O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
2.3. Sotsiolekt 
   Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo 
bo‘lgan. U sotsio- jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan 
tashkil topgan bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy 
dialekt) birikmasining qisqargan shaklidir.
 Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim 
guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab 
chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq, sotsiolektda ba’zi 
o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari 
sinflar haqida guvohlik beradi. Sotsiolekt verbal hulq va ijtimoiy 
ahvolning muvofiqligini ifodalaydi.
Ko‘pchilik davlatlarda mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun 
sotsiolektni bilish zarurdir. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada amaldorlik va 
mavqe sotsiolektga bog‘liq bo‘lgan. Bu yerda U (Upper class “yuqori 
13
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 30. 
14
Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003 (электрон вариант).


16 
sinf”) nutqi no-U nutqiga qarama-qarshi qo‘yilgan. Tabiiyki, sotsiolektlar 
ham oliy zodagonlar, o‘rta (oliy, o‘rta, quyi), ishchilar (oliy, o‘rta, quyi), 
quyi, past (avom xalq) singari sinflarga ko‘ra farqlangan.
G‘arbda sotsiolekt tushunchasi ijtimoiy sinflar, tabaqalarning nutqini 
ifodalasa, sobiq SSSRda sotsiolekt kasbiy leksika: dengizchilar, konchilar 
va h.k. tili sifatida izohlangan.
Hozirgi rus sotsiolingvistikasida sotsiolektga quyidagicha ta’rif 
berilgan: Milliy til doirasidagi biron ijtimoiy guruh (kasbiy, tabaqaviy, 
yosh va h.k.)ga xos bo‘lgan lisoniy xususiyatlar majmuyiga sotsiolekt 
deyiladi. Masalan, askarlar (askarlar jargoni), o‘quvchilar (maktab jargoni) 
nutqi, jinoyatchilar jargoni, xippilar argosi, talabalar slengi, turli sohalarda 
ishlovchilarning kasbiy “tili”, argolari va h.k. sotsiolektlarga misol bo‘la 
oladi
15

“Sotsiolekt” termini turli-tuman, bir-biriga o‘xshamaydigan, ayni 
paytda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan lisoniy shakllarni ifodalash 
uchun qo‘llaniladi. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan kishilar 
guruhining kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Sotsiolektlar kommunikatsiyaning butun bir tizimini ifodalamaydi. 
Chunonchi, u so‘zlar, so‘z birikmalari, sintaktik konstruksiyalar, urg‘u 
xususiyatlari va h.k. ko‘rinishidagi nutqning o‘ziga xosligidir.
Sotsiolektlar asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va 
grammatika tashkil qiladi. Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos 
ma’no, xususan, metaforik ma’no kasb etgan so‘zlar mavjud: ment – 
“militsioner”, etap qilish – “qamoqqa jo‘natish”, narkota – “narkotik, 
giyohvand moddalar bilan shug‘ullanish” va h.k. Biroq mazkur so‘zlarning 
turlanishi, tuslanishi va gapdagi bog‘lanishi umumtil qoliplari va 
qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Hatto, so‘zlar ham umumtil 
leksikasiga mansub bo‘ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling