Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


II-bob. Pedagogik psixologiya fanining maqsad, vazifalari va muammolari


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KKKKKKK

II-bob. Pedagogik psixologiya fanining maqsad, vazifalari va muammolari 
2.1 Pedagogik faoliyatda psixologiyaning o`rni 
Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik 
omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini 
kuchaytirish.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari: 
1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish; 
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash; 


20 
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish; 
5) pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabat xususiyatlarini o‘rganish; 
6) o‘quvchilarga individual yondashish bilan bog‘liq bomgan masalalarni o‘rganish. 
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish. 
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar: 
1. Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan 
iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi 
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv 
davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va 
qachon 
tugashi 
noma’lum. 
Ikkinchidan, 
har 
bir 
bolaning 
hayoti 
o‘ziga 
xos 
individual 
bo‘lib, 
turli 
davrda 
har 
xil 
kechadi. 
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti 
orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta’sir 
etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har 
qanday 
ta’lim 
bolaning 
rivojlanishiga 
ta’sir 
qiladimi 
yoki 
faqat 
muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq 
davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi? Bola hayotining ayni davrida 
nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv-intellektual yoki shaxs sifatida 
rivojlanishgami? 
4. Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi 
xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi 
sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining 
rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog‘liq. 
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va 
yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. 


21 
Ta’limni bola organizmida ma’lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash 
mumkin-mi? Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir 
qilsa, 
qanday 
darajagacha 
ta’sir 
qiladi? 
Genotip 
hamda 
muhit 
bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikda qanday ta’sir 
qiladi? 
6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va 
tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi 
va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning 
ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni 
o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 
8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi. Bolalarning layoqat va 
qobiliyatlari asosida guruhlarga bomib o‘qitish, har bir bolaning individual 
xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. 
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish 
o‘qituvchiIardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va 
malakalarni talab qiladi.
Muhim davlat vazifasini - «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga 
oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati 
XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash 
jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni 
beqiyosdir. Chunki har bir pedagog dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarining 
individual psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham 
umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta’limning 
sifatiga ijobiy ta’sir etadi. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda 
bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan o‘qituvchilik 


22 
faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, 
ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib 
bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixologik 
nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan 
shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham 
shudir. Pedagog har doim odamlar orasida ЬоЧагкап, u birinchidan, odamlarni 
ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri 
tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar 
davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, 
o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt 
imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda 
bo‘lish imkoniyatiga ega boiib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina 
cheklanib 
qoladi. Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning 
ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin 
bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga 
erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish 
uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik 
va chiniqqanlik darajasiga bogliq. Obqituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, 
uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan 
toldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab 
borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash 
zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning motivlari 
odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan 
muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar 
«o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak?» degan xohish-istaklar 
tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish 
ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi. Shu bilan birga yaqqol ko‘zga 
tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘qituvchilar 
ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish 
bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan 


23 
bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar 
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar 
keltiradilar. Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi 
zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish 
institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi 
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent 
shahar, viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. 
Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘qituvchi kadrlarning 
malakasini oshirish, 0‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, 
ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, 
ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik 
sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi 
va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy 
shartlardandir. Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, 
o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan 
shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur. Bu borada hazrati Bahouddin 
Naqshband «Chaqmoq tosh qo‘limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki 
natija hosil bo‘lsin» deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning o‘rniga 
ishora qiladi, to‘g‘ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o‘xshatishlar 
bilan asoslab beradi1. Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan 
bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha 
asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Pedagogik faoliyat 
boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, 
mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi. Pedagogik 
faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko'rish mumkin. 
Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.
O‘qituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari 
tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar 
quyidagi xarakterga ega bo‘lgan oqituvchilarni afzal hisoblar ekanlar 


24 

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling