O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

6.3. Bilingvizmning turlari 
Individual bilingvizmning uch asosiy turi farqlanadi:
Koordinativ (sof) bilingvizmda ikki til mutlaqo muxtor bo‘lib, har 
biri o‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik 
kategoriyalari ham mustaqil bo‘ladi: 
Italyan tilida 
ALBERO 
(tushuncha) 
daraxt 
Albero 
(fonema 
shakl) 
Ingliz tilida 
TREE (tushuncha) 
daraxt 
tri (fonema shakl) 
Masalan, “tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib 
o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik” (daraxt) fizik obyekti uchun ikki tushuncha 
va ikki xil fonemalar shakli qo‘llaniladi: albero “soyabonli italyan 
qarag‘ayi”, tree “daraxt”.
Aralash bilingvizm nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini 
nazarda tutadi, birga mavjud bo‘lgan tillar esa faqat ustki struktura 
darajasida farqlanadi. Masalan, ALBERO va TREE tushunchalari 
aralashib, /albero/ va /tri/ akustik obrazlari qo‘shib yoziladigan 
ALBEROTREE ko‘rinishidagi super tushunchani hosil qiladi: 
ALBERO/ TREE 
daraxt 
/albero/ /tri/ 
Subordinativ bilingvizmda so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining 
ta’siri vositasida qabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, 
qolganlar esa ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu 
turdagi bilingvizmda, odatda, ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan 
o‘rganiladi: /tri/ shakli /albero/ni ifodalaydi, shuning uchun italyancha 
ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi, ya’ni metabelgi hisoblanadi:
ALBERO 
daraxt 
/albero/
/tri/ 
 


42 
6.4. Interferensiya 
Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u qo‘llaydigan 
tillarning o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Bu o‘zaro ta’sir nutqda, tilda, 
shuningdek, har qanday til osti tizimlarida: fonetikada, grammatikada
leksikada namoyon bo‘lishi mumkin.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling