O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 45.38 Kb.
|
Davlat va jamiyat tushunchalarining o`ziga xos hususiyatlari KURS ISHI
2-BOB. JAMIYAT HUSUSIYATLARI
2.1. Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari nazariyasi asosan qo‘yidagilarni tashkil etadi: 1. Faravonlik (mo‘l-ko‘lchilik) jamiyati 2. Iste'mol qilish jamiyati 3. Ochiq va yopiq jamiyat 4. Industrial (sanoat) jamiyati 5. Postindustrial jamiyat 1. Farovonlik (mo‘l-ko‘lchilik) jamiyati g‘arb sosiologiyasida hozirgi kapitalistik davlatlarning qiyofasini ifodalab, «umumiy rohat-farog‘at» va «iste'mol qilish jamiyati» degan jamiyat nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariyaga ko‘ra iqtisodiyotning o‘sishi va yangi texnologiyaning ishlab chiqarishga tadbiq etilishi natijasida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy farovonligi ortib boradi, mo‘l-ko‘lchilik natijasida iste'mol mahsulotlarining ko‘plab realizasiya qilinishi natijasida jamiyatdagi har bir kishining baxtli va nidolarsiz hayot kechirishi ta'minlanadi. Hozirgi kunda shunday davlatlar fikrimizcha rivojlangan kapitalistik davlatlarda va ularning hayotida asta-sekin namoyon bo‘lib bormoqda. 2. Iste'mol qilish jamiyati. Unchalik nazariy, empirik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan tushuncha. AQSh sosiologlari tomonidan XX asr 40-50 yillarida jamiyatning har bir a'zosining hayot darajasini yaxshilash maqsadida paydo bo‘layotgan tasavvurlarning keng yoyilishi natijasida vujudga kelgan nazariya. 3. Ochiq va yopiq jamiyat sosiologiyaga K.Topper tomonidan kiritilgan bo‘lib, taraqqiyotning turli bosqichlarida turli jamiyatlarning madaniy-tarixiy va siyosiy tasvirlanishi ifoda etiladi. Ochiq jamiyat-demokratik jamiyat bo‘lib, tashqi muhit sharoitlarida oson o‘zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o‘tmoqqa moslashgan jamiyat, yopiq jamiyat esa dogmatik-avtoritar rejim asosida bo‘lib, sehrli (magik) tafakkur, dogtamizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi. Ochiq va yopiq jamiyat konsepsiyasi hozirgi zamon davlatlarining ideologik, siyosiy va ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan o‘rganish uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. 4. Industrial (sanoat) jamiyati. An'anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, g‘arb sosiologiyasida rivojlangan jamiyatning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyaning biri. Ushbu terminni birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O.Kont, T.Spenser, Forkgeym va boshqalar rivojlantirdilar. Bunda sanoat ishlab chiqarish korxonalarini menedjer-administratorlar nazorat qiladilar. 5. Postindustrial jamiyat. Amerikalik olim sosiolog D.Bell tomonidan ishlab chiqilgan konsepiya. Postindustrial jamiyat konsepsiyasining nazariyasiga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchta bosqichda ko‘riladi:a) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr; b) industrial sanoat jamiyat davri; v) postindustrial jamiyat davri. Industrial jamiyatgacha bo‘lgan davrda asosiy omil qishloq ho‘jaligi munosabatlari, cherkov va armiya jamiyatning asosiy sosial instituti hisoblanar edi, bu davrdan industrial sanoat jamiyatiga o‘tilgach, sanoat korporatsiyalar va firmalar jamiyatning asosiy omili bo‘lib qoldi, postindustrial jamiyat davrida esa universitetlar asosiy joyi bo‘lgan nazariy bilimlar sanoat va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planib qolishida asosiy rol' o‘ynaydi. Bu jamiyat D.Bellning fikricha, kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rnini yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning asosiy mezoni sifatida o‘zining ma'nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta'lim va bilimning yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamiyatda asosiy nizo mehnat va kapital orasida bo‘lsa, postindustrial jamiyatda asosiy bilim va chuqur bilimga ega emasligi o‘rtasida boradi. Download 45.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling