O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va tushunchalar
predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.
9 1-MA’RUZA LISONIY HAMJAMIYAT VA IJTIMOIY-KOMMUNIKATIV TIZIMLAR Reja: 1. Lisoniy hamjamiyat 2. Ijtimoiy-kommunikativ tizim 3. Lisoniy kod 4. Til qo‘llash sohasi Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy hamjamiyat, ijtimoiy- kommunikativ tizim, kod, subkod, kodlashgan til, tilning uslubiy ko‘rinishlari, til mavjudligi shakllari, registrlar, til qo‘llash sohasi. 1.1. Lisoniy hamjamiyat Lisoniy hamjamiyat - ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir til yoki bir necha til yordamida kundalik hayotda bir-birlari va turli ijtimoiy institutlar bilan o‘zaro muloqotga kirishuvchi insonlar majmuyi. Tilning tarqalish chegaralari har doim ham siyosiy chegaralarga mos tushavermaydi. Masalan, hozirgi Afrikada bir necha davlatlarning aholisi bir tilda gaplashsa (chunonchi, suaxili tili Tanzaniya, Keniya, Uganda, Mozombik va Zoirda tarqalgan), boshqa bir davlatda bir necha tillarda muloqot qilinadi (Nigeriyada 200dan ortiq tillar mavjud) 11 . Shuning uchun “lisoniy hamjamiyat” tushunchasini aniqlashda lingvistik va ijtimoiy xususiyatlar birligi muhim hisoblanadi. Agar biz faqat lingvistik xususiyatlarni oladigan bo‘lsak, u holda, gap faqat muhitga bog‘liq bo‘lmagan til haqida boradi; faqat ijtimoiy mezonlar (siyosiy-iqtisodiy va madaniy omillar)ga tayanadigan bo‘lsak, unda mazkur ijtimoiy jamoada faoliyatda bo‘lgan til e’tibordan chetda qoladi. Lisoniy hamjamiyat deganda, katta bir davlatdan tortib, kichik ijtimoiy guruhlar (oila, sport komandasi)ga kiruvchi turli miqdordagi individlar majmuyini tushunish mumkin. Bunday holatlarda ajratish mezoni ijtimoiy jamoa va doimiy kommunikativ aloqalarning mavjudligi bo‘lishi lozim. Bir lisoniy hamjamiyat boshqasiga nisbatan hajm jihatdan katta bo‘lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya katta lisoniy hamjamiyat 11 Виноградов В. А., Коваль А. И., Порхомовский В.Я. Социолингвистическая типология. Западная Африка. -М., 1984. 10 bo‘lib, u o‘z ichiga kichik hajmdagi lisoniy hamjamiyatlarni: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani oladi. Yoki hozirgi Rossiya respublikalar, viloyatlar, shaharlar singari kichik lisoniy hamjamiyatlardan tarkib topgan katta lisoniy hamjamiyatdir. O‘z navbatida shahar ham lisoniy hamjamiyat sifatida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlarini o‘z ichiga oladi. Lisoniy hamjamiyatlar soni qanchalik kam bo‘lsa, til birligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada ingliz tilidan tashqari valliy, korn, shotland va shotland-gel tillari ham faol qo‘llaniladi. Rossiyada rus tilidan tashqari o‘nlab milliy tillar va dialektlar bir-biri bilan o‘zaro aloqadadir. Korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, o‘rta maktablar kabi lisoniy hamjamiyatlar doirasida faqat bir til muloqot vositasi hisoblanadi. Biroq oila singari kichik lisoniy hamjamiyatlarda muloqot vositasi sifatida ikki, hatto, uch til (turli davlatlarda yashovchi muhojirlarning oilasida) qo‘llanilishi mumkin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling