O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Download 0.95 Mb.
bet5/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI
«CHET TILLAR»
KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
Ro’yxatga olindi: o’quv ishlari bo’yicha prorektor №______________________ _________ A.R.Raximov
201____ “_____”__________ “___” __________ 2017 yil


"Ish hujjatlarini yuritish"
(Tanlov fani)
FANINING


ISHCHI O’QUV DASTURI

Samarqand – 2017
Tuzuvchilar:
U.S.Sanaqulov SamDAQI “Chet tillar” kafedrasi professori v.b., filologiya fanlari doktori.
A.Qurbonov SamDAQI “Chet tillar” kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
N.Turniyazov SamDCHTI “Amaliy tilshunoslik” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori.
A.Turopov “Amaliy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Fanning o’quv dasturi “Tillarni o’rganish” kafedrasining 2017 yil
“ ” _____________ № 11- son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va
institut ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: ___________ M.E.Kenjayev
Institut ilmiy-uslubiy kengashida 2017 yil “____________” “___” sonli bayonomasida ko’rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Kelishildi: O’quv bo’lim boshlig’i __________ O`. Sirojiddinov

“Ish hujjatlarini yuritish” (Tanlov fani) fani bo'yicha tuzilgan mazkur dasturda o'quv-uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar ham ilova qilingan. Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi (yangi tahridagi) Qonunini bajarish to'g'risidagi Respublika Vazirligining 1996 yil 10 sentyabr`, 311-sonli qarori va O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligining 1996 yil 14 noyabridagi buyrug'ilari asosida 1997 yildan boshlab oliy o'quv yurtlarida doimiy ravishda “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” o'quvini tashkil etish haqidagi ko'rsatmasiga binoan 1997 yilda U. Sanaqulov tomonidan tuzilgan edi. Ayni paytda ushbu dastur qayta ishlanib, SamDAQI ta'lim tizimiga “Ish hujjatlarini yuritish” (Tanlov fani) fanini o'qitish uchun joriy qilindi.



KIRISH
Mazkur “Ish hujjatlarini yuritish” (Tanlov fani) dasturi hamda shu asosida ilova qilingan ba'zi bir o'quv uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar texnika oliy o'quv yurtlarida o'zbek tilida ish yuritish asoslarini o'rgatish maqsadida yaratildi. Ma'lumki, o'rta yoki oliy ma'lumotli har bir fuqaro, u qaysi mansabdaligi yoki mutaxassislik egasi bo'lishidan qat'iy nazar, kundalik mehnat faoliyatida turli darajadagi tashkiliy ishlarni bajarishga majbur bo'ladi. Bu ishlarni ma'lum bir reja asosida bajarish talab etiladi. Bunday reja esa fuqaro faoliyati o'tayotgan tashkilot qonun-qoidasi, ma'lum bir ish yuritish yoki ish jarayonini boshqarish hujjatlari asosida tuziladi. Bunday ish yuritish hujjatlarning turi har xil bo'ladi. Bular ularning ish faoliyatida kezi kelganda duch keladi. Shu bois ularni tashkilotning har bir bo'g'ini bilmog'i lozim.
O'tgan asr mobaynida, sobiq ittifoq totalitar tuzumi davrida ish yuritish hujatlarini yozishda turli bo'g'indagi tub joy rahbarlar, umuman mahalliy fuqarolar (o'z ona tillari o'rnida) qiynalib bo'lsa-da, rus tilidan baholi qudrat foydalanganlar. Endilikda, mustaqqillik davrida, mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili maqomiga ega bo'ldi. Davlat tili to'g'risidagi qonunga muvofiq ish yuritish hujjatlarini o'zbek tilida olib borish talab qilingan bir paytda, o'tmishdagi tatalitar tuzumining salbiy oqibatlari tufayli qator qiyinchiliklarga duch kelindi. Bu, avvalo, o'zbekcha rasmiy idora uslubining bilmaslik, ish yuritish va hujjatchilikka oid sof o'zbekcha leksikadan bexabarlik va unda mavjud bo'lgan so'z boyliklardan maqsadga muvofiq foydalana olmaslikda yaqqol ko'zga tashlanadi. Kelgusida mustaqil davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida xizmat qiladigan
talabalar, bugungi ishbilarmon mutaxassis yoshlar uchun zarur bo'lgan muhim xislatlar qatorida davlat tilida ish yurita olish malakasini ham puxta egallagan bo'lishlari lozim. Holbuki, oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan mahalliy millatga mansub talabalarning nutq savodxonligi, ayniqsa, yozma nutqqa nochorligi sir emas. Xususan texnikaviy o'quv yurtlarining talabalariga hozirgi zamon o'zbek adabiy tilidan zaruriy bilim berilmasligi ularda nutq savodxonligining nisbatan past bo'lishiga olib keladi. Shunga ko'ra, talabalarga o'zbek tilida ish yuritishni o'rgatish jarayonida rasmiy hujjatlarga xos hamda o'zbek adabiy tilining me'yorlari, nutq madaniyati bilan bog'liq adabiy til uslubilariga qo'yiladigan talablar va boshqa zaruriy grammatik qoidalarni ham singdirish nazarda tutilmog'i lozim bo'ladi.
“Ish hujjatlarini yuritish” (Tanlov fani) kursining mazkur dasturi hamda unga ilova etilgan ba'zi bir o'quv-uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar ikki muhim jihatga: ish yuritish faoliyatini tashkil etish qoidalari va hujjat turlarini tuzish hamda rasmiylashtirish yo'llariga asosiy diqqat-e'tibor qaratiladi. Dasturni tayyorlashda “O'zbek tilida ish yuritish” darslik va o'quv qo'llanmalaridan foydalanildi. Ulardagi asosiy yo'nalishlar yagona tizimga birlashtirildi.
Shunga ko'ra, talabalarga o'zbek tilida ish yuritishni o'rgatish, asosan, quyidagi yo'nalishlarda olib borilishi tavsiya qilindi:
1. Ish hujjatlarini yuritish faoliyatining asoslari, tartibi va umumiy qoidalari bilan talabalarni tanishtirish hamda ularda ish yuritishning mohiyati, ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish.
2. Talabalarda hujjatning turlari va ko'rinishlari bilan talabalarni tanishtirib,
ularda hujjatchilik bo'yicha tushuncha hosil qilish va hujjatlarning bir-biridan farqlay olish ko'nikmalarini shakllantirish.
3. Hujjat turlarining tuzilishi, matn mazmunining o'ziga xosligi, zaruriy qismlari mukammal bilishi.
4. Hujjatlarning tili, uslubi va imloviy xususiyatlari o'rganishi.
5. Talabalarning rasmiy va shaxsiy hujjatlarning yozilishi va rasmiylashtirish
tartiblari o'rganishi jarayonida ulardan kelgusi ish faoliyatlarida foydalalanish uchun kompyuter nusxalarini, namunalarini ijodiy ishlab chiqish malakalarini hosil qilish ham ko'zda tutiladi.



Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling