O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


 Aloqaviy tilning vujudga kelishi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

7.2. Aloqaviy tilning vujudga kelishi 
Aloqaviy til maxsus yaratilmaydi, u muloqotchi suhbatdosh tilini 
o‘rgana olmaslik natijasida vujudga keladi. Ma’lum bir tilning qisqargan 
(reduksiyalangan) shakli til prepijingiga asos soladi va u mazkur til lug‘at 
qatlamining katta qismini egallaydi. Bunday til kreolistikada leksifikator 
deb ataladi. 
Prepijin tor muloqot yo‘nalishi bo‘lib, uning lug‘at boyligi bir nechta 
so‘zlar bilan cheklangan, grammatik tuzilishi o‘ta sodda ko‘rinishda 
43
Salikoko S.Mufwene creoles and pidgins. Тhe routledge companionto sociolinguistics. Edited by Carmen 
Llamas, Louise Mullany and Peter Stockwell. –New York: Routledge 2007. –P. 225; Беликов В. И., Крысин Л. 
П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 80-81. 
44
Salikoko S.Mufwene creoles and pidgins. Тhe routledge companionto sociolinguistics. Edited by Carmen 
Llamas, Louise Mullany and Peter Stockwell. –New York: Routledge 2007. –P. 181.


47 
bo‘ladi. Prepijinning fonetikasi so‘zlashuvchilarning ona tili me’yorlariga 
ancha yaqinlashgan bo‘ladi.
Muloqotga kirishuvchilarning bu til ko‘rinishidan doimiy ravishda
foydalanishi natijasida uning lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi 
turg‘unlashadi va u asta-sekin prepijindan barqaror pijinga o‘tadi
45

Shunday qilib, prepijinning barqarorlashuvi va uni pijingga o‘tish 
jarayonida etnolektlar (etnik guruhlar)ning yaqinlashuvi yuzaga keladi. 
Ularda ham, o‘z navbatida, idiolektlar (bir til sohibi nutqining fonetik
grammatik, leksik va uslubiy xususiyatlari)ning bir xillashuvi kuzatiladi. 
Agar prepijinda so‘zlashuvchilar soni doimiy bo‘lmasa, ular prepijindan 
onda-sonda foydalanishsa, prepijin barqarorlashish darajasiga yetmaydi va 
uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsata olmaydi.
 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling