O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

5.5. Lisoniy ijtimoiylashuv 
Jamiyatning a’zosi sifatida individning hayoti u tug‘ilgan va 
tarbiyalanayotgan oilada rol muomalasini, o‘zini qayerda qanday tutishni 
o‘rganishdan boshlanadi. Xuddi ana shu yerdan shaxsning ijtimoiylashuv 
jarayoni – yashashi va harakat qilishi kutilayotgan jamiyatga kirishi 
boshlanadi. Ijtimoiylashuv individning asta-sekin o‘zi uchun yangi bo‘lgan 
guruhlarga kirishi va yangi rollarni o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri lisoniy 
ijtimoiylashuv bo‘lib, u muayyan jamiyatda qo‘llaniladigan tilni 
o‘zlashtirish va undan foydalanish qoidalarini u yoki bu ijtimoiy rolni 
ijrosiga muvofiq ishlatishini ifodalaydi.
Xullas, sotsiolingvistikada qo‘llaniladigan ayrim tushunchalar 
psixolingvistika, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya sohalaridan 
o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular tilning mavjud ijtimoiy sharoitlar bilan 
bog‘liqligini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
“Kommunikatsiya” tushunchasiga ta’rif bering. Sotsiolingvistikada 
kommunikatsiya qaysi so‘zning sinonimi sifatida qo‘llaniladi? 


36 
2. 
Verbal va noverbal kommunikatsiya nima, misol keltiring. 
3. 
Noverbal nutq vositalari qayerda va nima maqsadda qo‘llaniladi? 
4. 
S. M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot 
ishtirokchi)larning verbal muomalasiga qanday qaraydi? 
5. 
Nima uchun verbal muomalani qulay boshlang‘ich nuqta deyish 
mumkin? 
6. 
Kommunikativ vaziyat nima? 
7. 
Kommunikativ vaziyatni tashkil etgan qismlarni sanang. 
8. 
Kommunikativ vaziyat qachon o‘zgaradi?
9. 
Kommunikativ salohiyatni nimalar tashkil qiladi? 
10. 
D.Hayms 
“kommunikativ salohiyat” tushunchasini qanday 
kategoriyalar bilan bog‘liqlikda ko‘radi? 
11. 
Kommunikativ salohiyat doirasiga qanday qoidalar kiradi? 
12. 
Ijtimoiy maqom va ijtimoiy rolga ta’rif bering. Misollar bilan 
izohlang. 
13. 
Nima uchun ijtimoiy maqomlar orttirilgan maqomlar deyiladi? 
14. 
Insonning ijtimoiylashuv jarayoni qanday va qayerdan boshlanadi? 
15. 
“Lisoniy ijtimoiylashuv” tushunchasiga ta’rif bering.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling