O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
3.3. Gender variativlik
Sotsiolingvistikada ijtimoiy variativlikdan tashqari, gender variativligini ham kuzatish mumkin. Masalan, yapon tilida erkak va ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Erkakning “ayolcha” gapirishi yoki aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi jiddiy kulgili holatlarni keltirib chiqaradi. Yapon tilidagi erkak va ayol variantlarining farqi til tizimining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. Fonemalar va ularning moslashuvidagina bir xillik mavjud bo‘lib, ularning urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniqsa, grammatika va leksika sathida ikki variantning bir-biridan ajralishi ko‘proq kuzatiladi. Masalan, 1-shaxs va 2-shaxs kishilik olmoshlari misolida (3-shaxsda alohida farq kuzatilmaydi), faqat 1-shaxsning eng takallufli vatakusi shakli erkak va ayollar tomonidan birday qo‘llaniladi. Erkaklar, asosan, boku (odatda), ore (betakalluf) va vasi (betakalluf, hozir eskirgan); ayollar - atasi (betakalluf) va atakusi (takallufli, eskirib borayotgan) kishilik olmoshlarini ishlatishadi. Vatasi olmoshi erkaklar tomonidan ham, ayollar tomonidan ham qo‘llaniladi, biroq ayollar uchun standart, erkaklar uchun takallufli (vatakusi ga nisbatan), shuningdek, katta yoshdagilarga xos olmosh sanaladi. Grammatik farqliliklar orasida gap oxirida keladigan modal- ekspryessiv yuklamalar ko‘proq ajralib turadi. Yapon tiliga iltimos, murojaat, tasdiq va h.k. ma’nolarni hamda so‘zlovchining u yoki bu turdagi hissiyotlarini ifodalagan yuklamalarga boylik xosdir. Bunday 26 Лабов У. О механизме языковых изменений // Новое в лингвистике. Вып. 7. Социолингвистика. -М., 1975. –C. 50. 27 http://en.wikipedia.org/wiki/Received_Pronunciation. 25 yuklamalarni boshqa tilga tarjima qilish o‘ta qiyinchilik tug‘diradi. Erkaklar nutqiga: dzo, dze, na:, ya:, ayollar nutqiga: va, no, ma:, kasira, ara yuklamalari xosdir. Har ikkala variantdagi yuklamalar chekka hududlarga ko‘ra ham farqlanishi mumkin. Ayrim yuklamalar ma’nosiga ko‘ra farqlanadi: yo yuklamasi erkaklarda betakalluf, ayollarda esa takallufli qo‘llaniladi. Bunday turdagi farqlar kichik yoshdan boshlab shakllanadi 28 . Boshqa grammatik farqliliklar hurmat shakllarini qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, atoqli otlardagi –kun betakalluf qo‘shimchasini faqat erkaklargina qo‘llay olishlari mumkin; ayollar bunday vaziyatlarda -san (hurmat darajasiga ko‘ra erkak variantda takalluf, ayol variantda neytrallik ifodalaydi) qo‘shimchasidan foydalanadilar. Qayd qilingan barcha farqlar so‘zlashuv tiliga tegishli bo‘lib, yozuvda, shuningdek, og‘zaki-kitobiy matnlar (teleyangiliklar yoki ma’ruzalar)da yozuvchining yoki so‘zlovchining jinsi u qadar aniq namoyon bo‘lmaydi. Xullas, sotsiolingvistikada til belgilarining variativligi til egasining ijtimoiy xususiyati (tilning ijtimoiy differensiatsiyasi), nutq muloqoti vaziyati (tilning funksional differensiatsiyasi) va nutq egasining jinsi(tilning gender xususiyatlari) kabi o‘lchovlarga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling