O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
4-MA’RUZA 
 
 SOTSIOLINGVISTIKADA LINGVISTIK TUSHUNCHALAR

Reja:
1. Til me’yori 


2. Nutqiy muloqot 
3. Nutqiy muomala 
4. Nutq akti 
Tayanch so‘z va tushunchalar: me’yor, til me’yori, adabiy til
nutqiy muloqot, nutqiy muloqotning holati, nutqiy muloqot qoidalari, 
nutqiy muomala, kommunikativ vaziyat, so‘zlovchi, tinglovchi, nutq akti, 
bilvosita nutq akti. 
4. 1. Til me’yori 
Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash, 
belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari me’yor (norma)ni 
ifodalaydi. Me’yor (norma) - kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli 
ravishda qo‘llanish majmuyi.
Me’yor tushunchasi adabiy til tushunchasi bilan chambarchars bog‘liq. 
Ko‘pincha adabiy tilga me’yorlashgan til ham deyiladi. Me’yor nimaning 
to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til vositalari 
va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an’analariga zid bo‘lgan 
usullarni inkor qiladi. Masalan, olib berdi (oberdi).
Me’yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin 
o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me’yor uzoq yillar davomida 
o‘zining turg‘unligini saqlaydi 
29
.
P. fon Polens me’yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida 
“me’yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til tizimi imkoniyatlarining bir 
qismini tushunadi
30
. Biroq real turmushda til me’yori tilni qo‘llash bilan 
to‘ldiriladi, ya’ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me’yorga va me’yoriy 
shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud. Bu 
o‘rinda me’yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya’ni u xalq nutqidagi barcha 
yorqin, sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, 
mujmal, o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi. Adabiy me’yor muhim ijtimoiy va 
madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida 
29
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 24.
30
Polenz P. von. Sprachnorm, sprachnormierung und Sprachnormkritik //Bd. 1. Soziolinguistik. Ansätze zur 
soziolinguistischen Theoribildung; Bd. 2. Anwendungsbereiche der Soziolinguistik. - Darmstadt, 1982. 


28 
me’yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, 
texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me’yorlashgan tilsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Adabiy til me’yori dialekt yoki jargon me’yorlaridan farqli o‘laroq, 
ongli ravishda madaniylashadi: lug‘atlarda, grammatikalarda qayd qilinadi, 
maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va
televideniyeda targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti, 
odatda, adabiy til me’yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling