O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


KIRISH ISH YURITISH FANINING DASTURI VA


Download 0.95 Mb.
bet2/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

KIRISH

ISH YURITISH FANINING DASTURI VA

UNING MOHIYATI


Mazkur “O‘zbek tilida ish yuritish” dasturi hamda shu asosida tuzilgan o‘quv-uslubiy majmua texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilida ish yuritish asoslarini o‘rgatish maqsadida yaratildi. Ma’lumki, o‘rta yoki oliy ma’lumotli har bir fuqaro, u qaysi mansabdaligi yoki mutaxassislik egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, kundalik mehnat faoliyatida turli darajadagi tashkiliy ishlarni bajarishga majbur bo‘ladi. Har bir ishni ma’lum bir reja asosida bajarish talab etiladi. Bunday reja esa fuqaro faoliyati o‘tayotgan tashkilot qonun-qoidasi, ma’lum bir ish yuritish yoki ish jarayonini boshqarish hujjatlari asosida tuziladi. Bunday ish yuritish hujjatlarning turi har xil bo‘ladi. Bulardan ish faoliyatida kezi kelganda foydalanadi. Shu bois ularni tashkilotning har bir bo‘g‘ini bilmog‘i lozim.
O‘tgan asr mobaynida, sobiq ittifoq totalitar tuzumi davrida ish yuritish hujatlarini yozishda turli bo‘g‘indagi tub joy rahbarlar, umuman mahalliy fuqarolar (o‘z ona tillari o‘rnida) qiynalib bo‘lsa-da, rus tilidan baholi qudrat foydalanganlar. Endilikda, mustaqqillik davrida, mamlakatimizda o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ish yuritish hujjatlarini o‘zbek tilida olib borish talab qilingan bir paytda, o‘tmishdagi tatalitar tuzumining salbiy oqibatlari tufayli qator qiyinchiliklarga duch kelindi. Bu, avvalo, o‘zbekcha rasmiy idora uslubining bilmaslik, ish yuritish va hujjatchilikka oid sof o‘zbekcha leksikadan bexabarlik va unda mavjud bo‘lgan so‘z boyliklardan maqsadga muvofiq foydalana olmaslikda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kelgusida mustaqil davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida xizmat qiladigan talabalar, bugungi ishbilarmon mutaxassis yoshlar uchun zarur bo‘lgan muhim xislatlar qatorida davlat tilida ish yurita olish malakasini ham puxta egallagan bo‘lishlari lozim. Holbuki, nofilologik oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan mahalliy millatga mansub nofilologik guruhi talabalarining nutq savodxonligi, ayniqsa, yozma nutqqa nochorligi sir emas. Xususan, texnikaviy o‘quv yurtlarining talabalariga hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidan zaruriy bilim berilmasligi ularda nutq savodxonligining nisbatan past bo‘lishiga olib keladi. SHunga ko‘ra, talabalarga o‘zbek tilida ish yuritishni o‘rgatish jarayonida rasmiy hujjatlarga xos hamda o‘zbek adabiy tilining me’yorlari, nutq madaniyati bilan bog‘liq adabiy til uslubilariga qo‘yiladigan talablar va boshqa zaruriy grammatik qoidalarni ham singdirish nazarda tutilmog‘i lozim bo‘ladi.
“O‘zbek tilida ish yuritish” kursining mazkur dasturi hamda unga ilova etilgan ba’zi bir o‘quv-uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar ikki muhim jihatga: ish yuritish faoliyatini tashkil etish qoidalari va hujjat turlarini tuzish hamda rasmiylashtirish yo‘llariga asosiy diqqat-e’tibor qaratiladi. Dasturni tayyorlashda “O‘zbek tilida ish yuritish” darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi. Ulardagi asosiy yo‘nalishlar yagona tizimga birlashtirildi. SHunga ko‘ra, talabalarga o‘zbek tilida ish yuritishni o‘rgatish, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi tavsiya qilindi:

  1. O‘zbek tilida ish yuritish faoliyatining asoslari, tartibi va umumiy qoidalari bilan talabalarni tanishtirish hamda ularda ish yuritishning mohiyati, ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish.

  2. Talabalarda hujjatning turlari va ko‘rinishlari bilan talabalarni tanishtirib, ularda hujjatchilik bo‘yicha tushuncha hosil qilish va hujjatlarning bir-biridan farqlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  3. Hujjat turlarining tuzilishi, matn mazmunining o‘ziga xosligi, zaruriy qismlari mukammal bilishi.

  4. Hujjatlarning tili, uslubi va imloviy xususiyatlarini o‘rganishi.

  5. Talabalarning rasmiy va shaxsiy hujjatlarning yozilishi va rasmiylashtirish tartiblari o‘rganishi jarayonida ulardan kelgusi ish faoliyatlarida foydalalanish uchun kompyuter nusxalarini, namunalarini ijodiy ishlab chiqish malakalarini hosil qilish ham ko‘zda tutiladi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling