Mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti,maqsad va vazifalari Mundarija Kirish i-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida


Download 349.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana04.02.2023
Hajmi349.18 Kb.
#1157132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KKKKKKK

Mavzuning 
dolzarbligi: 
Pedagogik 
munosabatlarni 
rivojlantirish 
va
demokratlashtirish asosida pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-
qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik ta'lim oluvchilar shaxsini 
hurmat qilish va e'zozlash orqali shaxsining tahsil olishi, ijod bilan shug'ullanishi
va o'zini-o'zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. 
Kurs ishining maqsadi: Talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya 
va pedagogikaga oid bilimlar berish ayniqsa, shu fanlarning ilmiy tadqiqot 
metodlarini amalda qo'llashga o'rgatishdir. 
Kurs ishining vazifasi: Ta'lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalarini 
o'rganish. 
Kurs ishining obekti: Termiz shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 13- umumiy 
o'rta ta'lim maktabining pedagoglari va o'quvchilari 
Kurs ishining predmeti: Bolalarni maktabda bilim, ko'nikma va malakalarini 
egallash qonuniyatlarini, ularda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish 
qonuniyatlarini tadqiq etishdir.



I-bob. Pedagogik psixologiya-psixologiya tarmog`i sifatida 
1.1. Pedagogik psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi 
Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining 
psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini 
o‘rganishdir. 
Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson 
tomonidan 
ijtimoiy-madaniy 
tajribani 
o‘zlashtirishning 
qonuniyatlari, 
mexanizmlarini, Shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli 
sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati 
sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni 
o‘rganishdan iborat.Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi 
yarmida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni 
tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda talabalarning 
tashabbusi bilan dehqon va hunarmandlarga ta’lim beradigan kattalarning 
yakshanbalik maktablari paydo bo‘la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq 
kutubxonalari va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin 
kutubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilimlarni 
ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o‘qishlari o‘tkazila 
boshlandi. Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitetlari muhim rol 
o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus yozuvchilarining eng yaxshi 
asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va 
kutubxonalarini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. Sankt-Peterburgda 
1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S. Turgenev kabi mashhur 
yozuvchilar a’zo boiishgan. Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik 
muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday muzey nafaqat 
Rossiyada, balki butun dunyoda dastlab 1864-yilda Peterburgda harbiy-o‘quv 
yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. Dastlab muzey faqat xorijda nashr 
etiladigan o‘quv qo‘llanmalarni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan 



o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini ommalashtirish 
bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda kata 451 ilmiy tadqiqot ishlari olib 
borilgan, pedagogika fanining dolzarb muammolarini ishlab chiqadigan 
jamoatchilik ilmiy markaziga aylantirildi.Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha 
Rossiyada birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi. 
Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga oid kitob, dastlabki pedagogik 
jurnallar nashr etila boshladi. Ular sirasiga «Tarbiya jurnali», «Okqituvchi», «Rus 
pedagogik xabarnomasi», «Maktab va oila», «Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni 
kiritish mumkin. 1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorijga 
safarbarliklari to‘xtatildi. 1860-yillarda rus olimlarining Yevropa ilmiy hayoti bilan 
bevosita aloqasi yana tiklandi. 60 dan ortiq olimlar xorijga malaka oshirishga 
jo‘natildi. Ular orasida faylasuf va psixolog M.M.Troitskiy, K.D.Ushinskiy hamda 
I.M.Sechenovlar bor edi. K.D.Ushinskiy Shveysariya, Germaniya, Fransiya, 
Belgiyadagi ayollar ta’limining yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Bunda taniqli rus 
pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning «Inson tarbiya predmeti 
sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion 
g‘oyalari ham yosh psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Evolutsionta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini 
qaratishga olib keladi. XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada 
o‘tkaziladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha 
o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani 
pedagogika uchun yetarli bilimlar boyligini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key 
tomonidan «Bolalar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX 
asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushuna boshlaydilar, 
o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ijtimoiy tuzum yangilanadi». 
Turli mamlakatlarda bolalar va pedagogik psixologiya muammolarini o‘rganish 
bo‘yicha laboratoriyalar, jurnallar tashkil etildi. 1896-yilda Leypsigda «Bolani 
tadqiq qilish» jurnali, 1899-yilda Leypsigda «Pedagogik psixologiya, gigiyena va 
patologiya» jurnali, 1905-yilda Leypsigda «Eksperimental pedagogika» jurnali 



(1911-yildan «Pedagogik psixologiya jurnali» sifatida nashr etila boshladi). 
1901-yilda Rossiyada birinchi eksperimental pedagogik laboratoriya Peterburgda 
A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi. 1906-yilda Peterburgda pedagogik 
psixologiya bo‘yicha I syezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyandalari — 
A.P.Nechayev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin 
tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish 
eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina 
mumkin degan muhim xulosa chiqarildi.
Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-
pedagogik tadqiqotning o‘zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu 
maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim 
nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yoq1arini izlab 
topish 
lozim 
edi. 
Shu 
tufayli 
psixik 
taraqqiyotning 
manbalari 
va 
uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik 
psixologiyaning 
markaziy 
muammosi 
boiib 
qoladi. 
1879-yilda 
I.A.Sikorskiy tomonidan ta’lim jarayonida eksperimentdan foydalanish g‘oyasi 
ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi. Lekin 80-yillarda psixologik 
laboratoriyalarning tashkil etilishi bilan, eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan 
bog‘lash, ta’lim va tarbiya haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi. 
XIX 
asrning 
oxiri 
XX 
asrning 
boshlarida 
AQSHda 
pedologiya 
deb 
ataluvchi 
yangi 
fan 
vujudga 
keladi. 
Uning 
namoyandalari 
— 
S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyandalari bola rivojlanishining 
biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar. 
20—30-yillarda pedologiya «Bola haqidagi yagona marksistik fan» rolini da’vo qila 
boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat 
qiladi. Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning 
o‘quvchilarni «aqliy qobiliyat koeffitsienti»ni 453 aniqlashga oid testlari asossiz 
bo‘lib, psixologiya va pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta 
ziyon yetkazdi.



Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish 
boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq maorifi komissarligi 
sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi qarori chiqdi. Bu qarorda 
pedologiya fani marksistik nuqtayi nazarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid 
ostiga 
olindi. 
Shu 
tariqa 
pedologiya 
faniga 
barham 
berildi. 
20—30-yillarda 
pedagogik 
psixologiyada 
juda 
ko‘p 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, 
A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo‘lgan ilmiy qarashlari, 
L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy 
qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining 
eng 
rivojlangan 
sohasi 
hisoblanadi. 
Yosh 
va 
pedagogik 
psixologiya 
masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullanganlar va 
shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.l.Bojovich, P.Ya.Galperin, 
W.Davidov, 
A.V.Zaporojets, 
L.V.Zankov, 
G.S.Kostyuk, 
A.N.Leontev, 
N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: 
professorlarM.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonova, 
dotsent 
S.A.Axunjanova, 
Sh-A.Do^stmuhamedova, 
S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin. Sharq allomalari asarlarida 
ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi. Yuksak 
tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o‘rin berilgan bo‘lib, 
o‘tmishda 
ham, 
hozirda 
ham, 
qayerda 
ta’lim 
sohasiga 
e’tibor 
yuqori 
bo‘lsa, 
o‘sha 
yerda 
taraqqiyot 
doimo 
ilgarilab 
borganligi 
yaqqol ko‘rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs 
kamoloti 
borasidagi 
fikrlari 
bilan 
birga 
bilim 
egallash, 
ilm 
olish 
yo‘llari 
xususida 
qator 
ilmiy 

a’lumotlar 
keltiriladi. 
Jumladan, 
454 Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, 



Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu 
Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi 
olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha 
ma’lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o‘rganishni yuqori 
darajaga qo‘yib, o‘z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: 
«Kishi 
ilm 
bobida 
nafaqat 
o‘zidan 
yuqori 
yoki 
tengdoshlaridan, 
balki o‘zidan past bo‘lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis boia olmaydi». 
Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o‘quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim 
tomonidan shakllantirilishiga urg‘u beradi. Abu Nasr Forobiy esa ko‘plab asarlarida 
bilish masalasiga kata e’tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni — hissiy va aqliy 
bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. 
Forobiy 
insonlarni 
ilmli 
bo‘lishga 
chaqirib, 
o‘quvchining 
ijtimoiy 
hayotda tutgan o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni 
ilgari surgan.
U o‘quvchiga ta’lim berish, uni ilmli qilish uchun o‘qituvchi tinmasdan 
mashaqqatli mehnat qilsagina o‘quvchi o‘qishga, ta’lim olishga, bilimli boiishga 
intilishi mumkinligini ta’kidlaydi. 0 ‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, 
o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bolishi kerak, o‘zi fahm-farosatli bo‘lib, or-nomusini 
qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlagan maqsadiga 
erishishida qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak boim og‘i joiz, deya ta’kidlaydi 
mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq 
yodlashdan ustun qo‘yadi, o‘quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o‘zlashtirishni 
tavsiya etadi, chunki qonun-qoidalarni anglash, uning e’tirofiga ko‘ra, juda katta 
ahamiyatga ega. Allomaning mulohazasiga binoan, har qanday o‘quvchi o‘z xatti-
harakatidan xabardor bo‘lmog‘i, ya’ni o‘zini anglagani, zamonaviy psixologiya fani 
terminologiyasiga ko‘ra, o‘zini refleksiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va shu 
sa’y-harakatlari tufayli baxtga erisha oluv- 455-chi insonligini anglamog‘i lozimdir.
Forobiy o‘quvchining shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona sharh bergan 
olimdir. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining 



kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutlaq tinch, sokin holatda 
boladi. Bolalardagi yozishni, o‘qishni o‘rganishdagi potensial kuchlar shunga misol 
bo‘la oladi. Abu Ali ibn Sino bu kuchlarni moddiy kuchlar deb nomlagan, ya’ni 
mazkur kuchlarni tashqi motivlar deb tushunsa bo‘ladi. Sekin-astalik bilan bu 
kuchlar harakatga aylanadi, bular mehnat quroli samarasidir, ya’ni mehnat quroli 
orqali harakatga keladi va namoyon bo‘ladi. Bu holatni bola yozishni xohlab turibdi-
yu, ammo yozish quroli bo‘lgan qalamning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. 
Bu ikki kuchni Ibn Sino ro‘yobga chiqishi mumkin bolgan kuch deb atagan. 
Nihoyat, uchinchi kuch esa irodaning yetishmasligi bilan tushuntiri beriladi. Ya’ni 
shunday holatning kuchi bor, ammo uni ishlatishga, ro‘yobga chiqarishga bolada 
iroda yetishmaydi. Alloma nazarida, shu kabi uch holat bilan aql, bilim olish 
izohlanadi. «Тауг» asarida esa insonlarni do‘stlikka, bilim olrganishga chaqiradi. 
Ibn Sino «Xayy ibn Yaqzon» qissasida inson fe’l-atvorini, ruhiyatini tushunish 
uchun mantiq ilmini o‘rganishga chorlaydi. Bu fan inson tafakkur doirasining 
kengayishiga katta yordam beradi. Insonlarning fe’l-atvorini bilish uchun o‘qish, 
o‘tkir bo‘lish uchun farosat ilmidan xabardor bo‘lish kerak. Darhaqiqat, ilm 
o‘rganishga Forobiy musiqiy, falsafiy ilm bilan da’vat etgan bo‘lsa, 
ibn Sino mantiq ilmi orqali da’vat etgan. 

Download 349.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling