O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 45.38 Kb.
|
Davlat va jamiyat tushunchalarining o`ziga xos hususiyatlari KURS ISHI
1.2. Davlat funksiyalarini tasniflash
Davlat funksiyalarini tasniflashning ilmiy o‘quv adabiyotlarda ko‘p turlari mavjud. Bu masalada olimlar o‘rtasida yagona fikr ham shakllanmagan. Biroq shunga qaramay, juda ko‘p adabiyotlarda davlat funksiyalarini davlatning ichki va tashqi funksiyalariga bo‘lish keng tarqalgan. Davlatning ichki funksiyalari — bu davlatning o‘z hududida amalga oshiradigan faoliyatining eng muhim, eng yirik yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning mohiyati, mazmuni, maqsadi o‘zining ifodasini topadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi maqsad va vaziflariga mos holda shakllanadi. Masalan, sinfiy hukmronlikka asoslangan davlat funksiyasining asosiy mazmuni majburlov, qarshilikni yengish, hukmron sinf mulki va manfaatlarini qo‘riqlashdan iboratdir. Ijtimoiy totuvlikka asoslangan davlatning ichki funksiyalarining asosiy mazmunini esa aholi turli guruhlarining manfaatlarini hisobga olish, turli ijtimoiy tabaqalar tomonidan qo‘llab — quvvatlanadigan bunday qarorlarni hayotga tatbik,. etishdan iboratdir Davlatning tashqi funksiyalari — bu davlatning davlat tashqarisida, xalqaro maydonda boshqa davlatlar bilan, xalqaro tashkilotlar bilan olib boradigan siyosatining, faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridir.Har bir davlat o‘z faoliyatini ham ichki, ham tashqi funksiyalar majmui orqali amalga oshiradi Bu funksiyalar qanday sharoitlarda shakllangan va amalga oshirilishidan qat’iy nazar ular orasida o‘zaro dialektik bog‘liqlik va uzviy aloqadorlik mavjuddir. Chunki har qanday davlatning tashqi siyosatida, aniqrog‘i tashqi funksiyalarida uning ichki manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yiladi va u mamlakatning ichki extiyojlarini qondirishni ko‘zda tutadi. O‘z navbatida ayni paytda ichki funksiya ham tashqi funksiyalarda ifodalangan muammolarni yechishga, hal qilishga xizmat qiladi Shu bilan birga o‘z navbatida ichki funksiya ham, tashqi funksiya ham bir muncha nisbiy mustaqillikka egadir. Ularning nisbiy mustaqilligi shunda ko‘rinadiki, agar ichki funksiyalar mamlakatni ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlantirish, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy guruhlar, millatlar va xalqlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirish maqsadlarini ifoda etsa, tashqi siyosatda esa davlatlarning xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etishi, ularning boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va olib borishi xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashishi kabi maqsadlarni amalga oshirishni aks ettiradi. Davlatlar paydo bo‘lganidan buyon ular o‘z siyosatini ichki va tashqi soxalarda amalga oshirib kelmoqda Bu xususiyat barcha davlatlarga xos bo‘lib, uning tashkil etilishi va amalga oshirilishi turli davrlarda hukmron bo‘lgan siyosiy kuchlarning faoliyatiga borliq bo‘lib keldi va hozirda ham shunday davom etmoqda. Davlatlarning tuzilishi va ular amalga oshiradigan rivojlanish yo‘li qanday shakllarda bo‘lishidan qati nazar ichki va tashqi siyosat ular faoliyatining asosiy jihati bo‘lib krladi Davlatlarning faoliyatida ular olib boradigan ichki funksiyalar muhim o‘rin tutadi. Ichki funksiyalar samardorligi siyosiy hokimiyatning qanday kuchlar tomonidan amalga oshirilishi bilan ham belgilanadi. Agar hokimiyatda ilg‘or siyosiy kuchlar hukmronlik qilsa, bunday sharoitda ichki funksiyaning asosiy yo‘nalishi mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning ijtimoiy siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari, davlat va jamoat ishlarida erkin qatnashuvlarini tashkil etish kabi shart — sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Agar siyosiy hokimiyat konservativ kuchlar qo‘lida bo‘lsa va ular tomonidan amalga oshirilsa bunday sharoitda ichki funksiya shu kuchlarning manfaatlariga bo‘ysundiriladi va ularning tor doiradagi manfaatlari himoya qilinadi Amerikalik siyosatshunos Jeyms Rozenauning fikricha, siyosiy munosabatlar tizimi uning tarkibiy qismlari orasidagi xar —xillik bilan bog‘liqdir. Bu xulosada davlatlar olib boradigan ichki funksiya xilma —xil xususiyatlarga ega bo‘lishi va turli davrlarda turlicha amalga oshirilishi mumkinligi qayd etiladi. Ichki funksiya — muayyan tarixiy sharoitda sinflar, ijtimoiy guruhlar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiklashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi Bunday ichki funksiya barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini teng darajada hisobga olishi va ularning birortasiga ham alohida imtiyez berilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Hozirgi kunda davlatning ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin 1. Regulyativ, ya’ni tartibga solish, boshqarish; 2. Qo‘riqlash, ya’ni saqlash, muhofaza qilish а) regulyativ funksiya davlatning ijtimoiy va iqtisodiy soxadagi o‘rnini belgilaydi: iqtisodiy: jamiyat iqtisodiy hayotiga ta’sir etish, iqtisodiyotning davlat sektorini boshqarish; ijtimoiy: ijtimoiy boyliklarni taqsimlash, sog‘liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, uy —joy qurish va boshqalar; moliyaviy nazorat: soliq; solish, bojxona nazorati, moliyaviy nazorat; b) qo‘riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi: fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish; tabiatni muhofaza qilish; mulkning barcha shakllarini birdek himoya qilish; huquqni muhofaza qilish. Endi shu yuqoridagi funksiyalarga qisqacha to‘xtalib, chuqur anglab olishimiz zarur. Avvalombor iqtisodiy soxadagi funksiyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda davlat jamiyat iqtisodiy hayotiga ma’lum ma’noda ta’sir qiladi. Bu, albatta, shu davlatning ichki tuzumiga, uning qanday tashkil topgani va davlatning mohiyatiga qarab belgilanadi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar bilan sobik Ittifoqning iqtisodiy funksiyalari o‘rtasida juda katta farklar mavjud. Sobiq Ittifoq davlatida jamiyatning iqtisodiy quvvatiga bevosita ta’sir ko‘rsatilib, davlat iqtisodiyoti bevosita boshqarilib, bozor esa ma’muriy buyruqbozlik asosida idora etilgan. Bu esa erkin rivojlanishiga moyil bo‘lgan bozor iqtisodiyotining tanazzulga uchrashiga va sobiq Ittifoq iqtisodiy tuzumining barbod bo‘lishiga olib keldi. Boshqa rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda esa iqtisodiyot siyosatdan ajratilgan holda rivojalantirildi. Bu esa shu davlatlar iqtisodiy tizimining tez o‘sishiga va ularning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining oshishiga olib keldi. Iqtisodning siyosatdan ajralgan holda rivojlantirilishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi juda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning uzoq yillik tajribasida o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan. Ammo iqtisodiyot to‘laligicha davlatdan ajratib qo‘yilishi maqsadga muvofiq emas, chunki davlat o‘z faoliyatida iqtisodiyotning ma’lum soxalarini tartibga solishi, iqtisodiyotning davlat sektorini boshqarishi lozim. Ayniqsa, bir tizimdan ikkinchi tizimdan o‘tish davrida turgan davlatlarda iqtisodiyot birdaniga davlatdan ajratib yuborilmasligi, aksincha, sekin—asta bosqichma — bosqich liberallashtirilishi lozim. Endi jamiyatdagi davlat amalga oshiradigan ijtimoiy siyosatiga bevosita to‘xtalidagan bo‘lsak, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy funksiya — jamiyatda mavjud turli ijtimoiy guruhlar, aholini moddiy va ma’naviy turmush darajasini, uning kamdaromadli ijtimoiy qatlamlarini hisobga olib yuritiladigan davlatning ijtimoiy soxadagi siyosatidir. Nafaqaxo‘rlar, nogiron fuqarolar, yetim yesirlar, beva bechoralar, faxriylar, talabalar va boshqa qatlamlar davlat ijtimoiy funksiyasining adresatlari hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat har qanday hozirgi zamon davlat faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Biroq, ijtimoiy siyosat hamma davlatlarda ham adolatli yuritilavermaydi. Ijtimoiy siyosatning adolatli va insonparvar bo‘lishligi davlat hokimiyatining tabiatiga, mohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar davlat siyosati amalda insonparvar va xalqparvar bo‘lsa, ushbu jamiyatdagi siyosiy jarayonlar ham shunga monanad bo‘ladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasi ayniksa, jamiyat yangi iqtisodiy, siyosiy negizlarga o‘ta borishi jarayonida benixoya ortib boradi. Chunki, bu sharoitda mulkchilik shakllari, jamiyatning iqtisodiy negizi, siyosiy asoslari o‘zgara boradi. Buning natijasida umri tugagan rejali iqtisodiy siyosat o‘z o‘rnini yangicha iqtisodiy siyosatga bo‘shatib beradi. Tabiiyki, bu jarayon osonlikcha kechmaydi. Aholining, ayniksa, moddiy jixatdan qiynalgan, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarida qatnasha olmaydigan, davlat budjetiga qaram qatlamlarni muhofaza etish muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi va davlatning qanchalik insonparvar siyosat olib borayotganligini ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday sharoitda kuchli va adolatli davlatning ijtimoiy funksiyasiga ehtiyoj ortadi. Jamiyatning ijtimoiy hayotida uchrab turadigan muammolarni hal etish zarurligi bu soxada ilmiy jihatdan asoslangan davlat funksiyalarini shakllantirishni taqozo etadi. Ijtimoiy soxani rivojlantirishga qaratilgan davlat funksiyasi xilma —xil vazifalarni bajarishga qaratilganligi bois, bu jarayon turli yo‘nalishlar orqali kechadi. Davlatning ijtimoiy funksiyasi yo‘nalishlaridan biri — bu jamiyat a’zolarining mehnat qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan siyosiy yo‘lni ishlab chikishdan iborat. Bu yo‘lning mohiyati, avvalo, javlat, siyosiy partiyalar va tashkilotlar jamiyat a’zolarini mehnat qilish va dam olishlarini yaxshilashga qaratilgan siyosiy yo‘lni ishlab chikishdan iborat. Agar davlat o‘zining k,onun chikarish kuchi bilan aholining mehnat qilish va dam olish huquqlarini himoya va unga ta’sir ko‘rsatsa, siyosiy partiyalar va tashkilotlar esa bu soxalardagi muammolarni aniqlash, ularni xal etishning samarali yo‘llarini belgilab berish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar. Ijtimoiy soxada olib boriladigan davlat funksiyasining yana bir yo‘nalishi — bu aholiga kursatiladigan ijtimoiy xizmatni tashkil etishning samarali yo‘llarini ishlab chikishdan iboratdir. Ma’lumki, xar qanday jamiyatda ham aholiga u yoki bu darajada tibbiy, savdo, madaniy — maishiy va kommunal xizmatlar ko‘rsatiladi. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning siyosiy xarakteri xizmat turlarining miqdori va darajasi bilan emas, balki bu xizmatlar kimningdir manfaatlarini ifoda etishi bilan belgilanadi. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash soxasidagi siyosatnining asosiy maqsadi — mehnatkashlarning turmush darajasini oshirish, farovonligini ko‘tarishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Har qanday mamlakatda ham madaniyatni rivojlantirish masalasi mustaqil davlat funksiyasi sifatida olib boriladi. Madaniyatning mustaqil davlat funksiyasi sifatidagi o‘rni va ahamiyati uning turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishida namoyon bo‘ladi. Harbiy jihatdan ustun bo‘lgan mamlakatlarda o‘zga davlatlarni bosib olganidan keyin amalga oshirgan ishlari, bosib olingan joyda yashovchi xalqlarga o‘z madaniyatlarini zo‘rlab singdirishga qaratilgan siyosat olib borishlarida namoyon bo‘ladi. Ana shunday siyosat samarali amalga oshirilgan mamlakatlarda xalqlarni itoatda ushlab turish birmuncha osonlashgan. Qaramlikka tushib kolgan mamlakatlarning ilg‘or fikrli kishilari, fuqarolari mustaqillikka erishishning muhim sharti sifatida milliy madaniyatni saklab kolish zarurligini tushunib yetganlar va bu maqsadni amalga oshirish uchun eng og‘ir sharoitlarda ham tinmay kurash olib borganlar. Madaniyatning rivojlanishida davlat siyosati katta rol o‘ynaydi, chunki u davlat tomonidan ishlab chiqiladigan ma’lum rejalar asosida hamda ko‘rsatiladigan turli shakllardagi yordamlar natijasida rivojlanib boradi. Ammo davlatning madaniy sohasida amalga oshiradigan siyosati mafkuraviy manfaatlarni amalga oshirishga qaratilmasligi kerak. Bu siyosatning asosini insoniy qadriyatlar tashkil etmog‘i lozim. O‘z navbatida madaniyat ham davlat faoliyatining rivojlanib borishiga yordam beradi. Ayniqsa, madaniyatning kishilar siyosiy ongining o‘sib borishiga ko‘rsatadigan ta’siri beqiyosdir.Bu ta’sir mamlakat fuqarolarining davlat tomonidan turli soxalardagi siyosatining ishlab chiqilishida, uni amalga oshirishlarida faol katnashishlarida, yuzaga keladigan murakkab masalalarni siyosiy yo‘llar bilan hal etish madaniyatini shakllantirishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Har qanday davlat funksiyalarining eng muhimlaridan biri bu — davlatning moliyaviy funksiyasidir. Davlatning moliviy funksiyalari amalga oshirishidan asosiy maqsad — davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash, davlat budjetiga muayyan tarzda soliq va to‘lovlarning muntazam tushib turishini ta’minlash, pul defitsitini oldini olish, bojxona nazoratinini kuchaytirish va shunga o‘xshagan siyosatlarni amalga oshiradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning moliya soxasidagi funksiyalari ayniqsa muhim bo‘lib qolmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona firmalarni moliyaviy jihatdan ta’minlash, ularga banklardan subsidiyalar kreditlar berish, milliy valyutaning kadrini oshirishga qaratilgan chora — tadbirlarni ko‘rish, bojxona nazoratini mustahkamlab, undan noqonuniy ravishda davlat mulkining chetga chikib ketishining oldini olish davlat uchun juda zarur va katta ahamiyatga egadir. Davlat ichki funksiyasining ikkinchi yirik ko‘rinishi — bu — qo‘riqlash funksiyasi bo‘lib, u asosan davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarini himoya qiladi. Qo‘riqlash funksiyasiga kiradigan davlatning fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish asosan demokratik tuzumdagi davlatlar uchun xosdir. Chunki deokratik rivojlanish yo‘lida ketayotgan har qanday davlatning asosiy funksiyalaridan biri ham inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning normal faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlashdan iboratdir. Demokratik davlat siyosatining huquqiy asosi Konstitutsiya bilan belgilanadi. Xar bir davlat Konstitutsiyasi siyosiy hokimiyat, jamiyat va shaxs faoliyati uchun dastur vazifasini o‘taydi. Jamiyat va fuqarolar hayotini qonun ustivorligi asosida amalga oshirish jamiyatni tartibga solib turadi. Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi ham davlatning eng muhim funksiyalaridan biridir. Insoniyatning tez sur’atlar bilan ko‘payib borishi, fan va texniqaning beqiyos taraqqiyoti, iqtisodiyotning tinimsiz ravishda yangi —yangi resurslarni, mablag‘larni talab etishi kishilarning tabiatga notabiiy munosabatda bo‘lishlariga olib kelmoqda. Shu sababdan ham har bir davlat o‘z oldiga tabiatni muhofaza qilish funksiyasini zaruriy shartlardan biri sifatida qo‘yadi. Har bir davlat tabiatni asrashni, uni o‘z xolicha kelajak avlodga qoldirishni o‘ylab bu vazifani amalga oshirmog‘i zarurdir. Aks holda tabiatda turli ko‘ngilsiz hodisalar yuz berishi muqarrardir. Bunga Orol fojeasi yorqin misol bo‘la oladi. Davlatning eng muhim va asosiy funksiyalaridan biri bu – huquqni muhofaza qilish funksiyasidir. Har bir davlat mamlakatni boshqarish va jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun turli xil normativ huquqiy aktlar chiqaradilar. Bu huquqiy xujjatlar esa insonlarning jamiyatda normal hayot kechirishlarini ta’minlash, fuqarolarning kadr — kimmatini, ularning huquq va erkinliklarini xurmat qilishga qaratilgandir. Agarda ana shu huquq va erkinliklar bo‘ziladigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov apparati yordaida shu bo‘zilgan huquqlarni kayta tiklashga, ularning xurmat qilinishiga kishilarni majbur qiladi. Davlatning huquqni muxofaza qilishi uchun uning huquqni muxofaza qiluvchi organlari tizimi funksiyalarini yaxshilashi, ularning normal, bir me’yorda faoliyat olib borishlarini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Davlatning huquqni muxofaza qiluvchi organlari tarkibiga sud, prokuratura, militsiya, solik. organlari, adliya boshkarmalari, notarial organlar va boshkalar kiradi. Bular fuqarolarning huquqlarini, ularning kadr — kimmatini, sha’ninin muxofaza qilishlari zarur. kaysi davlatda fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksak darajada bo‘lsa, shu yerda huquq bo‘zish xollari kam bo‘ladi. Buning uchun davlat fuqarolarning huquqiy madaniyatini, ongini oshirish funksiyasini ham olib borishi zarur bo‘ladi. Dunyodagi barcha mavjud davlatlar o‘zining rivojlanishi, tarakkiy etishi uchun jaxon hamjamiyatiga kushilib, tobora integratsiyalashib shu asnoda o‘z tashqi siyosatini olib boradi uni mustaqil tarzda yurgizadi. Davlatning tashqi funksiyalari bu — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning maqsadi, vazifasi va ijtimoiy mohiyati namoyon bo‘ladi. Tashqi funksiyalar — davlat siyosatining o‘ziga xos yo‘nalishi sifatida xalqaro huquq va munosabatlarning tamomila bir —biriga uxshash bo‘lmagan subyektlari o‘rtasidagi alokalarni boshkarishga qaratilgan. Bu alokalarning kay darajada umuminsoniy kadriyatlarga mos kelishi, tabiiyki,tashqi funksiyaning qanday kuchlar tomonidan olib borilishiga boglik bo‘ladi. Ichki funksiya kabi tashqi funksiyalar ham o‘zgaruvchan xususiyatga egadir. Siyosiy hokimiyat va siyosiy kuchlarning o‘zgarishi tashqi funksiyaga bevosita ta’sir etadi. Shunga kura barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chikish va olib borish mumkin emas. Tashqi funksiyaning o‘zgarishiga goyaviy qarashlar ham sababa bo‘ladi. U yoki bu mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mohiyati bo‘zib kursatish, bir davlatning boshka davlatlar bilan o‘zaro munosabatini soxtalashtirish, siyosiy hokimiyatlar va siyosiy kuchlarga igvolvr uyushtirish kabi sabablar ham davlatlar tashqi funksiyasiga ta’sir etishi mumkin, uni o‘zgartirishi mumkin. Davlatlarning tashqi funksiyasidagi o‘zgaruvchanlik, ma’lum ma’noda nisbiylik xususiyatiga egadir. Uning mohiyati shu bilan belgilanadiki, ichki funksiyaning o‘zgarishi tashqi funksiyaning ham o‘z navbatida tubdan o‘zgarishiga olib kelmaydi. Bu o‘zgarish tashqi funksiyaning ayrim jixatlariga ta’sir etgani xolda, uning boshka soxalari esa barkaror rivojlanishi ham mumkin bo‘ladi. Mustahkam va barkaror tinchlik uchun kurash, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik, zuravonlikni koralash, yaxshi kushnichilik munosabatlarini rivojlantirish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi koidalar xozirgi kunda ham mustaqil, suveren davlatlar tashqi siyosati uchun barkaror xususiyatlar bo‘lib kolmokda. Davlatning tashqi funksiyalari mazmuni va mohiyatni uning ichki funksiyalari mazmuni bilan o‘zviy boglikdir. Davlat tashqi faoliyat yordamida ichki vazifalarni xal etishga intiladi. Davlatlarining tashqi funksiyasi uning ichki funksiyasi, ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro munosabatlarda amal qilayotgan tamoyillarga bo‘lgan munosabat. Maqsadi va vazifalari bilan belgilanadi. Davlatning siyosiy — ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi uchun normal tashqi muxitni yaratish, jaxon yadro urushlari xavfini yuk qilish. Umumiy kurosizlanishga erishishi, xavfsizlikni ta’minlash, davlatlararo o‘zaro manfaatli hamkorlikni urnatish, bozor iqtisodi, mulkning xilma — xilligi asosida jaxon hamjamiyati bilan o‘zaro foydali munosabatlar urnatish, xorijiy davlatlar bilan kushma korxonalar tuzish, sarmoyalarni jalb etishga imkoniyatlar va sharoitlar yaratish mamlakat ichki va tashqi xavfsiligini ta’minlashda o‘z ifodasini topadi. Tashqi funksiya dunyo hamjamiyatida bo‘layotgan o‘zgarishlar dinamikasi, siyosiy vokealar xarakterini, maqsad va vazifalarini anik xisobga olish kerak bo‘ladi. Tashqi funksiyalarin amalga oshirishda davlatlararo munosabatlarda o‘zaro kelishilgan tamoyillarga xolisona yondoshilsa, unga amal qilinsa davlatlar va xalqlarning erkin — emin rivojlanishiga, umumtarakkiytga yerdam bo‘lishi tabiiydir. Tashqi siyosatda umuminsoniy manfaatlarga zid keladigan xolatlar paydo bo‘lishi tarakkiyotga salbiy ta’sir kursatishi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga, tinchlikka xavf tugdirishi mumkin. Davlatlarning tashqi siyosatda xarbiy strategik ustunlikka erishishi akidasidan voz kechilmogi kerak va bu maqsadga muvofikdir. Tashqi siyosatni mafkuradan xoli etish xavfsizlikni ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib, uni muayyan mafkuraviy akidalarga emas, balki dunyoning barcha mamlakatlari kit’alari va mintaqalari bilan o‘zaro munosabatlari, mamlakatlarning siyosiy tizimi, xalqaro huquqning barcha tan olgan koidalari mezonlari asosida kurishni takozo etadi. Jahon hamjamiyati tomonidan tashqi siyosatning uchta muhim tamoyili tan olinadi: Birinchidan, tashqi siyosat erkinlik demokratiya, mustaqillik bilan boglik bo‘lib umuminsoniy tamoyillar sifatida namoyen bo‘ladi. Ikkinchidan, xar bir davlat tashqi siyosati Konstitutsiyada belgilab kuyilgan va kabo‘l qilingan tamoyillarga asoslanadi.Uchinchidan, mustaqil xar bir davlatning tashqi siyosatida belgilangan tamoyillari uning xalqaro munosabatlarda tutgan yo‘lining maqsad va vazifalarining mohiyatini belgilab beradi. Davlatlar tashqi funksiyalarini amalga oshirish chogida xalqaro tashkilotlarga birlashib, bir —birlari bilan xar tomonlama alokalarni olib boradilar. Bunday xalqaro tashkilotlar xozirgi kunda anchaginadir Bo‘larning ichida eng nufo‘zlisi Birlashgan Millatlar Tashkilotidir Birlashgan Millatlar Tashkilotiga xozirgi knda 170 tadan ortik davlatlar a’zodir.BMT barcha davlatlarning o‘z maqsadlariga erishishi yo‘lidan kelishib olingan xarakatlar uchun xalqaro markaz bo‘lishish kerak. BMTning faoliyati xalqaro xavfsizlikning xarbiy, siyosiy, iqtisodiy ekologik, insonparvarlik kabi barcha soxalarini kamrab oladi.BMT dan tashkari dunyo mikyosida juda yirik xalqaro tashkilotlar mavjud bo‘lib, masalan xarbiy soxa byicha Shimoliy Amerika va Yevropa davlatlari Ittifoki xisoblangan NATO, madaniy, ma’rifiy ilm —fan buyicha butun jaxon xalqaro tashkiloti — YUNESKO, bolalarni himoya qilish tashkiloti YUNISEF, xalqaro tabiatni muxofaza qilish tashkiloti SK.YEYEMREASE va boshkalar turli davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiklashtirib turadi.Xalqaro tashkilotlardan tashkari mintakaviy iqtisodiy siyosiy, madaniy v boshka munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilotlar jumladan MDH, ASEAN, OPEK kabilar. Xar bir davlat xalqaro yoki mintakaviy tashkilotlarga a’zo bo‘lar ekan avvalombor ulardan o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi va shu maqsadni ko‘zlab, o‘z funksiyalarini amalga oshiradilar. Aytish joizki davlat funksiyalarini yana boshkacha tasniflari ham mavjud. Maslan davlat funksiyalari sohalar buyicha ham bo‘linadi va shunga muvofik, ular Iqtisodiy, Mafkuraviy, Siyosiy; Qo‘riqlovchi — funksiyalarga ajratiladi. Bundan tashqari davlat funksiyalari harakat muddatiga qarab, doimiy va vaktinchalik funksiyalarga ham bo‘linadi. Yana ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra, ular asosiy va asosiy bo‘lmagan aloxida funksiyalarga ajratiladi. Download 45.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling