O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari nazariyasi


Download 45.38 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi45.38 Kb.
#1133710
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat va jamiyat tushunchalarining o`ziga xos hususiyatlari KURS ISHI

2.2. Hozirgi kun jamiyatining ko‘rinishlari nazariyasi
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz siyosati, iqtisodiy va ma'naviy hayotida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni o‘rganish, ularning natijalarini sarhisob qilish, to‘plangan tajribalarni umumlashtirish asosida vaziyat tahlilini berish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmoqda. Shu bois, biz O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish borasida olib borilgan ayrim ishlar va ayrim tajribalar haqida fikr yuritamiz.
90-yillar boshiga kelib, yosh mustaqil davlatlardagi siyosiy vaziyat shunday ediki, ular oldida ijtimoiy rivojlanishning ikki yo‘li turar edi. Birinchisi, xalq ho‘jaligini avvalgidek sosialistik yo‘nalishda rivojlantirish, kommunistik g‘oyalarni amalga oshirish uchun kurashish. Ikkinchisi, taraqqiyotni sosialistik ham emas, kapitalistik ham emas, balki jahon amaliyoti sinovidan o‘tgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli, demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borish edi. Ma'lum bo‘ldiki, sosialistik taraqqiyot yo‘li sovet jamiyati misolida o‘zini oqlamadi. U ma'muriy buyruqbozlik usuliga asoslangan, xalqning ijodiy erkin mehnatiga sharoit yaratmas edi, ikkinchi yo‘l esa rivojlangan mamlakatlar sinoviga bardosh bergan, xalqning turmushini yaxshilashga qaratilgan yo‘l edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston ikkinchi yo‘lni dalillik bilan tanladi, shu yo‘lning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratishga doir islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Binobarin, bu vaqtda O‘zbekiston mustaqil, huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, halqaro huquqning mustaqil sub'ekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo‘lini tanlab olgan edi.
«Biz,-degan edi I.Karimov, - tadrijiy-evolyusion islohotlar yo‘li tarafdorimiz va bunga qat'iy amal qilamiz, mamalakatimizning tarixiy va milliy xususiyatlarini, xalqimiz tabiatini-mentalitetini inobatga olsak, rivojlanishning mazkur yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir.
Shu nuqtai nazardan, hayotning o‘zi, iqtisodiyotni isloh etish va jamiyatni yangilashni «O‘zbekcha modeli tanlangan yo‘limiz va tamoyillarimizning to‘g‘ri ekanini ko‘rsatmoqda»1.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga huquqiy davlat qurish maqsadini qo‘yganligini e'lon qildi. Lekin bu bir zumda va o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi, albatta. Ma'muriy byurokratik tizimning yemirilishi mustaqil O‘zbekistonning jahon maydoniga chiqishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlari tarqib topa borishi ham bu masalani dolzarb qilib qo‘ydi. «Bizning, - degan edi I.Karimov, - bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»2.
Shunday ekan biz demokratik huquqiy davlat qurish borasida nimalarga erishdik?
Mustaqillik- bu ilmiy davlatchilik qurish huquqidir.
Avvalambor, istiqlol tufayli o‘zbek xalqining ajralmas huquqi – o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ro‘yobga chiqariladi. O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy milliy davlatchiligini barpo etish huquqiga erishdi. Bu yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, xalqimizning ko‘p ming asrlik tarixida buyuk voqeadir.
Istiqlol tufayli tarixan juda qisqa vaqt ichida asrlar mobaynida davlat qurilishi sohasida amalga oshirilmagan ko‘p narsalarga erishildi. Bu nimalarda namoyon bo‘lmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonning o‘ziga xos va mos davlat-huquqiy yo‘li tanlab olindi. Davlat qurilishi sohasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat yo‘q. «Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilidir. Uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir», - deb ta'kidlagan edi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida demokratik qadriyatlarini, shaxs huquq va erkinliklarni ta'minlashni, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni, xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ektiga aylanishi o‘zi uchun eng ustuvor qadriyatlar sifatida tanlandi.
Chunki o‘zbek davlatchiligining qaror topish jarayonida eski ma'muriy buyruqbozlik tizimi va unga xos bo‘lgan hokimiyat va boshqaruv organlari tugatildi. Siyosiy va iqtisodiy boshqarish va tartibga solishning ko‘pgina tuzilmalari barham toptirildi.
Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy va konstitusiyaviy asoslari yaratildi. Istiqlol yillari o‘zbek parlamenti qonun yaratuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, yosh mustaqil davlatning shakllanishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta'minlashga qaratilgan 300 dan ortiq qonunlar qabul qildi. Bu qonunlar yangi davlat hokimiyati organlari tizimi va ijtimoiy yo‘naltirilgan madaniy-ma'rifiy bozor munosbatlarini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratdi.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini taqsimlash konstitusiyaviy prinsipi izchillik bilan joriy etildi. Ularning har biri o‘z faoliyatida huquqiy asosda totalitarizm illatlarini istisno qiladigan umuminsoniy me'yorlarini qaror toptirmoqda.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari rejalash-taqsimlash vazifalaridan holi bo‘lib, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish va tartibga solish rolini bajarmoqda. Markaziy iqtisodiy idoralarning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari tubdan o‘zgartirildi. Ko‘plab vazirliklar o‘rniga bozor sharoitlariga mos bo‘lgan ho‘jalik birlashmalari, uyushmalar, konsernlar, korparatsiyalar, xolding kompaniyalari tashkil qilindi.
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining yangi tizimi vujudga keltirildi. Uning asosini hokimlar instituti tashkil etdi. Unda joylarda ijro etuvchi hokimiyat bilan vakillik rahbarining vazifalari birlashtirilgan. Xalqimizning tarixiy an'analari va ruhiyatini hisobga olgan holda, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tuzildi. Ularning asosini fuqarolar yig‘inlari-mahallar tashkil qiladi.
Mutlaqo yangi sud tizimi mustaqil va boshqa davlat organlariga bog‘liq bo‘lmagan hokimiyat sifatida qaror toptirildi. Sud hokimiyatining Konstitusiyaviy sud va Oliy ho‘jalik sudi kabi yangi tuzilmalar vujudga keldi. Viloyat, shaxar va tuman sudlari sud'yalari davlat boshlig‘i tomonidan tayinlanishi kabi ijobiy tarixiy-huquqiy an'ana tiklanadi. Sud'yalarning vakolat va huquq doirasi kengaytirildi.
O‘zbekistonni davlat mustaqilligini amalda kamoyon qiladigan va ro‘yobga chiqaradigan tashkilot tuzilmalari tizimi shakllantirildi. Bu tizimga Mudofaa va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona va soliq qo‘mitalari tuzildi. Milliy armiya – O‘zbekiston Qurolli kuchlarining, hamda O‘zbekiston milliy chegara qo‘shinlarining tashkil etilishi milliy davlatchilikni qaror toptirish yo‘lidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi. Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish, qimmatbaho metallar, fan va texnika qo‘mitalari, Oliy Attestasiya komissiyasi birinchi marotaba tashkil etildi. Bank tizimi tubdan qayta shakllantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki ochildi. Mustaqil Milliy aviakompaniya, axborot agentligi, kinokompaniya va boshqa umumdavlat xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu narsani alohida ta'kidlash lozimki, fuqarolik jamiyat qurilishi – bu faqat siyosiy tizimni demokratlashtirish emas, balki iqtisodda huquqiy prisiplarni tiklash, ho‘jalik faoliyatini demokratik asoslarda tubdan qayta qurish hamdir. «Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi, - degan edi I.Karimov, - birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chegaralash, ho‘jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyosida kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir».
«Fuqarolik jamiyatini qurish, -degan edi I.Karimov, - bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi». Bundan shunday xulosa chiqadiki davlat tasarrufida asosan konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq tartibot va mudofaa qobiliyatini ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, samarali tashqi siyosat o‘tkazish kabi vazifalar hamda strategik ahamiyatga molik masalalar qolishi kerak, hamda davlat miqyosida hal etilishi lozim.
Qolgan barcha vazifalar va ayniqsa birinchi navbatda, bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xususiy mulkni rivojlantirish, aholini ish bilan ta'minlash, iste'mol bozorini to‘ldirish, ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish, odamlarning moddiy farovonligini oshirish va aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish masalalalri mahalliy hokimiyat idoralari hamda fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan hal etilishi kerak. «Ayni shu yo‘l bilan, - degan edi I.Karimov, - biz fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etishimiz mumkin».
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyat tomonidan tan olindi. Hozir O‘zbekistonni 165 davlat tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O‘zbekiston xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekiston dunyodagi deyarli hamma tashkilotlarga a'zo bo‘lib kirdi. Dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosbatlari o‘rnatilgan, Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan. Mamlakatimizda 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan. 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilot ishlab turibdi. O‘zbekistonning 30 dan ortiq chet elda faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashikloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, Ovrupoda xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa eng obro‘li va nufuzli, xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo‘ldi.
1994 yilning iyul oyida O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturiga qo‘shildi.
Mustaqillik yillarida inson huquqlari va erkinliklari konstitusiyaviy darajada e'tirof etildi. Konstitusiyamiz inson huquqlari vadavlat mustaqilligi g‘oyalari sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglash, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda e'tirof etilgan qoidalarini tan olish, O‘zbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlash, insonparvar huquqiy jamiyat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafotlash kabi oliyjanob maqsadlarni ko‘zlaydi.
Qomusimizning asosiy g‘oyasi – bu jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrdir Konstitusiya «fuqaro –jamiyat –davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosbatlarning oqilona huquqiy yechimini beradi. Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha'ni, qadr-qiymati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi.
«Jamiyatda, - degan edi I.Karimov, - fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam huquqiy, fuqarolar jamiyati bo‘ladi. Har bir kishi o‘z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi, o‘z huquqlari va erkinliklarini himoya qila olishi lozim»3.
Konstitusiya qoidalarini rivojlantira borib, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini oshirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Ulug‘ bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur aytganidek, «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi».
Demak, huquqiy davlat qonun asosida o‘z faoliyatini davom ettiradi, u qonunga, demokratiyaga asoslanadi, fuqarolar manfaatiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida ko‘rsatilganidek, «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplariga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qiymati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratiya huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi»4.
Shu bilan bir qatorda jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati, huquqiy davlatning muhim omili va shartidir. Aytish mumkinki, davlat huquqiy davlatga, jamiyat fuqarolar jamiyatiga aylanishi uchun mustaqil O‘zbekistonda ham ancha o‘zgarishlar ro‘y berib kelmoqda. “Biz uchun, - degan edi I.Karimov, - fuqarolik jamiyati –ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi”.
Mamlakatimizda adolatparvar, demokratik jamiyat qurish asosiy maqsadimizdir. Bu o‘rinda har bir fuqaroning huquqiy savodxon bo‘lishiga erishish, jamiyatimizda qonunlarning ustuvorligini ta'minlashga alohida e'tibor berish talab etiladi. Oila esa shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilada har bir shaxsning o‘z burchi va vazifalariga ongli munosabati, huquqiy layoqati, muomala madaniyati, o‘z nasl-nasabi, shajarasiga hurmat va sadoqat, o‘z Vataniga mehr-muhabbatning shakllanishi muvaffaqiyati kechadi. Bu jarayonning samarali kechishini ta'minlash maqsadida oilaning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash va himoyalash bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat ko‘rsatish, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlarining himoya qilinishi, sog‘lom o‘sishi, maktabga tayyorlanishida ota-onalarning murabbiylik faoliyatlarini takomillashtirish hamda mas'uliyatlarini oshirish yuzasidan o‘quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotda tadbiq etish huquqiy jamiyat barpo etish negizidir.
Ma'naviy yetuk oila – ma'naviy yuksak jamiyat tayanchidir.
Shu narsaga alohida ahamiyat berish zarurki, demokratik huquqiy davlatni qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini bunyod etish ko‘p jihatdan yangi mafkurani talab qilar edi.
Aholini yangi yo‘ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo‘nalishga burib, kuchlarini uyg‘unlashtirish uchun yagona g‘oyaviy qurol zarur edi. Bu qurol milliy istiqlol mavkurasidir.
Ma'lumki, O‘zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zini mustaqil respublika deb e'lon qilgan edi. Bu albatta, O‘zbekiston uchun o‘lkan tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi va tabiiy sur'atda kishilarning siyosiy ongining oshishiga olib keldi. Dastlab, odamlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar shiddati oldida bir muncha gangib qolishdi. Turli safsatalar, hatti-harakatlar, «g‘oyaviy» kurashlar avj olib, «xonaki» va ajnabiy siyosatdonlar ko‘payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik va parokandalik kayfiyatlari kuchaya boshladi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo‘lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqalari, qatlamlarini,talab-ehtiyojlarini, ma'naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g‘oyani yaratish zarur edi.
Masalaning yana boshqa tomoni ham bor. Bu bevosita uzoq yillar mobaynida hukmron bo‘lgan g‘oya va aqidalardan xalos bo‘lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da'vatlarini surib tashlash, voz kechish kabi og‘ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog‘liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni ishga solish lozim edi.
Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Mustaqilligining tashabbuskori va tashkilotchisi Birinchi Prezident I.A.Karimov birinchilardan bo‘lib jamiyatda ma'naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan holi bo‘lish zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish lozimligini payqadi va uni dolzarb vazifa qilib ko‘tardi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonning ma'naviy rivoji negizlarini belgilab berar ekan, vatanparvarlik g‘oyasiga alohida e'tibor berdi. Binobarin, Vatanni sevish xalqimizga xos azaliy qadriyat hisoblanadi.
Mafkurasizlik – e'tiqodsizlikka olib keladi. E'tiqodsizlik esa har kimning o‘zicha yashashga, ko‘ngil tusaganicha kun ko‘rishga, hayoliga kelgan ish bilan shug‘ullanishga olib keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning hatti-harakatidan butan jamiyat ma'naviy-ruhiy qiyofasi shakllanadi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbida fe'l-atvorida andishasizlik va nihoyat o‘zligini anglamaslik kabi nuqsonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa porakandalikni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayzu tarovat qolmaydi.
Mustaqillik tufayli shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasi ana shu bo‘shliqni to‘ldirib jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qiladigan mafkuradir. Bu bevosita ong va tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan, doimiy rivojlanib, shakllanib boradigan harakatdagi hodisa. Milliy, istiqlol mafkurasi ayni shu mustaqil fikrlash mahsuli bo‘lib, ong va tafakkur hosilasi hisoblanadi.
Demak, milliy ong ta'sirida milliy g‘oyalar yaratiladi. Ana shu g‘oyalar asosida milliy mafkura, milliy dunyoqarash shakllanadi.
Milliy istiqlol mafkurasi, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmui xalqni kelajakka ishonch, e'tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi, eltuvchi g‘oyat qudratli ma'naviy omil hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar jarayonligini ko‘rsatish orqali eng avvalo, Konstitusiyada adolatli, tarixiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalarni qonunlashtirish qo‘yildi. Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari Birinchi Prezident I.A.Karimovning, ayniqsa, keyingi yillardagi nutq va risolalarida atroflicha yoritib berildi.
Mazkur asarlarda yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatiga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishga, inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitini vujudga keltirish, jamiyatni ma'naviy axloqiy jihatdan yangilash va taraqqiy ettirishning nazariy hamda amaliy negizlarini belgilab berish tamoyillari ishlab chiqildi.
Xullas, Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘zining bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari bilan dastlabki yillarda ma'naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirdi, milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi.
Ma'lumki, jamiyatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ta'minlangandangina u chinakam huquqiy, fuqarolik jamiyati bo‘ladi. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta'minlash maqsadida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi barpo etildi. Bu tizimga kiruvchi Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili va amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Sud'yalar Assosiasiyasi va advokatlar uyushmasi o‘z faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston inson huquqlariga oid 40 dan ortiq xalqaro shartnomalarga qo‘shilgan. Bu xalqaro hujjatlarda o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar belgilab berilgan. Qabul qilinayotgan qonunlarimiz inson huquqlari sohasidagi xalqaro va standartlarga muvofiqlashtirilmoqda.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro tashkilotar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.
Shunday qilib, Birinchi Prezidentimiz ta'birlari bilan aytganda, «Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyillar va talabalarga asoslangan keng huquqiy muhit vujudga keltirildi».
Yana shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqil O‘zbekistonda milliy davlatchilik qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar kimlargadir demokratik va inson huquqlari tarafdori ekanimizni ko‘rsatish uchun qilinayotgani yo‘q. Bu borada qandaydir obro‘ orttirishga ham intilayotganimiz yo‘q. Bu O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning ob'ektiv zaruratidir, ob'ektiv qonuniyatidir. Bu esa bizning chinakam milliy manfaatlarimizga mos keladi.
Hozirgi davrda va kelajakda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish borasida siyosiy sohada, iqtisodi sohada, ma'naviy madaniy sohada amalga oshiradigan vazifalar asosan nimadan iborat? Ular qo‘yidagilardan iboratdir.
«Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish; jamiyatning siyosiy tizimini davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatining vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim» bo‘lgan vazifalardir.
Ideologik munosabatlar ham ijtimoiy tizim sifatida ma'naviy hayot qirralarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga ma'naviy munosabatlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar: madaniy muassasalar, fan, mafkura, qadriyatlarga doir vazifalar kiradi. Bu haqda kengroq jamiyat va ijtimoiy tizimlar mavzuida davom ettiriladi.
XULOSA
Kishilik jamiyatida davlatlar paydo bo‘libdiki, ularning funksiyalari bir — biriga aynan o‘xshamaganidek, turli jamiyatlarda va turli formatsiyalarda ham bir— biriga anchayin uxshamagan. Fakatgina ularning tipik funksiyalarigina, masalan davlatni muxofaza qilish. Solik va yigimlar yigish, davlatni boshkarish kabilar umumiy bo‘lib kolgan xolos Masalan, kuldorlik davlatining asosiy funksiyasi kuldorlar tomonidan kullarni beayov ekspluatatsiya qilish va ularning mehnatidan foydalangan xolda ko‘prok foyda olishdan iborat bo‘lgan.
Feodalizm jamiyati vujudga kelgandan sung, insondan «gapiruvchi qurol» sifatida foydalanishdan voz kechilgan. Endilikda yirik feodallar qaram dexkonlarni turli turli yo‘llar bilan ezib qaramlikda ushlab turganlar. Ular barcha davlatda imtiyozli katlam bo‘lib, davlatning barcha boshkaruv organlarini egallab olishganlar va o‘z manfaatlarini ko‘zlagan xolda davlat hokimiyatini amalga oshirganlar.
Feodal jamiyatidan farkli ravishda kapitalistik tuzumda, anikrogi uning dastlabki rivojlanish boskichlarida, insonlar bir muncha xak — huquqlarga ega bo‘la borganlar. Bu tuzumda davlatning asosiy funksiyasi iqtisodiy usishni ta’minlash va davlatning iqtisodiy kudratini oshirishdan iborat bo‘lgan. Rivojlangan kapitalizm davrida esa davlatlarning tashqi siyosatining asosini mustamlakachilik siyosati tashkil eta boshlagan.
XX asrning boshlariga kelib, sotsializmning vujudga kelishi dunyoning ikki qutbli bo‘lishiga olib kelgan. Natijada esa sotsialistik tuzum tarafdorlari o‘z siysatlarini sotsialistik goyalar asosida, kapitalistik davlatlar esa kapitalistik goyalar asosida amalga oshira borganlar. Dunyoning ikki kutbli bo‘lib kolishi davlatlarning kurollanish poygasiga zur berilishiga olib kelgan. Bu esa davlatning asosiy funksiyalaridan biriga aylanib ham kolgan.
XX asrda fan va texniqaning mislsiz tarakkiy etishi barcha davlatlarda fan — texnika va bilimni rivojlantirish ham asosiy funksiyalaridan biriga aylanishi ham mantikiy jarayon bo‘lgan.



Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling