O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va tushunchalar
Adabiyotlar 1. Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003. 2. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. 3. Большой энциклопедический словарь. Языкознание. –М.: Российская энциклопедия, 1988. 4. Словарь-справочник лингвистических терминов. –М.: Российская энциклопедия, 1985. 5. Bichel U. Problem und Begriff der Umgangsprache in der germanistischen Forschung. –Tübingen, 1973. 6. Eichhoff I. Wortatlas der deutschen Umgangssprache. 2 Bde. – Bern: München, 1977—1978. 7. Löffler H. Germanistische Soziolinguistik. –Berlin, 1985. 8. Nahrings K. Sprachliche Varietäten. –Tübingen, 1981. 9. Partridge E. Slang Today and Yesterday. –London: Routledge and Kegan Paul, 1979. 22 3-MA’RUZA VARIATIVLIK TURLARI Reja:
2. Ijtimoiy variativlik 3. Gender variativlik Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy variativlik, ijtimoiy variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikasion va vaziyatli variativlik, gender variativlik. 3.1. Lisoniy variativlik Agarda biz muloqot jarayonida bir til vositasining tasarrufidan boshqa til vositasining tasarrufiga o‘ta olsak, masalan, adresatning almashinishida o‘sha mavzuni muhokama qilishda davom etsak, demak, bizning ixtiyorimizda ayni mavzu haqida turlicha gapirishga imkon beradigan vositalar majmuyi bo‘ladi. Bu tilning favqulodda muhim xususiyati bo‘lib, u so‘zlovchining muayyan tilda nafaqat o‘z fikrlarini erkin ifodalash, balki uni turli usullar orqali berish imkoniyati bilan ham ta’minlaydi. Til egasining ayni bir ma’noni turlicha ifodalay olishi, uning qayta ifodalash qobiliyati deyiladi. Mazkur qobiliyat aytilgandan ma’noni chiqarib olish qobiliyati va to‘g‘ri iboralarni noto‘g‘ri iboralardan farqlash mahorati bilan birga, “til bilish” deb nomlanadigan murakkab psixik malaka asosida yotadi. Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning barcha darajalarida – turli til vositalarini bilishdan tortib, to so‘zlashuvchining bir tilga tegishli turli fonetik va urg‘u variantlariga yo‘l qo‘yilishini tushunib yetishigacha bo‘lgan darajalarda namoyon bo‘ladi. Masalan, Toshkent shahrida piyola so‘zini ikki xil talaffuz qilish kuzatiladi: “pila” va “pela”. Bu fonetik variativlikka misol bo‘ladi. Yoki Farg‘onada narvon o‘rniga shoti, Xorazmda sabzi o‘rniga gashir so‘zlarining qo‘llanilishi leksik variativlikka misol bo‘ladi. Bir xil ma’noga ega bo‘lgan lisoniy belgilarning shaklidagi, tashqi ko‘rinishidagi nomutanosiblikka, har xillikka variativlik deyiladi. Lisoniy variativlik sotsiolingvistikaning an’anaviy tarzda ko‘p o‘rganiladigan muammolardan biri. Sotsiolingvistik nuqtayi nazardan variativlik hodisasi turli til variantlarining til egalari tomonidan ijtimoiy va 23 nutqiy muloqot sharoitlaridagi farqlarga bog‘liq holda qo‘llanilishi sifatida tadqiq qilinadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling