O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

1.4. Til qo‘llash sohasi 
Inson faoliyatining turli sohalariga: ishlab chiqarish, ta’lim, ilm-fan, 
tijorat, maishiy turmush va boshqalarga muvofiq til (agar gap ko‘p tilli 
jamiyat haqida borayotgan bo‘lsa, u holda, tillar) qo‘llashning turli sohalari 
ajratiladi.
Til qo‘llash sohasi so‘zlashuvchilarning muayyan til vositalari va 
ularning bir-biri bilan birikuv qoidalarini tanlab olib amalga oshishini 
qondiradigan, bir xil kommunikativ ehtiyojlarni xarakterlaydigan til 
tashqarisidagi muhitdir.
Til vositalari va ularni bir-biri bilan birikuv qoidalarini tanlab olish 
natijasida inson faoliyatining muayyan sohasi bilan ma’lum lisoniy kod 
(subkod)ga bog‘liq holda, ko‘proq yoki kamroq barqaror (mazkur til 
hamjamiyati uchun) bo‘lgan an’ana shakllanadi. Masalan, o‘rta asrlarda 
Yevropada ibodatda va ilmiy sohada qo‘llanilgan lotin tili kommunikativ 
vosita vazifasini o‘tagan. Rossiyada uzoq vaqt davomida cherkov-slavyan 
tili madaniy-kommunikativ vosita rolini bajargan. Bugungi kunda Pomirda 
pomir tillaridan bo‘lgan yozuvsiz shugnan tili oila ichi va kundalik 
muloqotda qo‘llanilsa, rasmiy doirada, shuningdek, “begonalar” bilan 
muomala jarayonida tojik va rus tillaridan foydalaniladi.

12
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 14.


12 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Lisoniy hamjamiyat nima? 
2. 
Nima uchun “lisoniy hamjamiyat” tushunchasini aniqlashda 
lingvistik va ijtimoiy xususiyatlar birligi muhim hisoblanadi? 
3. 
Katta va kichik lisoniy hamjamiyatlarni qanday izohlaysiz? 
4. 
Ijtimoiy-kommunikativ tizim tushunchasi nima? 
5. 
Qanday kod yoki subkodlar majmuyi ijtimoiy-kommunikativ 
tizimni tashkil qiladi? 
6. 
Adabiy tilning funksional jihatdan bir-birini to‘ldiruvchi qanday 
vazifalarini bilasiz? 
7. 
Kod nima?
8. 
Subkod nima? 
9. 
Rus sotsiolingvistikasidagi til mavjudligi shakllari G‘arb
sotsiolingvistikasida nima deb nomlanadi? 
10. 
Til qo‘llash sohasi deganda nima nazarda tutiladi? 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling