Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KKKKKKK

1.3. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari 
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va 
pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish 
muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bolib, ulardan biri: 
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqich ma-bosqich 
rivojlantirish nazariyasi (PYa.Galperin).P.Ya.Galperin nazariyasi bo‘yicha 
bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga 
1.Motivatsiya. 
2. Tushuntirish. 
3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish. 
4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 
5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish. 
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi: 
— birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, 
berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl 
mohiyatini tushunib yetmaydi; 
— ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material bilan 
bogiiq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; 
— uch inchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini 
ta’minlab beradi V.VDavidov nazariyasi.
Ushbu nazariya mazmunini kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy 
tushunchalarni o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ta’lim 
jarayonida o‘quvchilar tomonidan nazariy tushunchalar tizimi o‘zlashtirilishi lozim 
bo‘lib,bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi. 
V.V.Davidovning ta’kidlashicha, o‘quv materialini induktiv usul bilan bayon etish, 
o‘quvchilarda fikrlash jarayonining faqat bir tomonini ya’ni, konkretdan 


18 
mavhumlashtirishga tomon yo‘nalgan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga 
qaratilgan.
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogliq bo’lib, L.V.Zankov va 
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli darslarni 
tashkil etishga qaratilgandir. Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina 
masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati qator psixologik omillarga 
bogliq bo‘ladi. Asosiy omillardan biri o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan 
munosabatidir. Bu munosabat o‘quvchining diqqati, his-tuyg‘ulari, qiziqishlari va 
irodasida, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayoni 
avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali 
qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining 
diqqatini 
rivojlantiradigan 
omillardan 
hisoblanadi. 
Ta’lim 
jarayonida 
ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yuzaga keltirishgina 
emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialni idrok etishga tayyor 
turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib 
turadi. o‘qitishjarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqatini 
materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan materialni takrorlashga jalb 
etish kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan 
beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. o‘qituvchining roli shundan iboratki, u 
o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod 
esda olib qolish kerakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya 
qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini, nimaning ma’nosini o‘z 
so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini tushuntirib o‘tishi lozim.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi tomonidan bunday ko‘rsatmalar 
berilmaganda, o‘quvchilarda ko‘pincha bilish va o‘rganishga nisbatan noto‘g‘ri 
tasavvurlar 
vujudga 
keladi. 
o‘qitishning 
emotsionalligi 
ta’limning 
muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni 
emotsional jarayon.


19 
Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u 
uyg‘otmasa, bunday ma’lumotni 0‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar.
O‘quvchilarning ijobiy psixik holatlari, ularning muayyan bir paytdagi 
kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik 
kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi 
materialni yaxshiroq o‘zlashtirib oladilar. o‘tkazilgan tajribalar hech qanday his-
tuyg‘u uyg‘otmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni 
o‘quvchilar yaxshiroq eslab qolishlarini ko‘rsatadi. O‘qituvchi o‘quv jarayonining 
emotsional tomoni haqida ham qayg‘urishi kerak. Bu muammo juda muhim 
ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda 
murakkablashib, hajmi esa g‘oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli 
o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini kuchaytirish 
lozim. Ijobiy tuyg‘ular o‘quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. 
Hafsala bilan bajarilgan faoliyat yuzasidan beg‘araz munozara paydo bo‘ladi, 
bahslashiladi, befarq qaralgan yoki salbiy munosabatda bo‘lingan ishga esa, hech 
qanday hafsala bo‘lmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat — haqiqiy ijod, quvonch 
manbayi. o‘qituvchi o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabatni uyg‘otib, 
mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbayiga aylanishiga ko‘maklashishi kerak. 

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling