Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va
vazifalari
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………..2
I-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida
1.1. Pedagogik psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi.…...4
1.2. Pedagogik psixologiya fanining metod va tamoyillari……….…....9
1.3. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari….17
II-bob. Pedagogik psixologiya fanining maqsad, vazifalari va
muammolari
2.1. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning o`rni……………………...19
2.2. Rivojlantiruvchi ta'limning psixologik asoslari…………………..24
2.3. Shaxs shakllanishidagi psixologik shart-sharoitlar……………….27
Xulosa ………………………………………………………………...29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..30
Kirish.
2
Kelajak
bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e’tibor
qilinmasak. kelajak boy beriladi. Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon,
insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va
shu kabi chinakam insoniy
fazilatlar o‘z-o‘zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi. Har
tomonlama
yetuk
barkamol
avlodni
tarbiyalash,
ularga
ta’lim
berish ishlarini esa o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Shuning uchun
bo'lg'usi psixologlar hozirgi pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari rivojlanish
psixologiyasi,
pedagogik
psixologiya
fanlarini
chuqur
bilishlari
maqsadga
muvofiq.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2016-
yil 8-oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan
tashkil qilingan ishchi
guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga
ko‘ra, 2017—2021-yillarda Oliy ta’lim tizim ini kompleks rivojlantirish
dasturi
bo'yicha
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
vositalari bilan ta’minlash va xorij adabiyotlari asosida
darslarni innovatsion
shakllarda olib borish haqidagi fikrlariga muvofiq ushbu darslik tayyorlandi.
Bolalarning maktab hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-
harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki
fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin
egallagandir.
Pedagogika-psixologiyaning
predmeti
maktabda
bilim,
ko’nikma,
malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan
individual
tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish
qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim
tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni,
o’quv materiallarining o’quvchilarning
yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv
qurollari,
asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar
kabi muammolarni ham o’rganadi.