayib borayotganligi sobik tatalitar tuzum markaziy hokimiyatini dahshatli qo‘rquvga soldi. Bu qo‘rquv barcha sohalardagi milliy xususiyatlarni bug‘ishga olib keldi, hatto dahshatli xunrezliklar va qatag‘anlarga olib keldi. Ammo shunga qaramay hujatchilikda ham boshqa sohalar kabi yuqorida qayd etilganidek, ba’zi ishlar qilindi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling