O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
3. Pijin turlari va ularning tadrijiy rivojlanishi
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
7. 3. Pijin turlari va ularning tadrijiy rivojlanishi
Hozirgi kunda 50dan ortiq pijin ma’lum bo‘lib, ularning aksariyati Janubiy-sharqiy Osiyo, Okeaniya, Afrika, Karib dengizi hududlarida tarqalgan 46 . Pijinlar, odatda, hududlarning bosib olinishi, savdo-sotiqning kengayishi, rivojlanishi, shuningdek, ommaviy ko‘chishlar natijasida yuzaga keladi. Pijinlar rivojlanishining ilk davrida tor doiradagi muloqotlarning kichik ehtiyojlariga xizmat qilgan. An’anaviy jamiyatda ular savdo-sotiq ehtiyojlarini qondirishda, ayrim hollarda keng kommunikativ vazifalarda qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash joizki, yer sharining barcha burchaklarida savdo-sotiq pijinlarini uchratish mumkin. Eng qadimiy pijinlar sirasiga Yevropa leksik bazasida vujudga kelgan O‘rtayer dengizi sabirini 47 kiritish mumkin. Sabir pijini XII asrdan boshlab yevropaliklarning arablar, keyinchalik esa turklar bilan muloqotida qo‘llanilgan. Yevropaga xos bo‘lgan pijinga misol qilib, “chinuk jargoni”ni keltirish mumkin. Mazkur pijin haqida yevropaliklar faqat 1830-yilga kelib ma’lumotga ega bo‘lganlar. “Chinuk jargoni”ning boshlang‘ich qo‘llanish hududi Kolumbiya daryosining quyi qismi bo‘lgan. Keyinchalik bu til ko‘rinishida Kaliforniyadan Alyaskagacha yashagan aholi gaplashgan. XIX asr va XX asrning birinchi yarmida bu aloqaviy til kelib chiqishi yevropalik bo‘lgan xalqlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Masalan, kanadalik baliqchilar o‘zlarining radio aloqalarida maxfiy ma’lumotlarni yapon baliqchilaridan saqlash maqsadida “chinuk jargoni”dan foydalanganlar. 45 Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 81. 46 Словарь социолингвистических терминов. Отв. ред.: В.Ю. Михальченко –М., 2006. –C. 165. 47 Sabir – o ‘rta asrlarda O‘rtayer dengizida qo‘llanilgan pijin.Keyinchalik lingva-franka ("franklar tili", ya’ni yevropaliklar tili) nomini olgan. 48 Kontaktologiyaga oid adabiyotlarda xalqlar o‘rtasidagi muloqot jarayonida qo‘llaniladigan imo-ishoralar ham yordamchi til vositasi hisoblanib, ular pijinlar ichida qayd qilingan. Bunday aloqaviy vositalardan Shimoliy Amerika hindulari va avstraliyalik aborigenlar foydalanganlar. XIX asrning oxirlarida AQShning G‘arbida barcha uchun umumiy bo‘lgan imo-ishoralar tilida turli xil qabilalarning 100 mingdan ortiq vakili muloqot qilgan. Dengizchilikning rivojlanishi, Yevropa mustamlakalarining kengayishi natijasida pijin tillarining zimmasiga yangi vazifalar yuklatildi. Dengiz pijinlari portlar joylashgan hududlarda tarqaldi. XVI-XVII asrlarda Afrikaning Atlantika sohillarida qul qilib olish, Shimoliy va Shimoliy- sharqiy Osiyo hududlarida savdo-sotiq maqsadida yevropaliklar mahalliy aholi bilan muloqotga kirishadi va buning natijasida Yevropa tillari asosida yangi pijinlar maydonga keladi. XIX asrning boshlarida Okeaniya orollarida bichlamar dengiz pijini (ingliz tili asosida) tarqaldi. Mazkur pijindan dastlab kit ovlovchilari, keyinchalik sandal yog‘ochini tayyorlovchilar foydalangan. XIX asrning o‘rtalariga kelib kemalarda ham bichlamar pijini ishlatilgan. XIX asrning oxirlariga kelib, bichlamar pijinining tok-pisin (Yangi Gvineyada); bislama (Yangi Gebridada, hozirgi Vanuatu Respublikasida); Solomon orollari pijini; broken (Torresov orollari qo‘ltig‘ida) singari alohida turlari rivojlangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustamlaka boshqaruvi sharoitida pijinlar vujudga kelishining yana boshqa yo‘llari ham bo‘lgan. Masalan, Britaniyaning Papua mustamlakasida ko‘p tilli politsiyachilar Avstroneziy motu tili asosida yuzaga kelgan pijindan foydalanganlar. Mazkur til “politsiyachilar motusi”, keyinchalik esa “xirimutu” deb nomlanib, to‘laqonli etnik muloqot tiliga aylangan 48 . Demak, barqarorlashgan pijin tillar cheklangan lug‘at boyligiga ega bo‘lgan yordamchi til hisoblanadi. Pijin ma’lum bir tilning lug‘at boyligiga asoslanadi, biroq uning grammatik tizimi leksifikator tilidan farq qiladi. Masalan, ruscha-xitoycha pijin: Его сота рубли купеза давай; его хаохаоды ю, дадады ю; полтара года таскай, ломай, не могу; его замерзни мею (Uning shubasiga savdogarlar 100 rubl berishdi; u juda yaxshi, katta; bir yarim yil kiyasan – yirtilmaydi; unda sovqotmaysan). 48 Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 84-85. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling