O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 45.38 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1133710
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat va jamiyat tushunchalarining o`ziga xos hususiyatlari KURS ISHI

Kurs ishining predmeti. Insoniy jamiyatlar alohida tamaddunlar, yaʼni sivilizatsiyalar negizida, muayyan qadriyatlar tizimi poydevorida tashkil topdi. Ularning barchasida umumiy foyda uchun harakat qilish, ota-onani ulug‘lash, oilaviy rishtalarni mustahkamlash kabi bashariyat uchun umumiy hisoblangan qadriyatlar mavjud. Shu tariqa, dinlar maʼnaviyat va axloq meʼyorlarini belgiladi.
Kurs ishining maqsadi.

  • Davlat tushinchasi;

  • Jamiyat hususiyatlari;

  • Davlat va jamiyat o`rtasidagi bog`liqliklarni o`rganish

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 31 betdan iborat.


1-BOB. DAVLAT TUSHUNCHASI
1.1. Davlat tushunchasi va mohiyati
O‘zbekiston davlati, xozirgi kunda demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan ketayapdi, uning xalqaro maydonda o‘ziga xos va mos o‘rni bor.
O‘zbekiston davlatining olib borayotgan ichki va tashqi siyosati, amalga oshirayotgan ishlari uning xaqiqatdan ham insonparvar, tinchliksevar, ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan davlat ekanligini ko‘rsatmoqda Bobokalonimiz Amir Temur «Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarga boqing» deganlaridek, bizning davlatimizning mohiyatini, mazmunini bilmoqchi bo‘lsangiz, davlatimiz amalga oshirayotgan ishlarga, uning funksiyalariga e’tiborni qarating, deyishga asosimiz bor. Chunki davlatimizning siyosatini bosh yo‘nalishlari tinchliksevarlik, hamkorlik, ijtimoiy adolat kabilardir.
O‘zbekiston davlatining olib borayotgan tashqi siyosatining, mamlakat ichida yurgizayotgan ichki siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgandir. Konstitutsiyada mustahkamlangan bu qoidalar O‘zbekiston davlatining, uning organlarining olib borayotgan yaratuvchilik ishlari orqali mazmun va mohiyat bilan boyimoqda.
Kishilik jamiyati hayotida dastlabki jamiyat hisoblanmish ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilgach, uning o‘rniga davlatli jamiyat vujudga kelgan. Shundan beri davlatlar o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, maqsadlariga erishish uchun qator davlat funksiyalarini amalga oshirib kelmoqda.
Davlat funksiyalari bu — mazkur davlatning umumijtimoiy mohiyati va ijtimoiy ahamiyati bilan belgilangan maqsadlariga erishish borasidagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan faoliyatining bosh (asosiy) yo‘nalishlaridir1
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pincha funksiya va vazifa so‘zlarini tenglashtiradilar. Aslida vazifa so‘zining mazmuni funksiya so‘z mazmunidan kengroqdir.
Davlat funksiyasi — bu davlat faoliyatining eng muhim, eng yirik yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy ahamiyati ifodalanadi.
Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun qator funksiyalarni amalga oshiradilar. Demak, davlat funksiyasi bu davlat faoliyatining nisbatan barqaror, ko‘p takrorlanadigan faoliyat turlari yo‘nalishlaridir. Davlat funksiyasida davlatning mohiyati, mazmuni va uning ijtimoiy ahamiyati, roli jamlangan holda ifodalanadi
Aytish joizki, davlat funksiyalari har tip davlatda turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Ayni paytda ba’zi funksiyalar esa barcha tip davlatlar uchun xos ham bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq va majburiy yig‘imlar yig‘ish, davlatni mudofaa qilish funksiyalari barcha davr davlatlari uchun umumiy funksiya hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ba’zi tip davlatlar uchun xos bo‘lgan funksiyalar umuman uchramasligi mumkin. Masalan, quldorchilik davlatining keng tarqalgan funksiyasi bo‘lgan qullarni doimiy bo‘ysunishda ushlab turish va ularni ekspluatatsiya qilish kabi funksiyalar vaqt o‘tishi biln o‘z ahamiyatni yo‘qota borgan.
Davlat funksiyalarining mazmuni shu davlatning mohiyatiga, uning tuzilishiga, davlat hokimiyati kimning qo‘lida ekanligi va bu hokimiyat kimning manfaatlariga xizmat qilishiga qarab davlat funksiyalari turlicha davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, quldorlik jamiyatida davlat funksiyalari hukmron sinf xisoblanmish quldorlar manfaatlariga xizmat qilgan bo‘lsa feodalizm jamiyatida esa yirik yer egalari va feodallar manfaatiga xizmat qilgan. Bu davrlarda davlat funksiyalarini davlat hokimiyatini o‘z qo‘llarida ushlab turgan quldorlar va feodallar amalga oshirganlar. Asta — sekinlik bilan vaqt o‘tishi natijasida davlatlarning siyosiy va ijtimoiy tuzumida juda yirik va chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘la boradi. Ushbu o‘zgarishlarga mos ravishda davlat funksiyalari ham o‘zgarib, takomillashib rivojlanib boradi.



Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling