O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
4.2. Nutqiy muloqot 
“Nutqiy muloqot” termini “nutqiy kommunikatsiya” terminiga 
sinonim hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, har ikkala sinonim ham ikki 
taraflama jarayonni, ya’ni muloqot chog‘ida kishilarning o‘zaro 
munosabatini ifodalaydi. Nutqiy muloqotning holatini quyidagicha 
ko‘rsatish mumkin:
Nutqiy muloqotning 
holati 
Kim bilan gaplashamiz? Bir kishi bilan 
Bir necha kishi bilan 
Qayerda?
qulay /noqulay sharoitda 
Rasmiy bo‘lmagan 
muhitda 
Rasmiy muhitda 
Qaysi maqsadda? 
Muloqot 
Xabar 
Ta’sir etish 
Nutqiy muloqot qoidalarini ishlab chiqishga bo‘lgan urinishlarda faqat 
lisoniy vositalarni to‘g‘ri qo‘llashgina emas, balki kommunikativ holatning 
xususiyatlariga ham e’tibor berish nazarda tutiladi. Masalan, amerikalik 
tadqiqotchi S. Ervin-Tripp tomonidan nutqiy muloqotning quyidagi 
qoidalari taklif qilingan
31
:
1. Lisoniy vositalarni tanlash qoidasi: a) barcha ijtimoiy qatlamlar 
uchun umumiy bo‘lgan; b) turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlar uchun 
maxsus bo‘lgan. Misol: murojaat shaklini tanlash, ushbu tanlovdagi milliy 
va ijtimoiy farqlar. 
2. Rioya qilish qoidasi, ya’ni kommunikatsiyada nutqiy harakatlar 
ketma-ketligiga rioya qilish: salomlashish, minnatdorchilik, xayrlashish va 
h.k. Mazkur qoidalar doirasida xayrlashish, taklif qilish, telefonga 
31
Ervin-Tripp S. Sociolinguistics // Advances in the Sociology of Language / Ed. by J. Fishman. Vol. 1. The 
Hague; - Paris, 1971. 


29 
chaqirish, kommunikativ aloqani yo‘lga qo‘yish formulalari ko‘rib 
chiqiladi. 
3. Birgalik qoidasi; bunda bir kontekstda u yoki bu leksik, fonetik, 
intonatsion, sintaktik va h.k. birliklar va xususiyatlarning birlashish qoidasi 
nazarda tutiladi. 
Shuningdek, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati qoidasi alohida 
o‘rganiladi. Bunda so‘zlovchi mazkur ijtimoiy yoki kasbiy guruhga 
kiruvchi suhbatdoshlar uni “o‘ziniki” deb qabul qilishlariga, uning nutqiy 
muomalasi hamda vaziyatini va ijtimoiy rolini o‘zgartishda bir kod 
tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishini ma’qul ko‘rishlariga harakat 
qiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling