O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

2.5. Koyne 
Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramizdan 
avval IV-III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo‘llanilgan. 
Zamonaviy sotsiolingvistikada koyne aholi turli guruhlarining ijtimoiy va 
lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot 
vositasi hisoblanadi. 
Turli 
hududiy 
dialektlarning 
xususiyatlarini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud 
bo‘lgan tillardan biri koyne rolini bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi
harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan 
dialektlar yoki tillar asosida shakllangan dialektlararo yoki millatlararo 
muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.
Koynelarni shahar va qishloq koynesiga ajratish mumkin. “Koyne” 
tushunchasi ayniqsa, ko‘pchilikning turli nutqiy malakalari aralashgan 
katta shaharlarning lisoniy hayoti uchun dolzarb hisoblanadi. Shahar 
sharoitidagi guruhlararo muloqot hamma uchun tushunarli bo‘lgan 


19 
kommunikatsiya vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shahar aholisi 
turli guruhlarining kundalik muloqot ehtiyojiga xizmat qiluvchi shahar 
koynelari ana shunday paydo bo‘ladi.
Shuningdek, koynelar mintaqalarga, ya’ni muayyan til (yoki tillar) 
tarqalgan ma’lum hududlarga ko‘ra ham ajratiladi. Masalan, ko‘p tillilik 
mavjud bo‘lgan Mali Respublikasida (Afrikada) qurama dialektlar shakliga 
ega bo‘lgan baman tili koyne sifatida qo‘llaniladi.
“Koyne” tushunchasi, odatda, og‘zaki muloqot vositasini ifodalasa-
da, ba’zan bu tushuncha tilning yozuv shakllariga nisbatan ham 
qo‘llaniladi. Masalan, London koynesi ham kundalik so‘zlashuvda, ham 
shahar boshqaruvi, mahkama tizimida ishlatilgan. Yoki “koyne” termini 
o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlarida ilm, din, huquqshunoslik, 
san’at sohalarida millatlararo muloqot vositasi vazifasini o‘tagan lotin 
yozuviga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Shuni ham ta’kidlash joizki, muayyan koynelar ayrim adabiy 
tillarning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, London koynesi 
ingliz adabiy tiliga, Pekin koynesi xitoy adabiy tiliga, Edo koynesi esa 
yapon adabiy tiliga asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, butun 
boshli adabiy tillar ham koyne rolini bajarishi mumkin. Masalan, “Ispan 
tili o‘qituvchilari Yevropa Assotsiasiyasi” (АЕРЕ)ning ma’lumotlariga 
ko‘ra, ispan tili hozir dunyoda o‘rganilayotgan xorijiy tillar orasida 
birinchi o‘rinni egallaydi, ingliz tili chet tili sifatida emas, balki bir 
“koyne” sifatida qabul qilinadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling