Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KKKKKKK

Test metodi  yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson 
holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o‘z-
o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi 
o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. 
Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida 
standartlashtirilgan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni 
yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish 
uchun mo‘ljallangan.
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik 
xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish uchun 
ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida 
differensiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni 
o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi 
mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ 
sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.


15 
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 – bosqichda testni qo‘llash 
yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar 
ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning 
boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2 – bosqichda normalar aniqlanadi, ya’ni test 
natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan 
solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi.
Testning ishonchliligi – shu test qaytа o‘tkazilganda (aynan shu 
tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni 
baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti.

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling