O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti Geofizka kafedrasi Tabiiy resurslar huquqi fanidan


Download 34.67 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi34.67 Kb.
#1165346
  1   2   3   4
Bog'liq
trh

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti Geofizka kafedrasi
Tabiiy resurslar huquqi fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Tabiiy resurslarga foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun fuqarolik-huquqiy, ma`muriy ,intizomiy, jinoiy, javobgarlik

Bajardi:U.Xushvaxtov
Qabul qildi:E.Nishanbayeva
Toshkent-2022
Mundarija
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlari vakolatlari
2.2. Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi
2.3 . Tabiiy resurslarga foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun fuqarolik-huquqiy, ma`muriy ,intizomiy, jinoiy, javobgarlik

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan aadabiyotlar

Kirish
Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi va jamiyatda ijtimoiy oshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o‘zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tashkil etish asosida inson atrof-muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi.Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarning mulkdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tassarruf etish huquqini amalga oshiradi. Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan. Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko‘rsatmalar ko‘p marotaba qo‘llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo‘llanadigan, ya'ni ma'lum bir yoki bir necha subektga taalluqli, masalan, huquqbuzarlikni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.Tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va farmoyish berish faoliyati tabiiy resurslar to‘grisidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.


Download 34.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling