O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
Adabiyotlar 
1. Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003. 
2. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001.
3. 
Большой энциклопедический словарь. Языкознание. –М.: 
Российская энциклопедия, 1988.
4. Словарь-справочник лингвистических терминов. –М.: Российская 
энциклопедия, 1985.
5. Bichel U. Problem und Begriff der Umgangsprache in der 
germanistischen Forschung. –Tübingen, 1973.
6. Eichhoff I. Wortatlas der deutschen Umgangssprache. 2 Bde. – Bern: 
München, 1977—1978. 
7. Löffler H. Germanistische Soziolinguistik. –Berlin, 1985.
8. Nahrings K. Sprachliche Varietäten. –Tübingen, 1981.
9. Partridge E. Slang Today and Yesterday. –London: Routledge and 
Kegan Paul, 1979.
 


22 
3-MA’RUZA 
 
VARIATIVLIK TURLARI

Reja:
1. Lisoniy variativlik 


2. Ijtimoiy variativlik 
3. Gender variativlik 
Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy variativlik, ijtimoiy 
variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikasion va vaziyatli 
variativlik, gender variativlik.
3.1. Lisoniy variativlik 
Agarda biz muloqot jarayonida bir til vositasining tasarrufidan boshqa 
til vositasining tasarrufiga o‘ta olsak, masalan, adresatning almashinishida 
o‘sha mavzuni muhokama qilishda davom etsak, demak, bizning 
ixtiyorimizda ayni mavzu haqida turlicha gapirishga imkon beradigan 
vositalar majmuyi bo‘ladi. Bu tilning favqulodda muhim xususiyati bo‘lib, 
u so‘zlovchining muayyan tilda nafaqat o‘z fikrlarini erkin ifodalash, balki 
uni turli usullar orqali berish imkoniyati bilan ham ta’minlaydi. Til 
egasining ayni bir ma’noni turlicha ifodalay olishi, uning qayta ifodalash 
qobiliyati deyiladi. Mazkur qobiliyat aytilgandan ma’noni chiqarib olish 
qobiliyati va to‘g‘ri iboralarni noto‘g‘ri iboralardan farqlash mahorati bilan 
birga, “til bilish” deb nomlanadigan murakkab psixik malaka asosida 
yotadi.
Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning barcha darajalarida – turli til 
vositalarini bilishdan tortib, to so‘zlashuvchining bir tilga tegishli turli 
fonetik va urg‘u variantlariga yo‘l qo‘yilishini tushunib yetishigacha 
bo‘lgan darajalarda namoyon bo‘ladi. Masalan, Toshkent shahrida piyola 
so‘zini ikki xil talaffuz qilish kuzatiladi: “pila” va “pela”. Bu fonetik 
variativlikka misol bo‘ladi. Yoki Farg‘onada narvon o‘rniga shoti
Xorazmda sabzi o‘rniga gashir so‘zlarining qo‘llanilishi leksik 
variativlikka misol bo‘ladi.
Bir xil ma’noga ega bo‘lgan lisoniy belgilarning shaklidagi, tashqi 
ko‘rinishidagi nomutanosiblikka, har xillikka variativlik deyiladi.
Lisoniy variativlik sotsiolingvistikaning an’anaviy tarzda ko‘p 
o‘rganiladigan muammolardan biri. Sotsiolingvistik nuqtayi nazardan 
variativlik hodisasi turli til variantlarining til egalari tomonidan ijtimoiy va 


23 
nutqiy muloqot sharoitlaridagi farqlarga bog‘liq holda qo‘llanilishi sifatida 
tadqiq qilinadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling